Jahon adabiyoti
Download 1 Mb.
|
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)
VIKTOR GYuGO (1902-1885).
Viktor Gyugo fransuz romantizmining eng yirik vakili hisoblanadi. Viktor Gyugo Bezonson shahrida ofitser oilasida tug‘ildi. Otasi Napaleon davrining generali, onasi esa aksincha, Burbonlar tarafdori edi. O‘zining birinchi sheorlarida burbonlarni madh etadi. 1827 yili birinchi dramasi «KROMVeLP» ni yaratadi. Va unga kengaytirilgan so‘z boshi yozadi. Ushbu so‘z boshi Fransuz romantizmining manifestiga aylandi. Romantik dramalar Gyugogacha ham yaratilgan. Klassitsizm hukmronligi davrida dramalar sahnalashtirilmagan. Ularni o‘qish uchun yozilgan dramalar deb atashar edi. Viktor Gyugo Shekspir tajribasidan foydalanib tragediya emas, romantik tarixiy drama yaratadi. (XVII asr Angliya burjuaziya revolyusiyasi va uning dahosi Kromvel haqida) U klassitsizm qonun qoidalaridan voz kechishga (vaqt, makon, harakat birligi, yuqori va quyi janrlar) chaqiradi. Viktor Gyugo Shekspir ijodini ana shunda qonun-qoidlardan holi deb biladi. 1831 y. «Parij Bibi Mariyam ibodatxonasi» romani yaratildi. Asar mavzusi XV asrdagi Fransiya tarixidan olingan. O‘rta asr ibodatxonasi ustunlaridan birida «Ananke» so‘zini o‘qidi. (taqdir, qismat degani) Yozuvchi bu so‘zga keng maono berdi. (Din anankesi, jamiyat anankesi va boshq). Ibodatxona ruhoniysi Klod Frollo - o‘z umrini din yo‘liga tikkan odam. U yoshi o‘tib qolgan bo‘lishiga qaramay Parij ko‘chalarida o‘yinga tushib tirikchilik o‘tkazuvchi lo‘li qiz Esmiraldani sevib qoladi. Qiz buni rad qiladi. Frollo kapitan Feb bilan Esmiraldani kuzatib yuradi. Qizni qirol armiyasi ofitseriga suiqasd qilishda ayblab, o‘limga hukm qiladilar. Uni jazolash uchun olib ketayotganda Kvazimodo uni ibodatxonaga olib ketadi. U qashshoq odamlar bilan ibodatxonada yashaydi. Frollo qizga o‘z sevgisini majburlab o‘tkazmoqchi bo‘ladi, ammo bu befoyda. U qizni jallodlar qo‘liga topshiradi. Qizni dorga osishadi. Kvazimoda Klod Frolloni o‘ldiradi. O‘zi ibodatxonani tark etib Esmiralda jasadi oldida jon beradi. Asardagi ibodatxona - o‘rta asrchalik, feodalizm, zulm adaolatsizlik maskani sifatida tasvirlangan. Viktor Gyugo 1862 « Ho‘rlanganlar», 1869 yili. «Kulgich odam», 1874 yili esa «93 yil» romanini yaratdi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling