Jahon adabiyoti tarixi


Download 2.24 Mb.
bet114/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   183
Ingliz tanqidiy realizmi. XIX asrning 20-30- yillarida Bayron va Shelli, Kits va Skottlar olamdan o‘tdilar. Romantizm bor imkoniyatlarini sarf qilib bo‘lib, yangi nomlar paydo bo‘lmadi. Ingliz adabiyoti rivojlanishida roman janri strukturasining yangi xususiyatlar bilan boyishi, ingliz tanqidiy realizmning gullab-yashnagan davri XIX asr 30-40- yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda zabardast realist yozuvchilar (Dikkens, Tekkerey, opa-singil Brontelar, E.Gaskell va chartist shoirlari Jons va Lintonlar) ijod qiladi.
Ch. Dikkensning «Dombi va o‘g‘li», Tekkereyning «Shuhratparastlik bozori», Sh.Brontening «Jeyn Eyr», E.Gaskellning «Meri Barton» kabi romanlari ana shu davr adabiyotining eng sara asarlaridan hisoblanadi.
XIX asr ingliz realizm adabiyotini uch davrga ajratish mumkin. Birinchi davr – 30- yillar; ikkinchi davr 40- yoki “och qirqinchi yillar”; uchinchisi 50-60- yillar.
30-yillarda adabiyotga yosh Dikkens va Tekkereylar kirib keldilar. “Oliver Tvist” i “Ketrin” romanlari bu yozuvchilarning nyugeyt romanlariga o‘ziga xos javoblari edi.
40-yillar ingliz adabiyoti rivojlanishida yangi, ikkinchi davrni boshlab berdi. Bu yillarda chartistlar harakati keng quloch yozdi, ular ishchilar hayotining, ayol mehnatkashlarning ayanchli ahvolini ko‘rsatadilar, xalqning muhtojligini, mamlakatda islohotlar o‘tkazishni talab qildilar.
Dizraeli, Kingsli, Bulver-Litton, Dikkens i Tekkerey, opa-singil Brontening ijtimoiy romanlarida asrning g‘oyalari ham, ijtimoiy harakatning ahvoli ham, davrning ma'naviy tamoyillari ham o‘z ifodasini topdi. Ingliz romanchilarining bu ajoyib pleyadasi o‘z asarlarida nafaqat real xolatni, jamiyatdagi qarama-qarshiliklar ko‘rsatib berdilar va uning kamchiliklarini(snobizm, ortiqcha xudbinlik, shuhratparastlik) ochib tashladilar, shu bilan bir qatorda olijanob gumanistik ideallarni ham ilgari surdilar. Ular o‘z ijodlari bilan ifoda vositalari majmuini, hikoya qilishning realistik tizimini ramziylik va metafora, teatr elementlari, parodiyalar, satira, pantomimalar bilan boyitdilar.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling