Jaholatga qarshi ma’rifat
Download 19.73 Kb.
|
JAHOLATGA QARSHI MARIFAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’rifat inson ma’naviyatining cho‘qqisi bo‘lsa, jaholat uning aksi inson zotining zavoli, kushandasidir.
- Asosiysi, har qanday jamiyatda, har qanday sharoitda jaholatga qarshi kurashning asosiy vositasi kitobxonlikdir.
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT Respublikamizda bugun yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Sababki, O‘zbekiston Respublikasi aholisining oltmish foizidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, nafaqat ko‘plab bilimlarni, hozirgi davrda talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekanligi tabiiydir. Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz–mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Insonning insonligi, birinchi navbatda, uning ma’naviy axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-kuyi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi haqida qayg‘uradi.Umuman olganda, O‘zbekistonda jamiyatni tubdan yangi demokratik asoslarda qurish va uni har tomonlama rivojlantirish xalqning dunyoqarashi, ma’naviyati bilan bevosita bog‘liqdir. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yurtimizda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bilan bog‘liq holda aytgan quyidagi gaplari fikrimiz dalilidir: “Ta’limning maqsadi voyaga yetmaganlarni mahalla-ko‘yning ko‘z oldida saqlash, yurish-turishi, kiyinishi, o‘zini tutishini nazorat qilish yoki yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish, erta tug‘ruq, turli oqimlarga qo‘shilib qolish kabi vajlar bilan ularni “doimiy infantil yosh bola” statusida saqlab qolish emas. Ta’lim tizimining maqsadi sipo, oq ko‘ylak, qora shim kiygan olomonni yetishtirish ham emas. Ta’lim tizimining bosh maqsadi mustaqil fikrlaydigan avlodni shiddat bilan o‘zgarayotgan global dunyoda yashab ketishga tayyorlash, ularni boshqa mamlakatdagi tengqurlariga nisbatan raqobatbardosh qilish va shu orqali millatning ravnaqini ta’minlashdir. Yoshlari kasbsiz, mahorat va malakasiz, mustaqil fikrlamaydigan, o‘rganishni o‘rganmagan millatlar zaiflashib, boshqa millatlarga yem bo‘lishini tarix ming bir marta isbotlab bergan... Shunday ekan hozir bizga ta’limning yangi islohoti kerak”[1]. Yurtboshimiz rahbarligida “Yoshlarga oid davlat siyosati”ning qabul qilinganligi, unda asosiy masalardan biri sifatida yoshlarning ta’lim olishiga alohida o‘rin ajratilganligi, yoshlar ma’naviy olamini boyitish maqsadida “Kitobxonlik madaniyatini oshirish” to‘g‘risidagi qaror3ning qabul qilinishi hamda qaror ijrosi sifatida respublika miqyosida kitobxonlar bellashuvining o‘tkazilishi, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alarming taqdim etilishi ham fikrimizni dalillaydi. Bugun rivojlanayotgan davlatimizga jahon mamlakatlari mutaxassislari bilan bemalol raqobatlasha oladigan intellektual salohiyat egasi bo‘lgan ijodiy fikrlovchi, ma’naviyati yuksak shaxslar zarurdir. Zero, ma’naviyati yuksak shaxs har xil oqimlarga qo‘shilmaydi, aniqrog‘i, jaholat ta’siriga berilmaydi.
«Men o‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman», degan edi XX asrda yashab o‘tgan ulug‘lardan biri. Kitob – insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq belgisi, insoniyat yaratmishlari ichra takrorlanmas mo‘jizadir. Kitoblar qatida kechmish zamonlarning aql-idroki yashaydi, xoki tuproqlari tush misol qachonlardir to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat tomonidan yaratilgan turfa narsa-buyumlarning, tafakkurda qayta-qayta o‘ylab ko‘rilgan fikrlarning va u erishgan jamiki yuksakliklarning, hattoki, insoniyat olamining ma’naviy yetukligi-yu tanazzuli ham, tabiat bergan ne’matlardan bahramandligi-yu isrofgarchiligi ham – barcha-barchasi xuddi sehrli sandiqday kitoblar sahifasida saqlanib qolgan. Tarix zarvaraqlariga yuz tutsak, odamzod tomonidan yaratilgan misli ko‘rilmagan ixtirolar bisyorligiga; ulug‘ yaratmish o‘zining yaratish, yashnatish, bunyod etish va, asosiysi, yuksak tafakkur imkoniyatlarini faqat va faqat insongagina tuhfa etganligiga amin bo‘lamiz. Qalamning yaratilishi, kosmik kemalarning yasalishi va osmon toqiga qadam qo‘yilishi (Inson qadam qo‘ydi samo toqiga (G‘.G‘ulom), hisoblash texnikalari, kompyuter texnologiyalari, atom energiyasi (Atomni bunyod etib hayron o‘zing, hayron o‘zing (E.Vohidov), eh he, bur ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. To‘g‘ri, mazkur mo‘jizalarning birortasini inkor etib bo‘lmaydi, aksincha, bularning hamma-hammasi inson oily tafakkurining mahsuli ekanligiga hayrat ko‘zlari bilan qayta-qayta nazar tashlaymiz va tan beramiz. Ammo inson qo‘li, tafakkuri, aql-u zakovati bilan bunyod etilgan jamiki ixtirolar, kashfiyotlar ichida ehg yuksagi, oily maqomga ega bo‘lgani, insoniyat hayotida yo‘lchi yulduz, so‘nmas mayoq, yaxshi-yomon kunlarida hamdam bo‘ladigani, mo‘jizalar mo‘jizasi kitobdir. Odamzod yaratgan bu mo‘jiza dunyo bilimlarini, xalqlar tarixi va jahon aqliy kamolotining butun borlig‘ini o‘zida jamlaganki, u barcha makon va zamonlarda ham insoniyat ma’naviyatini tozalash, aqliy salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy turmushda to‘g‘ri va oqilona yashash sirlarini o‘rgatuvchi manbadir. Zero, kitob–ustoz, kitob–yo‘lboshchi, kitob–sirdosh, kitob–nadima, hamdam. U dunyoda tabiat va inson, tafakkur va odamzod, jamiyat va fuqaro, sabab va oqibat muvozanatini me’yorga solib turuvchi eng qudratli quroldir. Manbalarda keltirilishich mir Alisher Navoiyning quyidagi ruboiylari ham kitobga bag‘ishlangan ekan: Jondan seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz, Sondan seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. Har neniki sevmak ondin ortiq bo‘lmas, Ondan seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. Yolg‘izlikda hamdaming, xiyonatidan aziyat chektirmaydigan do‘sting, yaqin maslahatching, beminnat ko‘makching, adashganingda yo‘lboshching, qalbing torini sevgi atalmish nozik tuyg‘u chertganida yaqin sirdoshing bo‘lgan kitobni, shoir aytganidek, «har nedan ortiq» sevmay bo‘ladimi?! Shahrimizdagi Ibn Sino nomli kutubxona men uchun eng sevimli maskan. Chunki, Qancha intilganman, kursi qo‘ymasdan, Dadam jovonidan olguncha kitob. Qancha izlanganman, murg‘ak fikrning, Minglab savoliga topguncha javob. (E.Vohidov) Kutubxonadagi minglab kitoblar xayollarimni o‘g‘irlaydi, shuurimga fikrlar soladi. Bu ma’naviyat xazinasining durdonalari bo‘lmish kitoblarda qancha-qancha kunlar, qancha-qancha uyqusiz tunlarning mehnati, mashaqqati, qanchalab aql quvvati, qancha-qancha umid va tashvishlar, bardosh bilan faqat izlanishga baxsh etilgan necha-necha umrlar jo bo‘lgan. Kitoblar olamida bo‘lishdan-da ortiqroq zavq bormi dunyoda?! Kitoblar olamida bo‘lishning, ularni mutolaa qilishning o‘zi bir baxt emasmi? Bu go‘yo olam podshosi saroyidagi tansiq taomlar hozirlangan shohona bir ziyofat-u, ziyofatga jamiki allomalar, shoir-u yozuvchilar tashrif buyurishgan. Ajib manzara: u yerda sen ham borsan. Hech kim sening kimligingni so‘ramaydi, hech kim o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymaydi. Hamma sening savollaringga jon deb javob qaytaradi, sening tafakkur olaming ularning o‘gitlaridan yuksalaveradi, yuksalaveradi. Ha, bu ziyofatda yomon taomning o‘zi yo‘q, ammo hamma o‘z ta’biga ko‘ra «taom» tanlaydi… Kitobning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi. Kitoblar faqatgina o‘quvchining ma`naviyati, didi, dunyoqarashiga ko‘ra tanlanadi, xolos. Demak, kitob eng olis va zimiston umr yo‘llarida insonga nur bag‘ishlab turuvchi sehrli mayoqdir. Men uchun hozirgacha o‘qigan barcha badiiy kitoblarimning bir jihati o‘zaro o‘xshash–kitobni o‘qib tugatganimdan so‘ng asardagi voqea-hodisalarning bari xuddi men bilan sodir bo‘lgandek tuyuladi va bular bir umrga qalbim to‘ridan joy oladi go‘yo. Inson zotida shunday xususiyat borki, u sevgan kitobini qayta-qayta o‘qiydi, o‘ziga yod bo‘lgan satrlarni o‘qishdan tolmaydi. Va yana har o‘qiganida o‘zi uchun yangi dunyoni kashf qiladi. Bu hol, albatta, kitobni bir bora o‘qib tushunmay, ikkinchi marta tushunishga harakat qilish emas, balki kitobni sevish, kitob muallifi o‘z kitobidagi har bir so‘zga o‘zining yurak qo‘rini qo‘shib yozganligini his etishdir. Men juda zeriksam, pokiza tuyg‘ularni sog‘insam, qo‘limga astagina Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini olaman. Axir o‘zini Kumushbibi yoki Otabek deb tasavvur etmagan, Otabek yoxud Kumush muhabbatidek pokiza ishqni orzu etmagan, o‘zimizning milliy urf-oqatlarimiz tasviridan zavqlanmagan kitobxon bormikan?! (Men uchun bu zavqni dilida tuymaganlar olam lazzatidan bexabarlardir.) G‘.Gulom, H.Olimjon, Mirtemir, A.Oripov, E.Vohidov, M.Yusuf she’rlari qalbimga yaqin. Men uchun she’riyat, she’riy kitoblar sehr olami. G‘.G‘ulom yillar ortida turib hamon o‘ksik qalblarga “Sen yetim emassan” deya, H.Olimjon qalb ohanglarini so‘zga ko‘chirib “Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda” deya, Mirtemir o‘zbek ayoli bardoshiga tan berib “Sensiz keng jahon ham sira jahonmas, Toshbu” deya, M.Yusuf vatanga bo‘lgan muhabbatini eng rangin nurlarga o‘rab “Rimni alishmasman bedapoyangga” deya, yonginamizda turib A.Oripov “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” deya, E.Vohidov “Sobit-u sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing” deya kitoblar qatida turgandek… Kitobga muhabbat, haqiqatan, maqtovga loyiq. Ba’zan kitob “jinnilari” ustidan kuladilar, aslida bu kulguvchilarning o‘zlari kulgiga loyiqdirlar, chamamda. Kitobga muhabbat bog‘laganlarga aslida havas bilan qarash kerak… Ulug‘ yozuvchi F.M.Dostoyevskiyning ta’kidlaganidek: “Atrofimda o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishni bilmay, eng bema’ni ish va o‘yin-kulgularni o‘ylab topayotgan kishilarni ko‘rar ekanman, qo‘limga kitob olamanda, o‘z-o‘zimga: yolg‘iz shuning o‘zi bir umr kifoya-ku deyman”. Haqiqatan ham, kim kitobni sevsa, kitobga mehr qo‘ysa, u hech qachon sodiq do‘sti, xaloskor maslahatgo‘yi, quvnoq birodari, haqiqiy yupatuvchiga ehtiyoj sezmaydi. O‘qish, o‘rganish, fikr yuritish bilan odam o‘zini beixtiyor ovutadi va bo‘sh vaqtini hamisha hatto taqdirning barcha kutilmagan sinovlarida ham oqilona o‘tkazadi. Mening nazarimda, na kino olami, na ajoyib tomosa, umuman, san’atning biror turi, na kompyuter, na INTERNET saytlari insonni kitob darajasida lazzatlantira olmaydi. Vaholanki, kitob mutolaasi o‘quvchi istaydimi, yo‘qmi, yuksak badiiy asar uni ma’lum voqealarga baho berishgagina emas, balki o‘sha baho berish yo‘li haqida, hayotning asosiy masalalari, uning maqsadi, ma’nosi, undagi adolat, nohaqlik va hokazolar haqida mulohaza yuritishga majbur etadi. Demakki, tafakkur yuksaladi, ma’naviyat oshadi, inson borliqni anglab boradi. Kitobga mehr qo‘ymagan, kitob o‘qishni o‘zining sevimli mashg‘ulotiga aylantira olmagan kishilar hech qachon o‘zini, o‘zligini anglay olmaydi. Zero, Vektor Gyugo aytganidek: “Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir.” Asosiysi, har qanday jamiyatda, har qanday sharoitda jaholatga qarshi kurashning asosiy vositasi kitobxonlikdir. Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uzoq o‘tmishdan tortib hozirgi kungacha o‘tgan o‘zbek xalqining haqiqiy mardlik, qahramonlik namunalarini ko‘rsatganlarni ko‘rishimiz mumkin. Bu mardlik, bu qahramonliklar, donish-u donishmandliklar zamirida ona-xalqimizning asrlar davomida ma’rifatga intilishi va buning natijasida yuksak milliy ma’naviyat sohibiga aylanganligi yaqqol namoyon bo‘laveradi. Yuqorida zikr qilingan barcha fikr va mulohazalardan shularni xulosa qilishimiz mumkinki, ma’naviy-axloqiy negizlar mustaqil O‘zbekistonimizni rivojlantirishda asosiy omillardandir. Zero, ma’rifatga intilish–yuksak ma’naviyatga erishmoqqa poydevordir. Download 19.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling