Jahon bankining logistika samaradorligi indeksi (lpi) reytingida logistik xizmatlar sifati va oʻz muddatliligi subindekslarining nazariy-uslubiy asoslari


- 2018 - yillarda Jahon bankining logistika reyting komponentlarida O’zbekistonning egallab turgan o’rinlari tahlili


Download 0.56 Mb.
bet10/20
Sana17.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1543412
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Reja - Jo\'rayev J.

2007 - 2018 - yillarda Jahon bankining logistika reyting komponentlarida O’zbekistonning egallab turgan o’rinlari tahlili.
O‘zbekiston Jahon bankining logistika reytingida 11 o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekiston Jahon bankining LPI indeksi - logistika samaradorligi bo‘yicha reytingida 118-o‘rinni egalladi, bu 2014 yilgi ko‘rsatkichga qaraganda 11 o‘ringa yuqoridir.
LPI indeksi mahsulotlarni yetkazib berish osonligi va milliy hamda xalqaro darajadagi savdo logistikasining holatini aks ettiradi. U, 6 omilga asosan tuzib chiqiladi: bojxona samaradorligi, infratuzilma sifati, xalqaro tashuvlarni amalga oshirishning soddaligi, logistika qamrovi, yuklarni kuzatish va yetkazib berish muddatiga rioya etish shular jumlasidan.
Bojxona bo‘yicha O‘zbekiston 114-o‘ringa munosib ko‘rilgan. Infratuzilma borasida – 91-, yuk tashishning soddaligi bo‘yicha –130-, qamrov ko‘rsatkichiga ko‘ra –116-, yuklarni kuzatishda – 143-, muddatga rioya qilish bo‘yicha – 114-o‘rindan joy egallagan.
Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida ikki yil ichida eng yuqori natijaga Litva erisha olgan. U avvalgi ko‘rsatkichdan 17 o‘ringa ko‘tarilgan. Armaniston esa, birdaniga 49 o‘rinni boy bergan. Tojikiston ham kuchli pastga tushib, oxirgi o‘nlikdan joy egallagan.
Jahon banki reytingiga ko‘ra, logistikasi eng rivojlangan davlat sifatida Germaniya tan olingan. Top-o‘nlikka shuningdek, Lyuksemburg, Shvetsiya, Niderlandiya, Singapur, Belgiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Honkong va AQSh joylashgan.
Suriya esa, logistika jihatidan eng yomon davlat sifatida qayd etilgan. Undan oldingi o‘rinlarni Haiti, Somali, Mavritaniya, Ekvatorial Gvineyasi, Serra-Leone, Lesoto, Tojikiston, Laos va Zimbabve egallagan.
Umuman, LPI indeksida dunyoning 160 mamlakatiga oid raqamlar keltirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki bilan strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
O‘zbekiston va Jahon banki guruhi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni, shuningdek, ushbu yetakchi xalqaro institutning mamlakatdagi islohotlar dasturini ilgari surishdagi faol ishtirokini kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida davlat rahbari Anna Berdeni yaqinda yangi lavozimga tayinlangani bilan qutladi va mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Amaliy hamkorlikning yuqori sur’ati va natijadorligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Keyingi yillarda qo‘shma loyihalar portfeli sezilarli darajada kengayib, 10 milliard dollardan oshdi. Bunda, 2017 yildan keyingi davrdagi moliyalashtirish hajmining yarmi oxirgi bir necha yilda ajratilgan. Bugun O‘zbekiston Bankning eng yirik benefitsiarlaridan biriga aylandi.

Vitse-prezident Jahon bankining mamlakatdagi ortga qaytmas islohotlar strategiyasini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi. Bank kambag‘allikka qarshi kurashish, tadbirkorlik loyihalarini rivojlantirish va moliyalashtirish strategiyasini ishlab chiqish, qishloq infratuzilmasi va o‘rta shaharlarni modernizatsiya qilish, xotin-qizlar bandligi va yoshlarning kasbiy ta’limi, 2030 yilga qadar sog‘liqni saqlash strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga faol ko‘maklashish niyatida.
Iqtisodiyotni karbonsizlashtirish va muqobil energetikani rivojlantirish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish sohasida master-rejalar, energetik samaradorlikni oshirish dasturi va favqulodda vaziyatlarda energotizimning barqaror ishlash rejimini ishlab chiqish, gidroenergetika loyihalariga ekspertlar ko‘magini va moliyalashtirishni jalb qilish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

O‘zbekistonning iqlim o‘zgarishlari va taraqqiyoti bo‘yicha mamlakat hisobotini muhokama qilishga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirning yakunlari yuksak baholandi. Budjetni qo‘llab-quvvatlash, yer islohoti, qishloq va suv xo‘jaligini moliyalashtirish samaradorligini oshirish hamda davlat banklari va korxonalarini xususiylashtirish dasturini jadallashtirish borasidagi amaliy ishlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Islohotlar va ustuvor loyihalarni ilgari surish uchun Jahon bankining “Mamlakat platformasi” imkoniyatlaridan keng foydalanilishi ta’kidlandi. Bank Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan strategik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishi muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi. Ustuvor loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni tezlashtirish yuzasidan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling