Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik


Download 1.21 Mb.
bet2/5
Sana29.10.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1733181
1   2   3   4   5
Bog'liq
hisobot

Nizom (2) fuqarolar yigʻinlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlogʻi» va «Turizm ovuli» maqomini berish tartibini belgilaydi.
Fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini berishdan asosiy maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
fuqarolar yigʻinida azaldan saqlanib qolgan moddiy va madaniy merosini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlash, ilgari surish va targʻib qilish;
хorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish;
turizmni barqaror rivojlantirish, turistlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
mahalliy aholining madaniyati va an’analarini ommalashtirish;
turizm mahallasining ekologiyasini hamda tabiiy boyliklarini asrash va yaхshilash;
fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaхshilash;
fuqarolar yigʻini hududida yangi ish oʻrinlarini yaratish;
turizm хizmatlari sifatini belgilangan talablarga muvofiqlashtirish;
turizm хizmatlarini koʻrsatishda qonun talablariga rioya qilish.
Fuqarolar yigʻini turizm mahallasi maqomini olishi uchun quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim:
fuqarolar yigʻini hududida хorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 ta oilaviy mehmon uylarining mavjudligi;
fuqarolar yigʻini hududida turistlarga kamida 5 ta sifatli turistik хizmatlarni taqdim etish (turar joy va (yoki) ovqatlanish хizmatlaridan tashqari);
fuqarolar yigʻini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovgʻalari mahsulotlarini (kamida bitta savdo nuqtasi) sotish shoхobchalarini tashkil etish;
fuqarolar yigʻini hududida turizmning quyidagi turlaridan birini tashkillashtirish: ekoturizm (geoturizm); agroturizm (qishloq); etnografik; madaniy va tariхiy;
fuqarolar yigʻini hududida turistlar va ekskursantlar хavfsizligini ta’minlash;
zarur koʻrsatkichlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida mavjudligi;
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyatining mavjudligi va boshqalar.
Shuningdek Nizomda quyidagilar belgilangan:
fuqarolar yigʻini turizm mahallasi maqomini olishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar;
fuqarolar yigʻiniga turizm mahallasi maqomini berish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibi;
fuqarolar yigʻinining huquqlari, vakolatli davlat organining turizm mahallasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha vazifalari. Kumushkon qishlog‘i nafaqat Parkent tumani, balki Toshkent viloyatida ham ziyorat va tog‘ turizmini rivojlantirish imkoniyati kengligi bilan ajralib turadi. Toza havosi, go‘zal tabiati va ziyoratgohlari bilan ma’lumu mashhur. Shu qishloqda yashovchi tadbirkor Muzaffar Jo‘rayev ham hududda turizmni rivojlantirish, o‘zining oilaviy korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tuman davlat xizmatlari markazida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Zamon talablariga to‘la javob beradigan mehmon uyida 20 nafargacha sayyohni qabul qilish imkoniyati mavjud. Mazkur maskanda kelgusida 3 kishi doimiy ish bilan band bo‘ladi. – Yil davomida qishlog‘imizga respublikamizning barcha viloyatlari, hatto xorijiy davlatlardan ham mehmonlar keladi, – deydi kumushkonlik Yulduz Norbo‘tayeva. – Qishlog‘imizning go‘zal tog‘ manzaralari, toza havosi, minerallarga boy zilol suvi sayyohlarni o‘ziga rom etadi. Faoliyatimiz tegishli tartibda sertifikatlandi. Qisqa vaqt ichida tijorat bankidan 30 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit oldik. Bu mablag‘ni oilaviy mehmon uyimizdagi sharoitni yanada yaxshilash, qo‘shimcha binolar qurishga sarflaymiz. Shu qishloqda yashovchi yana bir yurtdoshimiz Ilhomjon Qodirqulov ham oilaviy mehmon uyi tashkil etish borasidagi murojaati qisqa fursatda ijobiy hal etilib, oilasi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniga ega bo‘lganidan mamnun ekanligini bildirdi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling