Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik
Download 1.21 Mb.
|
hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUMUSHKON SAHOVATI’’ turistik meh mon xona uyini tashkil etilishi tarixi.
- 150 ming so‘m
- Nizomda (1)
KIRISH Bugungi kunda O’zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilmoqda va ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va o’zbek xalqining turmushfarovonligini oshirish ko’rsatkichidir. Turizm O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiva o’sishida muhim o’rin tutadi va keyingi yillarda Turizmning boshqa sohalari qatorimamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunga kelib, dunyoda ibodat va ziyoratgohlarni o’rganishga qiziqish kuchaygan, chunki muqaddas joylar insonlar kundalik hayotining ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu Milliy Turizmdir, dedi O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, - O’zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega davlatdir. Mamlakatimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning o’ziga xos tabiati, go’zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi sayyohlik yo’nalishlarini ochish mumkin (O’zbekiston respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2018-yil) Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik ma’rifiy, etnografik, gastronomik, turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu munosabat bilan biz davlat va xususiy sheriklik munosabatlarini qo’llash sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz kerak. Samarqand, Buxoro, Xorazim, Surxondaryo va Toshkentdagi muqaddas qadamjolarni va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “Kichik haj” dasturini ishlab chiqish va tezlashtirish zarur. Shuningdek, ichki turizm sohasida keng ko’lamli imkoniyatlarni to’liq ishga tushirish zarur (O’zbekiston respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2018-yil). Turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha. U daromadliligi bo’yicha dunyoda uchinchi o’rinda turadi. Yana bir muhim tomoni, kam xarajat bilan ko’p ish o’rinlari yaratish imkonini beradi.Mamlakatimizda bu soha izchil rivojlanmoqda. Jumladan, 2022 yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravar oshgan. Soha eksporti 1 milliard 600 million dollarni tashkil etgan. Ichki turizm dasturlari doirasida 11 milliondan ziyod aholi sayohat qilgan. Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani natijasida u erga qo’shimcha 2 million sayyoh kelgan. Aslida mamlakatimizda bu sohadagi salohiyat bundan ancha yuqori. Yurtimizga kelmoqchi bo’lgan sayyohlar juda ko’p. Lekin, ularni qiziqtiradigan joylar haqida kontent kam, turistlarni 4-5 kun olib qoladigan dasturlar etishmaydi. Samolyot va poezdga biletni bir necha oy oldindan sotib olishda noaniqliklar ko’p. Yig’ilishda soha rivojiga to’siq bo’layotgan shu kabi muammolar tanqidiy tahlil qilinib, muhim chora-tadbirlar belgilandi. Ma’lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenirlargacha bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning ma’lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kichik va xususiy biznes korxonalariga o‘z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yo‘l ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va xususiy korxonalar turistlar uchun zarur bo‘lgan yotoqxona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati korxonalari shampun, sovun va dezodorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an’anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi sezilarli darajada emas. Ma’lumki, mamlakatga tashrif buyuradigan turistlar oddiy taomdan boshlab qimmatbaho suvenirlargacha bo‘lgan mahsulot va xizmatlarning ma’lum miqdoriga talab bildirishadi. Bu tabiiy ravishda, mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan kichik va xususiy biznes korxonalariga o‘z imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun yo‘l ochadi. Fermerlar turistlar istiqomat qiladigan mehmonxonalarda toza mahsulotlarni yetishtirib turishadi, to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va xususiy korxonalar turistlar uchun zarur bo‘lgan yotoqxona jihozlari, xalatlar va boshqa shu kabilarni ishlab chiqishadi, kosmetika sanoati korxonalari shampun, sovun va dezodorantlarni ishlab chiqarishadi. Hunarmandchilik ustaxonalari va an’anaviy milliy mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar ham turistlar uchun buyurtmalar tayyorlashadi. Umuman olganda, hozirgi kunda respublika turizm sanoatida xususiy turistik korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi sezilarli darajada emas. ‘‘KUMUSHKON SAHOVATI’’ turistik mehmonxona uyini tashkil etilishi tarixi. O'zbekistonda "mehmonxona" yoki "mehmonxona" deb ham ataladigan turistik mehmon uylari uzoq tarixga ega. Ular asrlar davomida mamlakatga tashrif buyurgan sayohatchilar uchun an'anaviy turar joy shakli bo'lib kelgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati turistik joylashtirishning ushbu turini targ‘ib qilish va rivojlantirish choralarini ko‘rdi. O'tmishda mehmon uylari asosan qishloq joylarda joylashgan bo'lib, u erda mahalliy oilalar sayohatchilarni o'z uylarida kutib olishadi va ularni yashash joyi bilan ta'minlaydilar. Bu mehmon uylari sayyohlar uchun o‘zbek madaniyati va mehmondo‘stligi bilan bevosita tanishish uchun noyob imkoniyat yaratdi. 2000-yillarning boshlarida, Oʻzbekistonda turizmning oʻsishi bilan birga, hukumat tashrif buyuruvchilar soni ortib borayotganini qabul qilishning bir usuli sifatida mehmon uylarining imkoniyatlarini tan oldi. Mamlakat bo‘ylab mehmon uylarining sifati va standartlarini oshirish bo‘yicha turli tashabbuslar boshlandi. 2018 yilda O‘zbekiston hukumati mehmon uylari faoliyatini tartibga solish va ularning rivojlanishini rag‘batlantirish maqsadida yangi qonunni kiritdi. Ushbu qonun mehmon uylari qulaylik, xavfsizlik va gigiyena boʻyicha muayyan standartlarga javob berishini taʼminlashga qaratilgan. O'shandan beri O'zbekistonda mehmon uylari soni muttasil ortib bormoqda. Hozirda ko‘plab mehmon uylari Samarqand, Buxoro, Xiva kabi sayyohlik mashxur yo‘nalishlari hamda qishloq joylarda joylashgan. Bu mehmon uylarida qulay xonalar, anʼanaviy oʻzbek taomlari va madaniy tadbirlar kabi turli qulayliklar mavjud. Umuman olganda, Oʻzbekistondagi turistik mehmon uylari tarixi mamlakatning barqaror turizmni rivojlantirish va uning boy madaniy merosini asrab-avaylashga boʻlgan intilishini aks ettiradi. Bugungi kunda mehmon uylari O‘zbekistonda haqiqiy va hayratlanarli tajribani izlayotgan sayohatchilar uchun mashhur tanlov bo‘lib qolmoqda. Shu jumladan Kumushkon – bu mahalliy davolanish maskani va ko‘plab sayyohlar uchun ommabop dam olish joyidir. Tog‘ning toza havosi, billurdek shaffof ko‘llar va daryolar – bular hududni maqtash mumkin bo‘lgan sabablarning hali hammasi emas. Bu yerda to‘laqonli dam olish uchun hamma narsa – hudud xalq amaliy san‘atining eng yaxshi vakillari va agroturizm majmualari faoliyat ko‘rsatadigan infratuzilma, mehmonxona majmualari, mehmonlar uchun uylar, madaniyat uylari, milliy taomlar restoranlari, ijod uylari mavjud. ‘‘Kumushkon sahovaati’’ turistik mehmon uyi 2017-yil 31-martda tashkil etilgan. Turistik mehmon uyi faoliyatini bundan avval boshlagan ya’ni 2010-yildan lekin davlat tomonidan ro’yxatga olinishi 2017-yilda amalga oshirilgan. Turistik mehmon uyi Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon ko’chasi 33-uyda joylashgan. Turistik mehmon uyi boshlang’ich investitsiyasi 2mln so’mni tashkil qiladi. Boshlanishida 5-6ta tapchan bilan boshlangan bu biznes hozirda Kumushkondagi eng kata turistik uyi hisoblanadi. Va hozirada 3ta kata turistik mehmonhonalar tarmog’ini o’z ichiga oladi. Turistik mehmon uyi asoschisi va hozirgi raxbari G’iyosov Hasan Nematullo o’g’li hisoblanadi. Amaliyot davomida Mehmonhona raxbari bilan juda ko’ suhbatlatar amalga oshirdik va ko’plab suhbatlar amalga oshirdik. Ularning birida mehmon uyini rivojlantirish to’g’risida; ‘‘Bir kishi uchun xonaning narxi — kuniga 150 ming so‘mdan, oila uchun esa 300 ming so‘mdan boshlanadi. Bu summaga faqat nonushtani kiritganmiz, boshqa xizmatlarni joriy etishni hozircha rejalashtirmayapmiz: tushlik va kechki ovqat tayyorlash uchun vaqt va qulaylik yo‘q, kichik restoran barpo etishga joyimiz yetmaydi. Kelajakda, agar moliyaviy imkoniyat bo‘lsa, transport xizmati kiritishni — shahar bo‘ylab ekskursiya yoki Samarqandga sayohatga olib borishni, shu bilan birga agar mehmon uzoq muddatga kelgan bo‘lsa, yashash narxidan chegirma qilishni rejalashtiryapman.’’ deb o’tdi . Har bir Turistik mehmon uylarini rivojlantirishda eng asosiysi — O‘zbekiston ruhini yo‘qotmaslik. Mehmonlarimiz aynan oddiy o‘zbek oilasi qanday yashashini his qilishni xohlaydi. Shuning uchun hech narsadan nusha olishning hojati yo‘q va ularga qulay sharoitlar yaratib berish muhimdir.Mehmonlar uylari shunisi bilan afzalki, har bir mehmon mezbon e’tiborida bo‘ladi, yirik mehmonxonalar sohiblari esa ular bilan muloqotda bo‘la olmaydi. Agar ma’mur sizga 10−15 daqiqa vaqt ajratsa ham bu katta gap. Bu yerda esa uy egasi va sohibasi har bir mehmon bilan sidqidildan suhbatlashadi, mamlakatimiz haqida hikoya qiladi, qayerga borish, nimalarni ko‘rish haqida maslahatlar beradi. Va sohani rivoji uchun juda kata e’tibor berilyapdi. Parkent tumanining “Kumushkon” mahalla fuqarolar yigʻini (MFY) hududida zarur infratuzilmani barpo etish, oilaviy mehmon uylari faoliyati va qoʻshimcha turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyish hamda mahalliy aholini turizm sohasidagi tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Kumushkon” turizm qishlogʻini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif maʼqullandi. . Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan “Kumushkon” MFY hududida turizm qishlogʻini tashkil etishga oid chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. “Vazirlar Mahkamasida ilk bor shunday mazmundagi qaror tayyorlanib, u turistik qishloq, turistik mahalla konsepsiyasini rivojlantirish nuqtayi nazaridan masalaga tizimli ravishda yondashishga yoʻnaltirildi. Bugunga kelib bu kabi ishlar qator viloyatlarda amalga oshirilmoqda – aholi bilan suhbatlar oʻtkazilib, yangi turistik xizmatlar, sayyohlar uchun mehmon uylarini tashkil etish evaziga yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi daromadlarini koʻpaytirish haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuni alohida taʼkidlashimiz lozimki, Konsepsiyani rivojlantirish va ilgari surishda nafaqat turizm, balki ijtimoiy masalalarni yechishni ham oʻz oldimizga asosiy maqsad qilib belgilab olganmiz. Kelgusida bunday turistik qishloqlarni yanada koʻpaytirish rejalashtirilgan va bunda “Kumushkon” boshqa turistik qishloq hamda mahallalarni yaratishda namuna boʻlib xizmat qiladi”, — deydi Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov qarorga izoh berar ekan. Hujjatga muvofiq, hududda avtomobil yoʻllarini asfalt qilish, ichki koʻchalarni tekislash va shagʻal yotqizish, yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish, gulzorlar tashkil qilish, tungi yoritgichlarni oʻrnatish, elektr tarmoqlari va gaz quvurlarini taʼmirlash, chiqindi yigʻish punktlarini qurish, yakka tartibdagi uy-joylar fasadini taʼmirlash kabilar koʻzda tutilgan. Chora-tadbirlar rejasiga koʻra, 2020-yilda “Kumushkon” MFYdagi 10 xonadon vakillarini jalb qilgan holda, Sanʼatkorlar koʻchasi tashkil qilinadi, musiqa cholgʻu-asboblari bilan taʼminlanadi. Shuningdek, milliy sanʼat va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun maxsus sahna quriladi. Bundan avval Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi sayti hamda qator nashrlarda Toshkent viloyati Parkent tumani Kumushkon MFY hududida turizm qishlogʻini tashkil etishga doir loyihaga start berilgani haqida xabar berilgan edi. Shunisi diqqatga sazovorki, “Kumushkon” MFYda alohida yoʻnalishlar boʻyicha — etnoqishloq, milliy taomlar qishlogʻi, hunarmandlar qishlogʻi, sanʼatkorlar qishlogʻi hamda agroturizm qishlogʻini yaratish koʻzda tutilgan. Shu bilan birga, bu yerda mehmon uylari, xalq kutubxonasi, yoshlar ijodiyot markazi, xalq oʻyinlari va sport namoyishlari maydonchasi, oʻtovlar shaharchasi, turizm axborot markazlari, suvenirlar hamda hunarmandchilik mahsulotlari doʻkoni, zamonaviy sanitarik-gigiyenik shoxobchalar, sayyohlar uchun tibbiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, sunʼiy sharsharalar hamda 7 mavsumiy dam olish maskanini tashkil etish kabi koʻplab tadbirlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, “Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori doirasida Toshkent viloyatida “Oltin halqa” konsepsiyasini amalga oshirilishi ham belgilab berildi. Qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Hujjat bilan 45 investitsiya loyihasi amalga oshiriladi, 1523 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. ‘‘KUMUSHKON SAHOVATI’’ turistik mehmonxonasida o’tagan amaliyotimiz davomida ham bu qilinayotgan o’zgarishlarni amaliyotda ham o’z ko’zimiz bilan ko’rdik. Turistik mehmon uyi dam oluvchilar bilan birga ziyoratchilarni ham o’z bag’riga o’z xizmatlarini takli qila oladi. Turistik mehmon uyining boshqaruv tizimi quyidagicha tashkil etigan; Korxona raxbari---Menejerlar---Buxgalter---Gidlar---Xizmat ko’rsatuvchilar---Xaydovchilar---Oshpazlar---Xona nazoratchilarini o’z ichiga oladi. Turistik korxonani tashkil etishda Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 433-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi: Turistik хizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya ob’yektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1); Fuqarolar yigʻinlariga «Turizm mahallasi», «Turizm qishlogʻi» va «Turizm ovuli» maqomini berish toʻgʻrisidagi nizom asosida tashkil etigan. Nizomda (1) nazarda tutilmagan turistik хizmatlarning alohida turlari, shu jumladan umumiy ovqatlanish tashkilotlari (restoranlar) хizmatlari, turistlarga koʻrsatiladigan transport хizmatlari iхtiyoriy asosda sertifikatlashtiriladi. Turoperator, joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj хizmatlari boʻyicha turizm faoliyati faqat belgilangan tartibda tegishli sertifikatlar olingandan keyin va ularning amal qilish muddati davomida amalga oshirilishi mumkin. Sertifikatning amal qilish muddati, berilgan sertifikatni har yili inspeksiya nazoratini oʻtkazgan holda uch yildan iboratdir. Sertifikatning asl nusхasi bevosita sertifikatlashtirish ob’yektida turadi va u uchinchi shaхslarga berilmaydi. Amaldagi sertifikatsiz turoperatorlik, joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj хizmatlari boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.Sanab oʻtilgan хizmatlarni sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek sertifikatlashtirilgan хizmatlarning standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligining inspeksiya nazoratini oʻtkazish Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi «Turizm хizmatlarini sertifikatlash markazi» DUK (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tomonidan amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish Nizomga 1-ilovada keltirilgan sхema boʻyicha amalga oshiriladi. Oilaviy mehmon uylari va хostellar хizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, ularni oʻrganish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu ob’yektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oilaviy mehmon uylari va хostellar yagona reyestriga kiritiladi. Sertifikatlashtirish uchun ariza beruvchi Markazga elektron shaklda Markazning rasmiy veb-sayti orqali ariza va unga ilova qilingan hujjat va ma’lumotlarni yuboradi. Nizomda turoperatorlik, joylashtirish vositasi, togʻ changʻisi trassalari va plyaj хizmatlarini sertifikatlashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati, shuningdek sertifikatlashtirish tartibi koʻrsatilgan. Ariza beruvchi oʻzining turistik industriya ob’yektlariga toifa berilishiga da’vogar boʻlsa, tu toʻgʻrida arizada koʻrsatib oʻtilishi kerak. Turistik industriya ob’yektlarini baholash vaqtida komissiya ushbu ob’yektni tasniflash tizimiga binoan uning tegishli toifaga muvofiqligini aniqlaydi. Mehmonхonalar toifalari yulduzlar koʻrinishidagi belgi bilan belgilanadi va beshta toifa boʻyicha tasniflanadi. Oliy toifa – besh yulduz, eng past toifa – bitta yulduz. Togʻ changʻisi trassalari toʻrtta toifa boʻyicha tasniflanadi: yashil rang – oʻrganuvchilar uchun; koʻk rang – murakkablikning quyi darajasi; qizil rang – murakkablikning oʻrta darajasi; qora rang – murakkablikning yuqori darajasi. Plyajlar uchta toifaga tasniflanadi: koʻk bayroq – I toifadagi plyaj uchun; yashil bayroq – II toifadagi plyaj uchun; sariq bayroq – III toifadagi plyaj uchun. Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan: sertifikatlashtirish natijalari boʻyicha qarorlar qabul qilish tartibi; sertifikat berish tartibi; koʻrsatilayotgan хizmatlar roʻyхatini kengaytirish va qisqartirish boʻyicha sertifikatlashtirish tartibi; sertifikatlashtirish ob’yektining inspeksiya nazorati tartibi; yashirin baholash tartibi; sertifikatni qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish tartibi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling