Jahon adabiyoti tarixi
Gotxolpd Efraim Lessing (1729-1781)
Download 2.24 Mb.
|
Gotxolpd Efraim Lessing (1729-1781). Germaniyaning 60-yillar adabiy hayotida Lessing yetakchi o‘rin egallaydi. U zamonasining ulug‘ mutafakkiri, iqtidorli tanqidchisi, adabiyot va san'at nazariyotchisi, shoir va dramaturgi edi. Lessing adabiyotni hayotga yaqinlashtirdi, unga ijtimoiy yo‘nalish baxsh qildi. U yangi nemis adabiyotiga asos soldi, Shiller va Gyotelar Lessingning shogirdi edilar.
XVIII asrning 50-yillarida Lessing she'rlar, masallar va o‘zining birinchi tragediyasi “Sara Sampson xonim” (1755) ni chop ettirdi. Lessing “Laokoon” (1766) hamda “Gamburg dramaturgiyasi” (1769) nomli asarlarida xalqchil san'at estetikasining nazariyotchisi sifatida maydonga chiqdi. Muallifning bu har ikkala risolasi ma'rifatchilik san'atida realizm prinsiplarini isbotlashga va barqaror qilishga qaratilgan. “Laokoon” risolasi bilan adib zamonasida juda ko‘payib ketgan mazmunsiz tasvirlar she'riyatiga qarshi chiqdi. Asar klassitsizm adabiyotining asoslariga zarba berdi. Klassitsizm estetikasi, san'at asari faqat “go‘zal tabiatni” tasvirlab berishi kerak, deb hisoblar edi. Bunga qarshi Lessing haqqoniy san'at hayotdagi xunuk, salbiy voqealarni ham yoritishi kerak, deb chiqdi. Lessingning ko‘plab teatr taqrizlari asos bo‘lgan “Gamburg dramaturgiyasi” to‘plami haqli ravishda nemis ma'rifatchilik harakatining dasturilamali bo‘lib qoladi. To‘plamda u san'atning tabiati, uning jamiyatda tutgan o‘rni va vazifasiga, borliq harakati va san'at haqiqatiga oid masalalarni o‘rtaga tashladi. Lessing san'at hayotni aks ettirsagina o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi, deb qattiq ishonadi. Chinakam san'atning vazifasi faqat podshohlar va zodagonlar hayotini emas, balki oddiy kishilar hayotini ham aks ettirishdan iborat bo‘lishi kerak. Lessing xalqchil san'at uchun kurashadi. “Saroy kishi tabiatini o‘rganadigan joy emas”, deb fransuz klassitsizmini rad qiladi. U dramaturgiyani Shekspirdan o‘rganishga chaqiradi. Lessingning fikricha, tragediyaning vazifasi kishilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash. Lessingning dramaturgik qarashlari “Sara Sampson xonim” tragediyasida o‘z ifodasini topdi. Kemens shahrida dindor oilasida tug‘ildi. U avval Leypung universitetida, so‘ngra Berlin va Vittenburgda o‘z maolumotini oshirdi. 1767-1769 yillarda Gammburda yashaydi. Teatr tashkilotchilaridan biri. «Gamburg dramaturgiyasi» - teatrida qo‘yilgan asarlar taqrizlardan iborat. 1770 yil moddiy qiyinchilik gersoglk kutubxonasi mudiri bo‘lib ishlaydi. Yozuvchi 52 yoshida juda kambag‘allikda vafot etadi. Lessingning «Gamburg dramaturgiyasi» asari nemis maorifatchilar dasturiga aylandi. Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling