Jahon adabiyoti tarixi


Download 2.24 Mb.
bet97/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183
Shiller (1759-1805). Ulug‘ nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller 1759 yili Marbah shahrida (Vyurtemberg gersogligi) harbiy feldsher oilasida tug‘ilgan. 1773 yili 14 yoshlik Shiller harbiy bilim yurtiga (keyinchalik harbiy akademiyaga) o‘qishga berildi. Vyurtemberg gersogi Karl yevgeniy tashkil qilgan ushbu o‘quv yurtida bo‘lajak shoir nemis sharoitining qorong‘i tomonlari bilan to‘qnashgan edi. Harbiy akademiyada zobitlar, tibbiyot xodimlari va huquqshunoslar tayyorlanardi.
Akademiyada Shiller o‘zining ilk ijodini boshladi. 1776 yili shoirning “Oqshom” she'ri chop etildi, shu yerda birinchi dramatik asari “Qaroqchilar” ustida ish boshladi.
Tragediya 1781 yili yozib tugatildi va tez orada Mangeym shahri teatrida sahnaga qo‘yildi va favqulodda muvafaqqiyat qozondi. Asar premerasiga borgan. Shillerni gersog Karl yevgeniy ikki haftaga qamab qo‘yadi.
Karl yevgeniyning zulmidan qutulish uchun shoir Mangeymdan Leypsigga, Drezden shahriga kelib joylashadi. 1782 yili u “Genuyadagi Fiesko fojiasi”, 1783 yili keyin “Makr va muhabbat” deb nomlangan “Luiza Miller” drammalarini yozdi. 1787 yili Shiller Veymarga kelib, Gyote bilan tanishadi. Gyote bilan hamkorlikda Veymar teatriga asarlar yozadi.
80-90 yillarda Shiller estetikaga oid bir qancha asarlar yozdi. “Zamonaviy nemis teatri haqida” (1782), “Teatr ma'naviy muassasa sifatida” kabi nazariy asarlarida erkinlik va go‘zallik tushunchalari orasidagi o‘zaro munosabatlar masalasini hal qilar ekan, Shiller inson kamoloti va jamiyatini qayta qurishda estetik tarbiyaning, go‘zallikning roliga muhim ahamiyat beradi.
Adib tarix, qadimgi yunon san'ati bilan shug‘ullanib, odamlarni go‘zallik g‘oyasi bilan tarbiyalash mumkin, degan nazariy xulosaga keladi. U antik dunyo san'atida o‘z ideallarini ko‘radi. Shiller 46 yoshida, ayni ijodiy kuchga to‘lgan bir pallada vafot etadi.
Makr va muhabbat” Tragediya “Bo‘ron va taziyq” dramaturgiyasining shoh asari bo‘lib qoldi. Asarda ilk bor nemis hayoti chuqur va ishonarli tasvirlangan bo‘lib, unda tasvirlangan voqea real sharoitdan olinib, hukm surayotgan axloqiy pastkashlik, gersog saroyining dabdabasi va buzuqligi ko‘rsatilgan. “Makr va muhabbat” p'esasida bir-biriga murosasiz bo‘lgan ikki qarama-qarshi guruh vakillarining to‘qnashuvi aks ettiriladi.
“Makr va muhabbat” tragediyasi bilan Shiller ijodining ilk, shtyurmerlik davri yakuniga yetdi. 1783 yildan 1787 yilgacha yozilgan “Don Karlos” fojiasi ustida ishlash jarayonida dramaturg bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi. Asarda isyonkorlik ruhi yo‘qolib, mavjud tuzumni ma'rifat yo‘li bilan tuzatish mumkin, degan ishonch paydo bo‘ldi.
“Don Karlos” tragediyasidan keyin Shiller deyarli 10 yil dramatik asar yozmadi. 80 yillarning o‘rtalarida u kam sonli she'rlar yaratdi.
90-yillargacha kelib, Shiller tarixiy mavzuga murojaat qildi. O‘ttiz yillik urush davrini hikoya qilgan “Vallenshteyn” trilogiyasini (1797-1799) yozdi.
“Vilgel Tell” (1804) – Shillerning ijodiy yo‘lini yakunlovchi drama bo‘lib, unda yozuvchi o‘zining vatani, xalqi taqdiri haqidagi o‘y-fikrlarini bayon qiladi. Asar dramaturgning o‘ziga xos poetik vasiyati edi. 1803 yilning 18-avgustida yozgan maktubida Shiller quyidagilarni bayon qiladi: “hozir “Vilgelm Tell” bilan juda bandman... Mavzu juda qiziqarli va o‘zining xalqchilligi bilan teatrga juda mos”. Dramaturg o‘zining dramasida xalq afsonalaridan foydalanib, xalq ichidan chiqqan Vilgelm Tell obrazi orqali xalqning ozodlik, milliy birlik haqidagi orzu-istaklarini va unga erishish yo‘lidagi mashaqqatlarini ko‘rsatib beradi. Shillerning “Makr va muhabbat” fojiasi 1936 yili Komil Yashin, 1939 yili Ma'ruf Hakim tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan, Asqad Muxtor esa 1954 yili “Qaroqchilar” tragediyasini o‘zbekchalashtirgan. Har ikki asar Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirilib, zo‘r muvaffaqiyat bilan namoyish qilindi.
1795 yilda «Kishini estetik jihatdan tarbiyalash to‘g‘risida xatlar» nazariy maqolasini yozadi. Uning fikricha, inson go‘zallik ta'siri ostida, insonparvarlar, haqqoniy bo‘ladi va hayotdagi nuqsonlar bartaraf etiladi va aql-idrok, ozodlik, tenglik xukm suradi. U yozuvchilarni o‘z asri farzandi (quli emas) bo‘lishiga, o‘z davri ehtiyojiga qarab yozishga chaqiradi. «Qaroqchilar» (1781 yil)
Graf Maksimilian fon Moorning ikki o‘g‘li Karl ( Lepsigda o‘qiydi) va Frans (shuhratparast) bor. Karl qarzga botib, yordam so‘rab yozgan xatlarini Frans qari otasiga buzib, soxtalashtirib o‘qib beradi, akasiga tuxmat qiladi. Graf Karldan voz kechadi. Ilojsiz Karl Qaroqchilar guruhini tuzadi. (Butun mamlakatga dahshat soladi) Otasi bundan habar topadi. Frans bir kishini yollab, otasiga Karlning o‘limi haqida yolg‘on habar beradi. Hasta graf olamdan o‘tadi. Frans otasi o‘rnini egallaydi va saroyda adolatsizlik o‘rnatadi. Begona kishi qiyofasida saroyga kelgan Karl barchasidan habar topadi. Sevgan qizi Amaliyani qaroqchilar tutib Qaroqchilar huzuriga keltiradi. Ammo Karl sevgan bilan birga Amaliyaga xanjar uradi. O‘zini xukumat qo‘liga topshirmoqchi ekanini qaroqchilarga maolum qiladi.
Qaroqchi Karl jamiyatni o‘zgartirmoqchi bo‘ladi.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling