Jahon adabiyoti tarixi


OKEANIYA MAMLAKATLARI ADABIYOTI


Download 2.24 Mb.
bet143/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   183
OKEANIYA MAMLAKATLARI ADABIYOTI. Katta-kichik minglab orollardan torkib topgan Okeaniya mamlakatlari hisoblanmish Malayziya, Indoneziya va Singapurning o‘ziga xos tarixi, adabiyoti mavjud. Bu davlatlarning chor tomoni och dengizlar bilan qurshalgan bo‘lib, hozirgi kunda jahon e'tiborini o‘ziga tortadigan darajada (asosan, Ikkinchi jahon urushidan keyin) taraqqiy topib bormoqda. Ammo o‘tmishda bu mamlakatlar ko‘plab urushlarni, to‘qnashuvlarni, xunrezliklarni boshidan kechirganki, bularning hammasi ularning tarixida, adabiyotida u yoki bu darajada aks etgan. Geografik joylashuviga ko‘ra, Hindiston va Xitoyga yaqin bo‘lganliklari uchun ham adabiyotda hind va xitoy xalqlarining dunyoqarashi va adabiyoti ta'sirini ko‘rish mumkin.
Malayziya adabiyoti. Yozuv kirib kelishdan oldin Malayziyada hind dostonlari ta'siridagi xalq og‘zaki ijodi rivoj topgan edi. XV - XVI asrlarda Okeaniya orollariga islom dinining kelishi bilan esa, bu yerlarda ham arab alifbosi asosidagi yozuv paydo bo‘ldi va vaziyat o‘zgardi. Taxt tepasiga kelgan har bir sulton xalq og‘zaki ijodiga yo‘g‘rilgan o‘z adabiy an'anasini yaratishga urindi. “Sultonlar sulolasi” (“Sulalatus salatin”), “Rajit Pasay tarixi” (“Hikaya Rajit Pasay”) XV asrda yozilgan deb qaraladi. “Hang Tuah tarixi” (“Hikaya Hang Tuah”) deb nomlangan davrining mashhur asarida sultonga sadoqatli jangchi Hang Tuah hayoti va jasoratlari hikoya qilinadi. Qahramonliklari tufayli Hang Tuah ismini hozirgacha unutishmagan. Hatto zamonaviy yozuvchilar bu ismni o‘z asarlarida yodga olib turishadi.
Qator qissalar, jumladan, “Abdulloh qissasi” asari (1849) muallifi Munshiy Abdulloh (1796-1854) malay adabiyotining otasi sanaladi. XX asrda ro‘y bergan olamshumul o‘zgarishlar Malayziya adabiyoti janrlarini yangilab yubordi. Nazm, nasr, dramaturgiya, esse kabi janrlarda ko‘p asarlar yozgan Usmon Avang zamonaviy malay adabiyotining asoschisi, deb e'tirof etiladi. Anvar Ridvan, Rahimiddin Zohiriy, Abdussamad Said, Muhammad Hoji Solih kabi ijodkorlar hozirgi malay adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridir.
1971 yildan e'tiboran malay tilida yaratilayotgan adabiyot uch guruhga aratilib qaraladigan bo‘ldi: 1. Malayziya milliy adabiyoti. 2. Mintaqaviy adabiyot (mamlakatdagi boshqa tillardagi adabiyot), 3. Yasama adabiyot (yot tillardagi adabiyot).
XX asrda xitoy tilidagi adabiyotning mavqyei ko‘tarilib, hindiy tildagisi birmuncha tushdi. Ingliz tili esa Malayziyada umumiy adabiy til bo‘lib qoldi.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling