Jahon adabiyoti


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari


Download 1 Mb.
bet30/110
Sana26.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1723377
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110
Bog'liq
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:

  1. O‘rt asrlar adabiyoti qanday davrlarga bo‘linadi?

  1. Kelpt eposi qanday xususiyatlarga ega?

  2. Ritsarlik poeziyasining paydo bo‘lish asoslari va asosiy mavzusi?

  3. Ritsarlik romani qanday turlarga bo‘linadi?



Adabiyotlar:

  1. O.Qayumov. «Chet el adabiyoti» Toshkent 1979 yil.

  1. Borisova I.F. , Ermatov B.S. «O‘rta asrlar G‘arbiy Ovrupa adabiyotlari ravnaqining zamonaviy konsepsiyalari» Toshkent «Universitet» 1994 yil.

  2. F.Sulaymonova «Sharq va G‘arb» Toshkent «O‘zbekiston» 1997 yil.

  3. Smirnov A.A. «Srednevekovaya literatura» Ispaniya L., 1969 yil.

  4. Gyunter de Broyn. «Tristan va Izolda». Toshkent., «O‘zbekiston» 1994 yil.


MAVZU DAVOMI: O‘RTA ASRLAR ShARQ ADABIYoTI.
ReJA:

              1. O‘rta asrlar Sharq adabiyotining umumiy manzarasi.

              2. Sharq adabiyotda an'anaviylik hodisasi.

              3. Firdavsiy “Shohnoma”si.

              4. Nizomiydan “Xamsa”chilik (Jomiy, Dehlaviy, Navoiy) an'anasining boshlanishi.

              5. Rudakiy, Hofiz, Sa'diy, Xayyom she'riyati.

              6. Rumiy asarlari.

O‘rta asrlar Sharq adabiyoti o‘zining mahobati bilan ajralib turadi. Asosiy namoyandalari Firdavsiy, Nizomiy, Attor, Rumiy, Hofiz, Sa'diy, Umar Xayyom, Rudakiy, Jomiy, Dehlaviy kabi shoirlar bo‘lib, ularning ta'siri nafaqat Sharq xalqlari, balki dunyoning ko‘pgina ilg‘or mamlakatlari adabiyotiga qadar yetib borgan. Xususan, ulug‘ nemis shoiri Gyote Sharqning yetti ulkan shoirlari haqida juda baland fikrlarni bayon qilgan: Sharqning ulug‘ deb bilgan 7 shoiri bor, bu safga kirmaganlarning allaqanchasi ham mendan buyukroqdir, qabilidagi e'tirofini ko‘p eslashadi.. Yana jahon she'riyatida 7 yulduz bor, ularning bari Sharq shoirlaridir deydi. Pushkin Sharqdan, Qur'ondan ta'sirlanib she'rlar bitgan. Uning “Bulbul va gul” she'ri buning yorqin misolidir. She'rni ona tilimizga A. Cho‘lpon mohirona bir tarzda o‘girgan. She'rning xamirturishi yana Sharq shoiri Hofiz g‘azaliga borib taqaladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling