Jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050-yilda 70 foizga yaqinlashadi


Download 84.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.10.2023
Hajmi84.28 Kb.
#1717146
Bog'liq
Aqlli shahar” ma\'l



Jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050-yilda 70 
foizga yaqinlashadi 
Elektron 
hukumat markazining
 rasmiy telegram kanalida “Aqlli shahar” 
va uning qanday boʻlishi haqidagi fikr mulohazalar bayon qilindi. 
Unda taʼkidlanishicha, hozir Yer aholisining katta yarmi — shaharliklar 
tashkil qilib, jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050-yilda 70 
foizga 
yaqinlashadi. 
Megapolislardagi 
singari 
zamonaviy 
imkoniyatlardan mosuvo kam aholi yashovchi va olis hududlarni odamlar 
tark etish jarayoni tezlashib bormoqda. 
Chetdan aholining oqib kelishi shaharlarda transport tiqinlari, shahar 
xizmatlariga yuklanma, energiya resurslari isteʼmoli ortishi, 
ekologiyaning buzilishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. 
Mazkur tahliliy manbada Aqlli shahar nima oʻzi? degan savolga 
quyidagicha javob berilgan: 
“Oddiy tushuntirganda, aqlli shahar bu — axborot texnologiyalaridan 
foydalanish sharofati bilan, ham hukumat, ham aholi va tadbirkorlar 
nuqtai nazarida, infratuzilma va xizmatlarning samaradorligiga erishish. 
Hokimlik xotirjam — chunki barcha shahar xizmatlari vazifasini 
koʻngildagidek uddalayapti, tadbirkorlar mamnun — shahar 
infratuzilmasi yaxshiligidan biznes yurishmoqda, aholi baxtiyor — 
yashash qulay, barcha ehtiyojlar qondirilgan. 
Biroq soʻnggi yillarda, resurslar kamayib ketayotgani, ekologiya 
muammolari tanglashayotgani ortidan, “aqlli shahar” konsepsiyasi 
yanada kengaytirildi. Endi aqlli shahar deganda nafaqat 5G va sunʼiy 
intellekt kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, balki ular bilan 
yonma-yon oqilona loyihalashtirilgan zamonaviy transport, suv taʼminoti, 
isitish, yoritish, chiqindilarni olib ketish tizimlari ham tushuniladi. 
Koʻcha chirogʻi faqat mashina yoki piyoda oʻtayotganida yonadi, suv 
quvurlari yorilganida xabar kelmaydi, balki buzilishning oldi olinadi. Yuz 
foizlik “aqlli shahar”da hamma narsa oʻylangan va optimallashtirilgan 


boʻladi: turarjoy uyidagi barcha asbob-usukunalarning sinxronlashuvidan 
tortib, jamoat transporti yoʻnalishlarigacha, chiqindi tashuvchi mashinalar 
harakatidan tortib mahalliy hokimiyat muhim qarorlar qabul qilishida 
koʻmaklashuvchi IT-texnologiyalargacha” 
Shuningdek, aqlli shaharda quyidagi jihatlar koʻzga tashlanishi 
taʼkidlanadi: 
• 
“Xavfsiz shahar — Fuqarolarning shahar ichida samarali 
harakatlanishining yoʻlga qoʻyilishi. (aqlli yoʻllar, aqlli transport, 
aqlli parkovkalar). 
• 
Atrof-muhit muhofazasi — ifloslanish va koʻkalamzorlashtirish 
nazorati. 
• 
Aqlli kommunal xizmatlar — suv, energiya taʼminoti, chiqindilar. 
• 
Shahar boshqaruvida fuqarolarning faol ishtiroki — elektron 
hukumat. 
• 
Qulay elektron taʼlim va tibbiyot — telemeditsina, masofaviy 
taʼlim. 
• 
Kuchli aloqa vositalari va tahlil tizimi. 
• 
“Aqlli” boʻlishga intilayotgan jahon shaharlari yuqoridagi 
yoʻnalishlarda turlicha bosqichlarda rivojlanish yoʻllarini bosib 
oʻtgan” 
Qaysi texnologiyalar odatiy shahar hayotini “aqlli”ga aylantira oladi? 
Degan savolga quyidagicha javob beriladi: 
“Interesting Engineering nashrining fikricha, 7 ta asosiy axborot 
texnologiyasisiz Smart City tamoyilini toʻlaqonli amalga oshirish 
mumkin emas. Aynan ularning negizida yuqori texnologiyali kelajak 
shaharlari uchun ishlanmalar yaratilmoqda. 
Bular quyidagilar: 
— IoT (Narsalar interneti). Barcha asboblar va qurilmalar oʻzaro aloqada 
ishlashi va yuqori samara keltirishi uchun, ular uzatgichlar bilan 
jihozlanishi va bulutli servislar yordamida bir ekotizimga birlashtirilishi 
lozim. 


— Geolokatsiya. Shaharni rejalashtirishda va xizmatlar faoliyatida 
obyektlarning joylashgan oʻrni haqidagi maʼlumot juda muhim. 
Geokenglik texnologiyalari aynan shu maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil 
qiladi. 
— Robotlar. Robotlarning aholi turajoylari, ishxona va jamoat joylariga 
integratsiyalashuvi nafaqat odamlarni ogʻir va yoqimsiz mehnatdan xalos 
etadi, balki shahar infratuzilmasi va xizmatlari samaradorligini oshirib, 
xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. 
— XR-texnologiyalar. Virtual toʻldirilgan kenglik — toʻrtinchi sanoat 
inqilobining asosiy unsurlaridan biri. 2020-yildan boshlab, koronavirus 
pandemiyasi tufayli, bu texnologiyalar aqlli shaharni rivojlantirishning 
asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. XR texnologiyalar muammolarni 
masofadan turib (AR-koʻzoynaklar) hal etish yoki odamlarga muhim
biroq koʻnikmasi shakllanmagan narsalar (VR-trenajyorlar)ni oʻrgatish 
imkonini beradi. 
— Sunʼiy intellekt. Neyrotarmoqlarsiz aqlli shahar ishlab chiqaruvchi 
ulkan maʼlumotlar oqimini real vaqt tartibida tahlil qilish imkonsiz. 
Haydovchisiz jamoat transportining yoʻnalishini belgilash, avtomobil 
trafigi va elektr tarmogʻini intellektual boshqarish, dronlarda yetkazib 
berish xizmatlari va boshqalarni faoliyatini sunʼiy intellektsiz tasavvur 
ham qilib boʻlmaydi. Shahar “sogʻmi”, uning “hayotiy muhim aʼzolari” 
ishlayaptimi — bularni tushunishimizda neyrotarmoqlar beqiyos oʻrin 
tutadi. 
— 5G mobil tarmoqlari. 3G va 4G zamonaviy talablarga javob 
bermaydigan darajada eskirdi. Aqlli shahar ishlab chiqaruvchi ulkan 
maʼlumotlar oqimini tashishga bu mobil tarmoqlarning kuchi yetmaydi. 
Aqlli shahar toʻlaqonli ishlashi uchun faqat 5G-tarmoqlar kerak. 
— Blokcheyn. Butun tizimning shaffofligi uchun kerak. Vositachisiz 
tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi oʻzi bajariluvchi 
shartnomalar yoki smart-shartnomalarda foydalaniladi” 


Jahonning “eng aqlli” shaharlari: Singapur, Nyu-York, San-Fransisko, 
London, Syurix, Amsterdam, Kopengagen va Stokgolm. 

Download 84.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling