4-mavzu. Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari
REJA: 1. Elektron jadvallar. 2. Oddiy elektron jadval yaratish va undan foydalanish. 3. Ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish. 4. MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritish. 1. Elektron jadvallar. 1. Elektron jadvallar. Elektron jadvallar dunyoda keng tarqalgan amaliy dasturiy ta`minot hisoblanadi. Ular har yerda kichik biznesdan tortib to katta manafakturali ishlab chiqarishgacha bo`lgan joylarda ishlatiladi. Ular xo`jalik hisobotini yuritishda, inventerizatsiya, to`lov varaqalarini boshqarishda, sotuv va bozorni tahlil qilishda ishlatiladi. Bu dasturlar hujjatlarni yozish kabi maishiy ma`lumotlarni boshqarish uchun ham ishlatiladi. Elektron jadvallarda ishlashni o`rganish programmalash tilini o`rganishdan ancha oson. Foydalanuvchi o`rtacha programmalash ko`nikmasi bilan ham ular bilan ishlay oladi. Microsoft Excel eng ommabop electron jadvallar to`plamidir. Microsoft Excel elektron jadvalida foydalanuvchi yangi hujjatni o`zi mustaqil ravishda hosil qilishi yoki vaqtni tejash maqsadida tayyor hujjat shablonidan foydalanishi mumkin. Microsoft Excel elektron jadvalida foydalanuvchi yangi hujjatni o`zi mustaqil ravishda hosil qilishi yoki vaqtni tejash maqsadida tayyor hujjat shablonidan foydalanishi mumkin. Tayyor hujjat shablonidan foydalanish uchun Fayl - Sozdat buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Hosil bo`lgan muloqot oynadan Na moyem kompyutere… qatori faollashtiriladi va kerakli hujjat shabloni tanlanib, OK tugmasi bosiladi. Yangi bo`sh ish kitobini hosil qilgandan so`ng Microsoft Excel ish oynasida ustun va satrlardan iborat jadval ko`rinishidagi bo`sh ish varog`i hosil bo`ladi. Ish oynasining yuqori qismida ish oyna sarlavha qismi joylashgan bo`lib, unda hosil qilinayotgan hujjat va ish oyna nomi joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |