WORDDA JADVAL JOYLASHTIRISH
Wordda jadval hosil qilish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, yuqoridagi jadvalni hosil qilish kerak bo‘lsin. Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi:
1 .Avval jadvalning ustun va satrlari soni aniqlanadi: bizning holatda jadval 3 ta ustun va 4 ta satrdan iborat.
2.Birinchi usul: ustun va satrlar soni aniqlangach, Jadval ( ) menyusining Joylashtirilsin ( Вставить) bo‘limidan Jadval ( ) bo‘limi tanlanadi. Hosil bo‘lgan muloqot oynasiga ustunlar va satrlar soni kiritiladi. Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi.
Ikkinchi usul: STANDART uskunalar panelidan Jadval joylashtirish uskunasi tanlanadi. Hosil bo‘lgan kataklar majmuyidan sichqoncha yordamida kerakli sondagi kataklar belgilanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi.
Natijada ushbu ko‘rinishdagi jadval hosil bo‘ladi:
WORD JADVALI USTIDA BA’ZI AMALLAR
1.Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma’lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi. Jadval kataklari ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi. Buning uchun yurgich sichqoncha yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab Tab yoki yo‘nalish klavishlari yordamida boshqa kataklarga o‘tiladi.
Tartib raqami
|
Rasmi
|
Vazifasi
|
1.
|
|
Ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma’lumot va buyruqlar kiritiladi.
|
2.
|
|
Qurilma televizor ekraniga o‘xshash vazifani bajaradi, ya’ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko‘rilayotgan film unda namoyon bo‘lib boradi.
|
3.
|
|
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba’zi ishlarni osongina bajarish uchun mo‘ljallangan qurilma.
|
2.Jadvaldagi ma’lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligi o‘zgartiriladi. Buning uchun sichqoncha ko‘rsatkichi ustunlarning chegara chizig‘iga olib kelinadi. Sichqoncha ko‘rsatkichi ko‘rinishga kelgach, chap tugmasi bosilgan holda kerakli tomonga siljitiladi. Natijada jadvalimiz quyidagi ko‘rinishga keladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |