Jahon adabiyoti tarixi


Ovidiy (m.o. 43 – m. 17 yy)


Download 2.24 Mb.
bet60/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183
Ovidiy (m.o. 43 – m. 17 yy) Rim she'riyatining oltin davri Ovidiy ijodi bilan bog‘liq. Shoir Rim yaqinidagi Sulmon shaharchasida chavandoz (Qadimgi Rimda ikkinchi tabaqa hisoblangan) oilasida dunyoga kelgan elegiyanavis shoir. Rim elegiyasiga shoir Gall asos solgan bo‘lsa, Tibull va Propersiylar uni rivojlantirdilar, Ovidiy esa yuqori darajaga olib chiqdi. Boshqa rimlik shoirlar singari Ovidiy ham yunon she'riyatini qadrlagan va o‘z asarlarini yaratar ekan, unga qayta-qayta murojaat qilgan. “Yo‘q! Homer o‘lmaydi... Sofoklning tragediyalari hech qachon unutilmaydi”, - deb yozgan edi Ovidiy. Shoirning “Ishqiy elegiyalar” (“Amores”) to‘plami 3 qismdan iborat bo‘lib, Korinna ismli ma'shuqasiga bag‘ishlangan. “Qahramon ayollar” – mashhur afsonaviy ayollarning(masalan, Penelopaning Odisseyga, Fedra – Ippolit, Lidiya – Yason, Britida – Axill, Didona - Eney) o‘z oshiqlariga yozgan nomalari to‘plami. Didaktik xarakterdagi “Sevgi san'ati” poemasi garchi dadaktik doston qabilida yozilgan bo‘lsada, aslida sevgini madh etuvchi asardir. Doston uch qismdan iborat bo‘lib, I va II qismlarda ma'shuqalarni qaerlardan axtarish va qay tartibda ularning iltifotlarini qozonish haqida erkaklarga maslaxatlar berilsa, III qismda ayollarga maslaxatlar beriladi. Bundan tashqari Ovidiyning “Fastlar”(Rim bayramlarining tavsifi), “Ishqning davosi”, “Yuz uchun vositalar”, “Pontdan maktublar” kabi asarlari ham ma'lum. “Metamorfozalar” epik dostoni Ovidiy ijodining cho‘qqisi, Rim adabiyotining ulug‘ yodgorliklaridan. Yirik-yirik 15 bobdan, gekzametr vaznidagi 12 ming misradan iborat salmoqdor bu dostonda Yunon va Rim mifologiyalarida benihoya ko‘p uchraydigan afsonaviy evrilishlar – ma'bud va ma'budalarning, suv va o‘rmon parilarining, ayniqsa odamlarning jonivorlarga, o‘simliklarga, tosh va tog‘larga, hatto yulduzlarga aylanib qolishlari haqidagi rivoyatlar hikoya qilinadi. Dostonning ichiga ana shunday rivoyatlardan qariyb 250 tasi kirgan. Oxiri evrilish bilan tamomlangan afsonalarni qalamga olgan shoirlarni Yunon va Rim adabiyotlarida, ayniqsa ellinizm davri poeziyasida ko‘plab uchratish mumkin. Biroq ularning birontasi shu mavzudagi rivoyatlarga Ovidiy singari nafis badiiy sayqal berib, ularning har birini uzviy suratda bir-biri bilan bog‘lab, “Metamorfozalar” singari go‘zal va yaxlit epik doston yarata olgan emas. “Metamorfozalar” asarida benihoya ko‘p va turli-tuman shaxslarni – ma'bud va ma'budalarni, titan va parizodlarni, podshoh va bahodirlarni, arbob va sarkardalarni, san'atkor va shoirlarni, oddiy odamlarni uchratamiz; ravish-raftori bir-biriga to‘g‘ri kelmagan mahzun va masrurlarga, mo‘min va mag‘rurlarga, telba va donolarga, fosiq va foruqlarga duch kelamiz; qanchadan-qancha insoniy ehtiroslar, sevgi va g‘azab, sadoqat va hiyonat, rashk va himmat, pastkashlik va olijanoblik, tama va himmat, ochko‘zlik va saxiylik, mardlik va qo‘rqoqlik, adolat va qallobliklarning shohidi bo‘lamiz. Shoir shu qahramonlarning har birini, alalxusus, ularning ruhiy holatlarini alohida-alohida mushohada etib, qalblariga chuqur ko‘z tashlab, ruhiyatlarini ajoyib iste'dod va poetik mahorat bilan tasvirlaydi, yorqin bo‘yoqlarda qiyofalarini chizadi. Bayonotning erkin va ixchamligi, tilning ravshan va harirliga, majoziy vositalarning ajib husnkorligi, she'riy vaznlarning ravon, o‘ynoqi va rango-rangligi “Metamorfozalar” dostonini antik dunyo adabiyotining eng jozibador badiiy yodgorliklari darajasiga ko‘targan.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling