Jahon agrar inqrozi va ikkinchi ilmiy-texnik inqilobi


Texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish


Download 458.49 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi458.49 Kb.
#216539
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 Jahon agrar inqrozi

Texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish


Xom ashyoni kimyoviy usullar bilan qayta ishlanishini ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga kirib borishi ITI uchun xarakterli hisoblandi. Mashinasozlik, elektrotexnika, tekstil' sanoati tarmoqlarida sintetik tolalar kimyosi keng qo‘llanila boshlandi.

ITIning eng katta yutug‘i kreking-jarayon hisoblanadi. Bunda yuqori bosim va issiqlik ta'sirida neft parchalanadi. Bu benzin ajratib olishni keskin oshirib yubordi.

Ikkinchi ITI yengil, poligrafiya va sanoatning boshqa tarmoqlarini takomillashtirish uchun ko‘pgina yangiliklarni joriy etdi.

Harbiy texnika.


Ikkinchi ITIda harbiy texnikadagi yutuqlar katta edi. Uning rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1) O‘qotar qurolni avtomatlashtirish.

2) Artilleriyani avtomatlashtirish.

3) Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish.

4) Havoda uchish va aviasiya vositalaridan keng foydalanish.

5) Yirik suv(osti)usti kemalarini yaratish.

O‘qotar qurolni avtomatlashtirish. Amerikalik muhandis X.Maksimning pulemyotlari ixtiro qilindi (1883) va qurollanish uchun qabul qilindi. Avtomalashtirilgan miltiqlarning bir necha turlari yaratildi.

Artilleriyani avtomatlashtirish. Birinchi jahon urushidan oldin va urush davomida yangi tezotar zambaraklar (yarimavtomat va avtomatik) yaratildi. To‘p otish uzoqligi 16-18 km.dan 120 km.gacha uzaydi.

Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish. Ularni ishlab chiqarish keskin oshib ketdi. Yangi ixtirolar (tutunsiz porox) amalga oshirildi, azot ishlab chiqarish (portlovchi moddalar uchun xom ashyo) rivojlantirildi.



Havoda uchish va aviasiya vositalaridan keng foydalanish. Samolyotlar faqatgina harbiy razvedkani amalga oshirmasdan, balki qiruvchi funksiyasini bajarardi. 1915 yil yozidan boshlab samolyotlarga pulemyotlar o‘rnatila boshlandi.
Download 458.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling