2. Ro’yxat bilan bog’liqlikni o’rnatish.
“Asosiy” jadvalimizni ochamiz, maydon turini “Podstanovka i otnosheniye” (“Almashtirish (tanlash) va munosabat”) tanlaymiz.
Talabalarning doimiy yashaydigan viloyatini nomini saqlovchi maydonni hosil qilaylik. Avval ustunlar sonini kiritib, so’ngra qiymatlarni kiritib chiqamiz.
“Ogranichitsya spiskom” (“Ro’yxat bilan cheklanish”) – avvaldan kiritilgan qiymatlar bilan cheklanish. Bizning misolimizga ko’ra, talabaning yashaydigan viloyatining nomi faqatgina ro’yxatdan tanlab olinadi. Agar (“Ro’yxat bilan cheklanish”ni tanlamasak, u holda boshqa qiymatlarni ham kiritish mumkin bo’ladi.
“Razreshit neskolko znacheniy” (“Bir nechta qiymatlarga ruxsat berish”)- maydonda bir nechta qiymatlarni tanlab, saqlashga ruxsat berish. Misolimizga ko’ra agar talaba bir nechta viloyatlarda istiqomat qilgan hollarda qo’llaniladi.
Shu usuldan foydalanib, talabaning yashash tumanini saqlovchi maydonni hosil qilamiz. Bunda 2 ta “Tuman nomi uchun kalit maydon” va “Tumanlar nomi” ustunlaridan foydalanaylik.
Keyingi qadamda aynan qaysi ustun qiymatlari “Asosiy” jadvalimizda saqlanishini ko’rsatamiz. Keyingi qulayliklar uchun qiymati saqlanadigan ustun sifatida “Tuman nomi uchun kalit maydon” ni tanlaymiz.
“Tumani” maydoni uchun bir nechta qiymatni saqlashni tanlab olamiz.
“Asosiy” jadvalimizga “Tumani” maydoni qo’shildi.
Ro’yxat bilan bog’langan maydon xususiyatlari.
Jadvalimizni “Konstruktor” (“Loyihalash”) holatida ochib, ro’yxat bilan bog’langan maydon xususiyatini ko’ramiz. Bu xususiyatlar “Podstanovka” (“Almashtirish (tanlash)”) ilovasida keltirilgan.
“Tip elementa upravleniya” (“Boshqaruv elementi turi”) – boshqaruv elementini turini tanlash (maydon, ro’yxat, ro’yxatdan iborat maydon);
“Tip istochnika strok” (“Qator manbaa turi”) – manbaa turi tanlash (jadval yoki so’rov, qiymatlar iborat ro’yxat, maydonlar ro’yxati);
“Istochnik strok” (“Manbaa qatori”) – bu qatordan ro’yxatni tashkil qiluvchi qiymatlar o’rin olgan. Qiymatlar o’zaro “;” bilan ajratiladi. Qiymatlarni qo’shish, o’zgartirish va o’chirish mumkin. Qator oxiridagi tugmani bosish orqali qiymatlarni ustun shaklida ko’rgan holda o’zgartira olamiz.
“Prisoyedinenny stolbets” (“Bog’langan ustun”) – bog’langan ustunlar soni;
“Chislo stolbtsov” (“Ustunlar soni”) – jami ustunlar soni;
“Zagolovki stolbtsov” (“Ustunlar sarlavhasi”) – har bir ustundagi birinchi qiymatni ustun sarlavhasi sifatida olish;
“Shirina stolbtsov” (“Ustunlar kengligi”) –ustunlar kengligini o’zgartirish;
“Chislo strok spiska” (“Ro’yxatdagi qatorlar soni”) – qiymatlardan iborat ro’yxatdagi qatorlar soni;
“Shirina spiska” (“Ro’yxat kengligi”) – ro’yxat kengligini o’zgartirish;
“Ogranichitsya spiskom” (“Ro’yxat bilan cheklanish”) – ro’yxat qiymatlaridan boshqa foydalanuvchi qiymatlarini kiritishga cheklov qo’yish;
“Razreshit neskolko znacheniy” (“Bir nechta qiymatlarga ruxsat berish”) – bir nechta qiymatlarni tanlashga ruxsat berish;
“Razreshit izmeneniye spiska znacheniy” (“Ro’yxat qiymatlarini o’zgartirishga ruxsat berish”) – ro’yxatdagi qiymatlarni o’zgartirishga ruxsat berish;
“Forma izmeneniya elementov spiska” (“Ro’yxat elementlarini o’zgartirish formasi”) – ro’yxatdagi qiymatlarni o’zgartirish uchun MBdagi biror formani tanlab olish;
“Tolko znacheniya istochnika strok” (“Manbaa qatoridagi qiymatlarnigina”) – faqatgina manbaa qatorida keltirilgan qiymatlarnigina ko’rsatish. Boshqa qiymatlar bo’lsa, ular bo’sh holda ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |