Jahon adabiyoti


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Download 0.76 Mb.
bet16/110
Sana19.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1710154
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110
Bog'liq
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:

        1. Qadimgi Sharq adabiyoti deganda qaysi adabiyot tushuniladi?

        2. Shumerlar adabiyotining o‘ziga xosligi nimalarda ko‘rinadi?

        3. “Bilgamish” dostoni mazmunini gapirib bering.

        4. Bobil va Akkad adabiyoti haqida tushuncha bering.

        5. Qadimgi Hind, Xitoy va Eron adabiyotlari haqida nimalarni bilasiz?

Asosiy adabiyotlar.

  1. Beruniy A. Hindiston. - T.: Fan, 1965.

  1. Panchatantra... – T.: “Yangi asr avlodi”, 2013.

  1. Ramayana T., 1978.

  1. Kalila va Dimna. T., G‘.G‘ulom nashriyoti. 2012.

  1. Avesto. T., G‘.G‘ulom. 2015.



Monografiyalar

  1. Frezer Dj.Dj. Folklor v Vetxom zavete.- M.,1990.

  1. Turdimov Sh. “Go‘ro‘g‘li” dostoninig genezisi va tadrijiy bosqichlari-T.:Fan, 2011.

Internet ma'lumotlari

  1. www. Lib.ru.

  1. www.litera.ru.

  1. www.Philologs.narod.ru.


5-MAVZU: ANTIK DAVR YuNON ADABIYoTI.
HOMeR DOSTONLARI


ReJA:

  1. Jug‘rofiya va xronologiya.

a) Ibtidoiy jamoa tuzumi va uning mafkurasi.
b) Quldorlik tuzumi va uning mafkurasi.

  1. Antik adabiyotning davrlarga bo‘linishi.

  2. Homer dostonlari, dostonlarning badiiy xususiyatlari.

Adabiyot xalq hayotining ko‘zgusidir. U o‘z o‘rnida xalq hayotiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Shuning uchun antik adabiyotni o‘rganishni uni yaratgan xalqlar hayotini o‘rganishdan boshlash kerak. Bu xalqlar qadimgi yunonlar va rimliklardir.


Qadimgi yunonlar Bolqon yarim orolining janubini, Egey dengizi orollarini va kichik Osiyo qirg‘oqlarini egallashgan. Qadimgi rimliklar esa avvaliga Rim atrofidagi kichik xududni, o‘rta Italiyani (Latsium), keyinchalik butun Italiyani, O‘rta yer dengizi davlatlarini, shu jumladan Yunonistonni, va nihoyat, yevropa va Old Osiyo davlatlarini egallashgan. Yunon adabiyotining ilk namunalari eramizdan avvalgi VIII asrga, rimliklarniki esa eramizdan avvalgi III asrga to‘g‘ri keladi. G‘arbiy Rim iperiyasining qulashi va Rim adabiyotining tugashi eramizning V asriga borib taqaladi.
Demak, antik adabiyotining boshlanishidan to o‘rta asr adabiyoti davrigacha qariyb 1200 yilni o‘z ichiga oladi.
Lotin tilidan olingan antuqus so‘zi «qadimgi» degan ma'noni anglatadi.
Ammo antik adabiyot deganda hind, fors, misr emas, balki, faqat qadimgi yevropa adabiyoti tushuniladi. Qadimgi Yunon va Rim adabiyoti ana shunday adabiyotdir.
Barchamizga ma'lumki, eng qadimiy tuzum bu ibtidoiy jamoa tuzimidir. Mana shu tuzum avvaliga og‘zaki, keyinchalik yozma ijod namunalarini yaratgan yunon xalqi hayotini belgilaydi. Bu jamiyatda hali davlatlar paydo bo‘lmagan, odamlar esa yaqin qarindosh-urug‘larning jamoasi shaklida yashagan. Bu tuzum O‘rta yer dengizi havzasida boshqa tuzum - quldorlik jamiyatiga eramizdan avvalgi ming yillikning I yarmida o‘tadi.
Qabilachilik tuzumida urug‘chilik aloqalari odamlar uchun eng yaqin va tushunarli bo‘lgan. Shuning uchun tabiat, dunyoga ham uneversal kosmik jamoa sifatida qaralgan.
Ularning nazarida quyosh, oy, yulduzlar, daryo, tog‘lar, va boshqalar bir-biri bilan o‘zaro urug‘chilik aloqalariga ega bo‘lgan. Buni biz mifologiya deb ataymiz. (Odamlarga xos aloqalarni butun tabiat va dunyoga ko‘chirilishi). Demak, mifologiya ibtidoiy jamoa va qabilachilik tuzumining mafkurasidir. U hukmronlik qilgan tuzumning ko‘zgusi sifatida dunyoga keldi.
Alohida nndivid bilan hisob-kitob qilmaydigan ibtidoiy jamoa tuzumi kattalashgan sari o‘z faoliyatini oqlamay qo‘yadi. Jamoa a'zolarini doimiy nazoratdan ozod qilish, quldorlikka asoslangan mehnat erkinligini berish afzalroq bo‘lib qoldi. Shu bilan birga quldorlik tuzumi alohida fan, sanoatni rivojlantiruvchi ijtimoiy qatlamni ozod qildi. Urug‘chilik avtoritetlaridan ozod bo‘lish, individual dunyoqarashning erkinligi yangi mafkurani yaratishga imkon yaratdi.
Endi mifologiya kishilarni qanoatlantirmas edi. Tabiatni ilmiy tahlil qilish (oddiy usulda) uchun dastlabki urinishlar paydo bo‘la boshladi.
Bu paytda insonning butunlayin erkinligi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas edi. Inson boshqa shaxs tomonidan boshqariladi. Moddiy boyliklarini ishlab chiqaruvchi kishi qul hisoblanadi. Mehnatni tashkil etuvchi esa quldordir. Tabiatga tirik jonzot deb qarash davom etdi. Lekin uni xudolar va yovuz kuchlar emas, balki qandaydir qonunlar boshqaradi deb tasavvur etishar edi. Bu eski mifologiyani tubdan yangilashga sabab bo‘ldi. Ammo mifologiya keyinchalik ham butunlay yo‘q bo‘lib ketmadi. U butun antik davr mobaynida badiiy obrazlar sifatida yashadi.
Shu bilan bir qatorda, insonning ichki dunyosida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Insonlarning ma'naviy ehtiyojlari bir-birlaridan farq qila boshladi. Ushbu yangi ijtimoiy-tarixiy tuzum va uning mafkurasi Yunonistonda miloddan avvalgi ming yillikning birinchi yarmida dunyoga keldi. Bu paytda yangi ijtimoiy-tarixiy tuzumni aks ettirvchi Yunon adabiyoti ham paydo bo‘ldi.
Yuqoridagi ikki ijtimoiy tuzum xarakteristikasidan kelib chiqib, antik adabiyotni quyidagi asosiy davrlarga bo‘lamiz:
1.Birinchi davr (sinfiy davrgacha yoki arxaik davr);

  1. Yunon adabiyotining antik davri. (er. av. V-IV asr)

  2. Ellinistik va Rim davridagi Yunon adabiyoti.

  3. Rim adabiyoti. Respublika davridagi Rim adabiyoti (er. av. III-I asr)

  4. Imperiya davri Rim adabiyoti. (eramizdan av. I asrdan eramizning V asrigacha)

Yunonlarning bizgacha yetib kelgan qadimgi yozma adabiyot namunasi «Iliada» va «Odisseya» dostonlaridir. Ularning muallifi Homer sanaladi. Bu yetuk asarlar uzoq yillar davomidagi rivojlanishning mahsuli ekanligiga shubha yo‘q. Ammo hyech qanday yozma asarlar bizgacha yetib kelmagan.


Antik davr olimlari, masalan Arastu Homergacha ham shoirlar bo‘lganligiga hyech shubha qilmagan. U paytlar haqida faqat mifologik xarakterdagi hikoyalar yetib kelgan xolos. Arxeologik qazishmalar natijasida qadimgi Yunoniston haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘ldik.
Arxeologik qazilmalar davomida Genrix Shliman (1822-1890) Miken yodgorliklarini topdi, natijada Miken madaniyati kashf etildi (1876). Shu bilan birgalikda, Shliman Qadimgi Troya shahri qoldiqlarini ham topdi.
«Iliada» va «Odisseya» ning yaratilish vaqti, sharoiti haqida ma'lumotlar saqlanmagan. Ana shu dostonlarning yaratilishi bilan bog‘liq jumboqlar, murakkkab va oxirgacha hal bo‘lmagan muammolar «Homer masalasini» keltirib chiqardi. Har ikkala doston syujeti ham yunonlarning Troya shahriga yurishi va Troya urushi haqidagi qahramonlik afsonalaridan olingan. Unga ko‘ra Troya shahzodasi Paris mehmondo‘st Sparta shohi Menelaydan bir talay boyliklari va go‘zal xotini yelenani o‘g‘irlab ketadi. Bundan g‘azablangan Menelay va akasi Agamemnon qo‘shini bilan Troyaga yurish qiladi. Ular 10 yil davomida natijasiz urish olib boradilar. Va nihoyat, hiyla bilan (yog‘och ot ichida) shaharga kirib Troyaga o‘t qo‘yadilar. yelena Menelayga qaytariladi. Ammo yunon qahramonliklarining uylariga qaytishi oson kechmaydi. Ana shu voqyealarning jamlanishi yunon mifologiyasining «Troya turkumi» ni tashkil etadi. Homer eposigacha Troya urushi haqidagi qissa avloddan-avlodga o‘tib, o‘zgarishlarga uchrab yetib kelgan.
Homer dostonlari og‘zaki xalq adabiyoti asosida yaratilgan epopeyaning klassik namunasidir. Ammo har ikkala doston folklor asarlarga xos oddiylik, soddalikdan ancha yuqori turadi.
Homer usuli realistik usul hisoblanadi, ammo bu oddiy, sodda realizmdir.
Agar ibtidoiy jamoa tuzumi xalq og‘zaki ijodi qahramonlari tussiz, bir qolipda tasvirlangan bo‘lsa, Homer o‘z dostonlarida keng miqyosidagi individual xarakterlar galereyasining yaratadi. Homerning qahramonlari qanchalik ko‘p bo‘lmasin, hyech qaysisi bir-birini takrorlamaydi, o‘ziga xos xarakterlari bilan ajralib turadi. (Axill va Odissey obrazlarining tasvirlanishi misol bo‘la oladi).
Homer detallarni tasvirlashga katta e'tibor beradi. Oddiy, jo‘n tasvirlashning usuli «Xronologik nomutanosiblik qonuni» deb ataladi. Dostonlarda ikkita bir vaqtda sodir bo‘lgan voqyea parallel holda emas, huddi birin-ketin bo‘layotgandek tasvirlanadi. Ya'ni, bir voqyea tasvirlangandan so‘ng, hikoyachi ortga qaytmaydi, ikkinchi voqyeaga o‘tadi, xuddi ikkinchi voqyea keyin bo‘lib o‘tganday tasavvur paydo bo‘ladi.
Asardagi voqyealar rivojida «Ilohiy kuchlar» katta rol o‘ynagan. Homer tasvirlagan xudolar uchun 2 ta vaziyat xarakterli hisoblanadi: 1)Homer xudolarni qadim yunonlar dinidagiga nisbatan insonlarga ancha yaqin qilib tasvirlagan; 2) Xudolar bir qancha salbiy xislatlarga ega: injiq, ayovsiz, bir-birlari bilan doim qupol muomalada bo‘ladilar;
«Oddiseya» dostoni Homerning birinchi dostonidan farq qiladi. «Iliada» qahramonlikni madh qiluvchi doston bo‘lsa, «Odisseya» maishiy xarakterga egadir. Dostonning asosini Itaka shohi Odisseyning Troya urushidan keyingi sarguzashtlari tashkil etadi. 10 yil davomida o‘z vataniga qayta olmay, dengiz to‘lqinlarida adashib, begona yurtlarda daydib yuradi. Doston keyinchalik antik davr olimlari tomonidan 24 bobga bo‘lingan.
Juda ko‘p joylarda bo‘lgan Odissey katta qiyinchiliklar bilan o‘z yurtiga qaytib keladi. O‘g‘li Telemax yordamida xotini Penelopaga uylanmoqchi bo‘lganlarni munosib jazolaydi.
Homerdan keyingi yaratilagn epik dostonlarning barchasi, ularning qanday afsonalarga asoslanganiga qarab ayrim turkumlarga ajratilgan. Turkum dostonlaridan bizgacha ayrim parchalargina yetib kelgan xolos. Qadimgi davrlarda «Troya turkumi» dostonlari keng tarqalgan.
«Troya turkumi» dostonlariga kiritilgan. «Kipriya» da Troya urushining sabablari haqida hikoya qilinadi. Unga ko‘ra yer Zevsga odamlar ko‘payib ketganligi haqida shikoyat qilgan, Oliy maobud o‘zining go‘zal qizi yelena yordamida insonlar o‘rtasida urush olovini yoqadi.
«Efipida» dostonida «Iliada» da tasvirlangan voqyealardan keyingi davr haqida hikoya qilinadi. «Kichik Iliada», «Iliadaning vayron bo‘lishi» dostonlarida esa Troya urushining oxiri bayon etiladi. «Qaytish» dostonida yunonlarning vatanlariga qaytishi tasvirlanadi. Masalan:

  1. Tila podshohi Nestor, yelena bilan Menelayning o‘z ona yurtlariga qaytishlari uchun bir necha yil kerak bo‘ladi;

  1. Axillning o‘g‘li Neoptolem Andromaxa bilan eson-omon Vataniga qaytadi;

  2. Agomemon asirasi Kassandra bilan yurtiga qaytgach, xotini Klamen va uning jazmani Egisf tomonidan o‘ldiriladi.

«Telegoni» Troya turkumidagi oxirgi doston bo‘lib, unda Odisseyning so‘nggi kunlari tasviralanadi. Itaka podshohining Kirdan tug‘ilgan o‘g‘li voyaga yetkach, otasini axtarib Itakaga keladi. Ota-bola bir-birlarini tanimay yakkama-yakka jangga chiqadilar, natijada Odissey o‘z o‘g‘li tomonidan o‘ldiriladi (Rustam va Suxrob singari).
Xalq dostonlarining muhim belgilaridan biri - ularning kuyga solib aytilishidir. Shoir bir xil maonodagi bir-biriga o‘xshash voqyealarni asar davomida bir necha bor takrorlaydi (Janglar, otlar yurishi, qurol-yarog‘ taorifi va b.). Olimlarning hisoblariga qaraganda, aynan yoki salgina o‘zgarish bilan takrorlanadigan misralar har ikkala dostonning uchdan bir qismini tashkil etadi. Baxshilar kuylashini hisobga olib shunday usuldan foydalanilgan bo‘lishi mumkin.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling