Jahon adabiyoti tarixi


Download 2.24 Mb.
bet142/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   183
TO’QQIZNCHI MA’RUZA
AVSTRALIYA, OKEANIYA, AFRIKA, KANADA MAMLAKATLARI ADABIYOTI
REJA:
1. Avstraliya adabiyoti: kecha va bugun.
2. Okeaniya mamlakatlari adabiyoti manzaralari.
3. Afrika adabiyotiga chizgilar.
4. Kanada adabiyotining umumiy xarakteristikasi.
Tayanch so‘z va birikmalar: xalq og‘zaki ijodi, janrlari, yozma adabiyot, o‘tmish adabiyoti, zamonaviy adabiyot, sintez adabiyot, qo‘shiqlar, miflar, ertaklar, afsonalar.
AVSTRALIYA ADABIYOTI. Avstraliya adabiyoti, asosan, ingliz tilidagi adabiyotdir. Uni yana sintez adabiyoti ham deyishadi. Chunki taxminan XVIII asrgacha mahalliy aborigenlarning og‘zaki adabiyoti mavjud bo‘lgan. Bu vaqtdan e'tiboran esa qit'aga inglizlar kelishdi hamda sekin asta o‘z adabiyotlarini barpo etishdi. Qolaversa, qit'aga boshqa xalq vakillari ham ko‘chib kela boshlashdi. Natijada Avstraliya adabiyoti ko‘plab xalqlar adabiyotidan tashqil topgan sintez adabiyotga aylandi. Shunga qaramay, ingliz tilidagi adabiyot yetakchi mavqyega ega.
Demak, 200 yildan ortiqroq vaqt davom etib kelayotgan qit'a adabiyotini quyigicha davrlashtirish mumkin:

  1. Kolonial yoki ingliz-avstraliya davri (1788-1880);

  2. Milliy davr (1880-1920);

  3. Zamonaviy davr (1920 yillardan hozirgacha).

Avstraliyaning dastlabki adabiy yodgorliklari deya qit'aga kelgan kema zobitlari bo‘lgan Ison Uayt (1756-1832), Uotkin Tench (1758-1833) va Devid Kollinzlarning (1756-1810) memuarlari va yo‘l qaydnomalari a ytiladi. Ilk she'riy asarlarning mazmuni Angliyadan qochib kelgan yo surgun qilinganlarning erkin hayot haqida bo‘lib, ballada janrida yozilgan. Charlz Tompson (1806-1883), Charlz Ventvortlar (1790-1872) dastlabki lirik shoirlar hisoblanadi. Charlz Garpur (1813-1868) esa davrning ulug‘ shoiri sifatida tan olinadi.
Shundan keyin Avstraliya adabiyotining milliy davri boshlandi. Bunga sabab esa odamlar qit'aga o‘rgandilar, uni sevdilar, o‘zinikidek his qildilar. Natijada adabiyot Angliya adabiyoti ta'siridan chiqishga, o‘z mavzularini o‘z yo‘llarida kuylashga intildilar. Adabiyotining milliy davri Jyul Fransua Archibald va Jon Xaynslar asos solgan “Byulleten” haftaligidagi chiqishlardan boshlangan. Avstraliyadagi hayot, qishloq manzaralari, do‘stlik, mardlik va insonlar o‘rtasidagi tenglikni kuylash Banjo taxallusli Endryu Barton Patterson (1864-1941), Genri Louson (1867-1922), Charlz Brennan va Nilson singari shoirlarni yurtga tanitdi.
Zamonaviy davr Avstraliya adabiyoti Amerika, Angliya va Irlandiya adabiyotining muayyan darajadagi ta'sirida bo‘ldi. Nasr, nazm, dramaturgiya rivojlandi. Qit'a aborigenlarining hayoti va xalq og‘zaki ijodiga e'tibor berildi, ular qayta baholandi. Shu bilan birga, sekin asta Avstraliya adabiyoti o‘z ovoziga ega bo‘lishga intildi. Yozuvchi Patrik Uayt 1973 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga munosib deb topildi. Kristofer Kox, Geyl Parter singari nosirlar ijodida avstraliyacha shakl va mazmun yaqqol aks etdi.
Natal'ya Krofts bugungi Avstraliya adabiyotida rus va ingliz tillarida ijod qiluvchi zamondosh ijodkorlar sirasiga kiradi. 1976 yilda Ukrainada tug‘ilgan. Moskva davlat (Rossiya) va Oksford (Angliya) universitetlarining mumtoz filologiya fakultetini tamomlagan. Sidney (Avstraliya)da yashaydi. Yozuvchi, shoir, tarjimon. Ilg‘or tafakkurli zamonaviy ijodkorlar vakili bo‘lib, dunyo kezadi (60dan ortiq mamakatlarda yashagan), turfa xalqlar adabiyoti bilan yaqindan tanishadi, ular haqida maqolalar, suhbatlar uyushtiradi. Ijodkor 2013 yilda O‘zbekistonga ham tashrif buyuradi. Yozuvchi va adabiyotshunos Ulug‘bek Hamdam bilan “Bepoyon olam” nomli suhbati “Zvezda Vostoka” jurnalida e'lon qilinadi50. Suhbatda Avstraliya adabiyoti, uning ko‘zga ko‘ringan vakillari haqida so‘z yuritib N. Krofts: “Ingliz tilidagi adabiyot bilan qiziquvchilar Piter Keri, Nobel sohibi Patrik Uayt, shoir Genri Louson yaxshi bilishadi, yaqinda nomi chiqqan Aravinda Adiguning “Oq yo‘lbars”si menga juda manzur. Avstraliyadagi rus adabiyoti esa 1911-1912 yillarda, qit'aga K. Balmont, A. Usov, S.Alыmovlar kelgandan boshlangan. Ulardan faqat oxirgisi bu yerda qoldi” deydiki, bundan ham Avstraliya adabiyoti ko‘plab millatlarning sintez adabiyoti ekani ayon bo‘ladi.
Endi kashf qilinganda, Avstraliya qit'asi Angliya jinoyachilari surgun qilinadigan joy bo‘lib xizmat qilgan. Vaqtlar o‘tib esa, bu yerga kelganlarning ko‘pchiligi Angliyaga qaytib ketishmay, Avstraliyani o‘z vatanlari deb bilishdi. Adabiyot shaklan ingliz va irland adabiyoti ta'sirida bo‘lsada, Avstraliya qit'asi voqyeligi aks ettirdi.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling