Jahon adabiyoti tarixi


Talabalar bilimi, ko‘nikma va malakasiga


Download 2.24 Mb.
bet4/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Talabalar bilimi, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
Jahon adabiyotining jamiyat tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonni ezgulik va ma`naviy barkamollikka undovchi g‘oyalar hamda inson pok tuyg‘u va kechinmalarni o‘rganish, shuningdek, jahon adabiyoti namunalarini adabiy-estetik hamda ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil va talqin qilish malakasini hosil qilishdan iborat.


Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Fanning tarix, tilshunoslik, folklor, estetika, falsafa, psixologiya, san`atshunoslik, sotsiologiya kabi fanlardagi umumiy qonuniyatlar bilan bog‘liqligi kuzatiladi. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi, fanning dolzarb masalalari talabalarga adabiy-qiyosiy tahlil hamda mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning rang-barang metodlari orqali o‘tkaziladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Bakalavrlarda jahon adabiyoti tarixi fani bo‘yicha bilimlarni shakllantirish, jahon adabiyoti tarixini adabiy davrlar, poetik tamoyillar, adabiy siymolar, ma’anaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlarni tahlil qilishga doir muayyan bilimlarni egallash va ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon bevosita nazariy-poetik, adabiy-ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy sohalarda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Jahon adabiyoti tarixi” fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning jahon standartlariga mos, zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhimdir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy, seminar mashg’ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning ilg’or metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.
1 - QISM

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling