«Добавить» tugmasini bosing. Keyin konsolidatsiya qilinishi kerak
bo‘lgan boshqa kataklar qatori uchun xuddi shu amallarni takrorlang).
5.15-rasm. Konsolidatsiya oynasi
5.15-rasmdagi yuqori satr sarlavhalari nomlari sifatida foydalanish
tugmasini belgilasak: sarlavha satrini manba jadvalidan qabul
jadvaliga (konsolidatsiya natijasida) avtomatik ravishda nusxalash
uchun ishlatiladi.
54
https://microexcel.ru/konsolidatsiya/
163
«Значения левого столбца» ning nomlari sifatida ishlatishni
belgilasak: chap ustundagi ma’lumotlarni birlashtirish maqsadida
(ushbu ustun nomlarida takrorlanishlarni topish va ularni bir matnga
birlashtirish) vazifasi bajariladi.
«Создавать связи с исходными данными» almashtirgichi:
ma’lumotlar jadvallaridagi ma’lumotlarni bilan ishlaganda, avtomatik
ravishda o‘zgartirish imkonini beradigan manba ma’lumotlari bilan
bog‘lanishni aniqlash uchun ishlatiladi.
«Список» — bu ma’lumotlarni ish sahifasida tartibga solishning
bir usuli. Ro‘yxatda tartiblangan ma’lumotlar ko‘pincha Excel
atamalarida ma’lumotlar bazasi (MB) deb nomlanadi. Bunda jadval
satrlari ma’lumotlar bazasi qaydlari, ustunlari esa maydonlari deyiladi.
Excel jadvalini ro‘yxatga o‘tkazish uchun jadval ustunlariga
maydon nomlari sifatida ishlatiladigan nomlarni berishingiz kerak.
Maydon nomlari ro‘yxatning birinchi qatorida, ya’ni, har bir nom bitta
katakchada (bu holda so‘zlarni boshqa qatorga o‘tkazish mumkin,
ammo katakchalarni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi va sarlavha bir
darajali bo‘lishi kerak) joylashgan bo‘lishi kerak.
Ro‘yxat satrlari bir xil turdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi
kerak. Yozuvlar ketma-ket va ular orasida bo‘shliqlar bo‘lmasligi
kerak. Ro‘yxatni kamida bitta bo‘sh satr va ustun bilan ish sahifasidagi
(shu jumladan oxirgi qatordan) boshqa ma’lumotlardan ajratish tavsiya
etiladi. Bu Excelga ma’lumotlarni saralash yoki filtrlashni amalga
oshirishda ro‘yxatni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatishga yordam
beradi.
Ro‘yxat alifbo, raqam yoki xronologik tartibda ma’lum bir
maydon tarkibiga qarab saralanishi mumkin. Ro‘yxatni saralash uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1) ro‘yxat maydonini tanlang (ro‘yxatning bitta katagini ko‘rsatish
kifoya). Saralash buyrug‘i berilgandan so‘ng, Excel avtomatik
ravishda butun ro‘yxatni tanlaydi. Ammo, bu holda, ro‘yxatning (agar
u ro‘yxatdan bo‘sh satr bilan ajratilmagan bo‘lsa) oxirgi qatori ham
saralashga kiritiladi;
2) «Данные» yorliqchasida «Сортировка» tugmachasi tanlang
(5.16-rasm);
164
Do'stlaringiz bilan baham: |