Jahon adabiyoti tarixi


Download 2.24 Mb.
bet87/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183
«Sid» tragediyasi (1636). Kornelning «Sid» ini rus tiliga tarjima qilingan Kateninga Pushkin «Men seni va talabchan Kornelimni qutlaymay. «Sid» ni uning eng yaxshi tragediyasi deb hisoblayman» (1822) deb yozgan edi.
Asar syujeti ispan baxodiri Rodrigo Dianis haqidagi o‘rta asr qahramonlik eposi va Gilen de Kastroning «Sidning yoshligi» ppyesasidan olingan. Ammo Kornel bu mavzuni zamonasiga yaqinlashtirib, mustaqil original asar yaratdi.
Syujet: Don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan Don Dionning o‘g‘li Rodrigo bir birini sevadi. Ota ham qizini Rodrigoga berishga tayyor. Lekin… Ikki feodal urush o‘rtasida tortishuv Don Gomis Rodrigoning otasini haqarot qildi. Keksa Don Diego o‘ch olishni o‘g‘liga topshiradi. Rodrigo uchun bu juda og‘ir. 1. Sevgilisidan ayrilishi. 2. Oila haqorati; Rodrigo qizini otasini qizni otasini duelda o‘ldiradi. Ximena qirol xuzuriga borib, otasini qotilini jazolashni so‘raydi. Ular ikkisi ham urf-odatlar, ota oldidagi burch va yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida azob chekadilar. Shu vaqtda Rodrigo davlatga bostirib kelgan. Marvlarga qarshi kurashda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatadi. Dushman tomoni ham uning botirligiga qoyil qolib «Sid», ya'ni janob deb ataydi.
Ximena qancha talab qilsa ham qirol xanuz qahramonni, Rodrigoni jazolashga botinolmaydi. Ximena Radrigoni o‘ldirgan odamga turmushga chiqishini aytadi. Qirol jangda kim g‘olib bo‘lsa qiz o‘shaniki bo‘ladi deb shart qo‘yadi. Qiz talabgori Sancho duelda yengiladi. Qirol maslahati bilan Rodrigo bilan Ximena topishadi.
XVII asrning birinchi yarmida-Fransiyada feodal o‘zboshimchaliklarni tugatish, yagona milliy davlat-mutloq hokimyatni mustahkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z ijodida feodal tartiblarining yemirilishi muqarrarligi va markazlashgan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, “Sid” tragediyasida qonga-qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi fuqarolik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Haqiqiy xalq qahramoni Rodrigo “oddiy kishilarning umidi va tayanchi” sifatida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi.
Kornel klassitsizmning uch birlik qonuniga amal qilsada, unga yuzaki holda bo‘ysunadi. «Sid»da vaqt birligi, Makon birligi bir oz buziladi. Rodrigo Ximena bilan otasini o‘limidan so‘ng saroyda emas qizning uyida uchrashadi.
Kornel qahramonlari nafaqat jang maydonida, balki o‘z hislari bilan kurashda ham g‘alaba qozonuvchi irodali kishilardir.
Napoleon Kornel ijodini juda qadrlagan: «Kornel hozir yashaganda, men uni shahzodaga aylantirardim» degan edi.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling