Hosil qilingan jadvalda ma`lumotlar vaqt o`zgarishi bilan yangilanib boradi. Jadvalga qo`shilgan ma`lumotlarni hosil qilingan diagrammada aks ettirish uchun diagramma sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tanlanadi (bunda diagramma bilan aloqada bo`lgan jadval ma`lumotlari rangli to`g`ri to`rtburchaklar yordamida ajratib ko`rsatiladi va hosil bo`lgan rangli to`g`ri to`rtburchakning nusxa olish arkeri yangi qo`shilgan ma`lumotlar ushbu sohaga qo`shilgunga qadar sichqoncha ko`rsatkichi yordamida tortiladi. Jadval ma`lumotlarini samarali taqdim etish maqsadida foydalanuvchi diagrammaning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin. Jadval ma`lumotlarini samarali taqdim etish maqsadida foydalanuvchi diagrammaning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin. Hosil qilingan diagramma turini o`zgartirish uchun diagramma ob`yekt osti menyusidan Изменить тип диаграммы buyrug`i ishga tushiriladi va hosil bo`lgan muloqot oynadan kerakli tur diagramma ko`rinishini tanlash mumkin. “Chart Wizard” (diagramma yaratish uchun barcha funksiyalar, diagrammaning barcha turlarini o`zida jamlagan buyruq) ning avvalgi versiyalari Excel 2010 dasturida joylashtirilganiga uncha ko`p bo`lmadi. Bu buyruq “Insert” tugmasidagi, grafik funksiyalarga joylashtirilgan. MS Excel 2010 visual ko`rsatish uchun samarali, dinamik grafiklar yaratish vostilari bor. Yangi Office 2010 dasturlari bu grafik funksiyalarini yanada osonroq va samaraliroq qiladi. MS Excel 2010 visual ko`rsatish uchun samarali, dinamik grafiklar yaratish vostilari bor. Yangi Office 2010 dasturlari bu grafik funksiyalarini yanada osonroq va samaraliroq qiladi. Ish varog`i kataklariga formulalar kiritish. MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritish orqali turli xil arifmetik amallarni (qo`shish, ayirish, ko`paytirish,…), murakkab matematik, iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin. Katakka kiritiladigan formulalar quyidagi elementlardan iborat bo`lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |