Jahon adabiyoti tarixi
Iongann Volpfgang Gyote (1749-1832)
Download 2.24 Mb.
|
Iongann Volpfgang Gyote (1749-1832). Frankfurt shahrida yurist oilasida, tug‘ildi. Laykuna universitetida (grafik) o‘qibg‘ yurganda birinchi sheorlarini yozadi. Uning dunyoqarashiga Spinoza falsafasi «Poetika» taosir katta bo‘ladi. Studentlik yillari Ganpening «Muhammadning hayoti» kitobidan ruhlanib Muhammad haqida drama yozmoqchi bo‘ladi (parchalar). Gyote 1771 yilning 14 oktyabrida buyuk ingliz dramaturgi V.shekspirga bag‘ishlangan kechada ma'ruza qildi. Ushbu ma'ruzasida u o‘zining estetik dasturini bayon qildi. Ma'ruza Shekspir dahosiga aytilgan madhiya bo‘lib, Gyote uni yangi adabiy oqimning bayrog‘i deb e'lon qildi. O‘z hayoti davomida 1600 ga yaqin sheor yozadi. Juda ko‘pchiligi xalq qo‘shiqlariga aylanadi. «Gets fon Berlixingen» (1773) Gyotening nomi butun Germaniyaga mashhur qiladi. Drama XVI asr voqealariga murojaaat qilinadi. Bosh qahramoni Ges ritsor. U xalq orasida juda mashhur. Isyonkor shaxs taqdiri uni juda qiziqtiradi. Asar uning Shekspir bilan juda qiziqqan davrda yaratildi. (Xronikalar ruhida) Asar klassitsizm teatridan butunlay farq qiladi. 1774 yili «Yosh Verterning iztiroblari « romanini yozdi. Asar qahramoni Verter byurger oilasidan chiqqan iste'dodli, nozik tabiat yosh yigit. U o‘z davri uchun juda yaxshi ma'lumot olgan, klassik adabiyotni, ayniqsa, Gomer asarlarini sevib o‘qiydi. Qalbi olijanob his-tuyg‘ularga boy. Verter tabiatning erkin farzandi, u Russo ta'limotining ixlosmandi. Verter Sharlotta ismli qizni sevib qolgan. Ammo Sharlotta boshqa yigit – Albertga unashtirilgan edi. Shu sababli Verter qizni unutish maqsadida shaharga borib, diplomatiya idorasiga ishga kiradi. Ammo bu yerda uning ishi yurishmaydi. O‘z xo‘jayini graf saroyidagi ziyofatda hozir bo‘lgan Verter yuqori tabaqa vakillariga yoqmaydi. Verterning xo‘jayini mehmonlarning xohishini unga aytgach, yigit bu ydan chiqib ketadi. Ertasiga butun shaharga, go‘yo Verter mehmondorchilikdan haydab yuborilganligi haqida be'mani tuhmat gaplar tarqaladi. Haqoratlangan Verter ariza berib ishdan bo‘shaydi. Yana o‘z sevgilisi yoniga qaytib boradi. Endi Sharlotta turmushga chiqqan, Verterning Sharlottalarnikiga kelishi bu oilani obro‘sizlantirgan bo‘lar edi. Chorasiz qolgan Verter o‘zini o‘zi o‘ldiradi.
Gyote zamondoshlari asarning bunday yechim bilan tugallanishiga salbiy munosabat bildirdi, hatto Lessing ham Verterning o‘z joniga qasd qilishini qahramonning irodasizligi, ojizligiga yo‘ydi. Garchi Gyote bu fikrlarga qo‘shilmasa-da, romanning ikkinchi nashriga quyidagi she'riy misralarni epigraf qilib kiritdi: “Er bo‘lgin, men yurgan yo‘ldan yurmagin”. Gyote qahramoni ichki dunyosi boy sentimental obrazdir. XVIII asr yozuvchilari uchun, jumladan Gyote uchun ham, inson sezgilarining ifodasi o‘sha zamon feodal tuzumida hukm surayotgan shafqatsizlik, toshbag‘irlikka qarshi kurash ifodasini anglatar edi. Bu hol inson uchun, uning har tomonlama kamoloti yo‘lidagi kurashni bildiradi. XVIII asr insonparvarlari barcha qobiliyatlarini, qalbining boy his-tuyg‘ulari to‘la namoyon qilinishini istar edilar. Insonni tabiat bekamu ko‘st yaratadi, ammo adolatsiz jamiyat sharoiti undagi barcha illat va qusurlarni keltirib chiqaradi, deb hisoblaganlar. Gyote lirikasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning she'riyati badiiy yetuk, serma'no va xayotiydir. Shoir o‘z lirikasida xalq hayotiga, uning og‘zaki ijodiga murojaat qilib, yana ana shu xalq folklori xazinasini ajoyib durdonalar bilan boyitadi. Gyote she'riyati kishining murakkab ichki dunyosini ochib beradi. Xalq tili, uning ohanrabo musiqiyligi, quvnoq lapar ohanglari kitobxon qalbini junbushga keltirib, lirikaning sirli sehriga maftun qilib qo‘yadi. Lirikasining asosiy mavzui inson, uning sevgisi, uning tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan hayotiy, falsafiy go‘zallik va ozodlik haqidagi olijanob orzularini tarannum qiladi. Gyote dunyo madaniyatining bir ildizi, bir asosi bor – bu ham bo‘lsa G‘arbda, G‘arb madaniyat beshigi degan noilmiy fikrga qarshi o‘laroq, dunyo madaniyati yagona jarayon va qonuniyatlar asosida rivojlanishi, bu jarayonda Sharq hech qachon G‘arbdan keyin qolmaganini, balki ko‘p sohalarda undan ilgarilab ketganini ta'kidlaydi. Aytish joizki, adibning Sharqqa hurmati, ehtiromi uning hofiz Sheroziy ijodi ta'sirida yaratilgan “Devoni” da o‘z ifodasini topdi: Hofiz, sen-la bellashmoqqa Yo‘l bo‘lsin bizga! Lochin kabi uchar yelkan To‘lqinlar uzra. yengil, epchil uchib borar Intilib olg‘a, Agar to‘fon ko‘tarilsa, Azobda darg‘a! Qo‘shiqlarning ko‘kka uchar Olov qushiday, Dengiz o‘tga do‘nsa agar Men uchun qo‘ymay! Shoirning sharq mavzusiga bo‘lgan qiziqishi yangi hodisa emas edi. Bir qancha san'atkorlar o‘z ijodlarida sharqqa murojaat qilganlar. Jumladan, Shekspir (“Otello”), Rasin (“Boyazit”), Monteske (“Fors maktublari”), Volter (“Muhammad”), Bayron (“Sharq dostonlari”), Viktor Gyugo (“Sharq motivlari”) kabi misollarni aytib o‘tish kifoya. Gyote g‘arb va sharq adabiyotlarining boyib, rivojlanishini bir-biri bilan yaqinlashuvida deb biladi. U sharq bilan g‘arb, o‘tmish bilan hozirgi zamon, ularning urf-odatlari, muloqot va mushohadalarini, biri orqali ikkinchisi tushunishni maqsad qilib qo‘yadi. “Mag‘ribu mashriq devoni” da Gyote sharqning buyuk shoirlari Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy hamda Sa'diy ijodini nozik talqin qilib, o‘ziga xos falsafiy lirika javharlarini yaratadi. Shoirning “Devoni” sharq va g‘arb she'riyati bir-biriga yaqin, umumbashariy adabiyot ekanligini isbotlaydi. “Mag‘ribu mashriq devoni” o‘n ikki kitobga bo‘linadi. Bular: “Qo‘shiqchi kitobi”, “Hofiz kitobi”, “Sevgi kitobi”, “Mushohada kitobi”, “Qobus kitobi”, “Soqi kitobi”, “Norozilik kitobi”, “Hikmat kitobi”, “Zulayxo kitobi”, “Temur kitobi”, “Masal kitobi” hamda “Jannat kitobi” dan iborat. Bu she'riy to‘plamda shoirning hayot, insonlarning taqdiri, tinchlik haqidagi o‘ylari o‘z ifodasini topadi. “Devon”da shoir timsollar, majozlar, qochiriqlar yo‘li bilan she'riyat, ijodiyot, sharq madaniyatining xususiyatlari haqida fikr yuritadi. “Devon”ning “Hijrat” deb ataluvchi she'ri to‘plamning muqaddimasi hisoblanadi. “Devon”ning tarixiy mazmuni shuki, unda 622 yilda Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tishi ko‘zda tutiladi. Ayni vaqtda “Hijrat” shoir Gyotening sharqqa yuz o‘girishini bildiradi. U g‘arbning bo‘g‘iq, diqqinafas, muhitidan qochib, sharqning keng va sof havosidan to‘yib-to‘yib nafas olishga oshiqadi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling