Jahon dinlari: buddaviylik va xristianlik


Download 0.51 Mb.
bet8/11
Sana17.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1204753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jahon dinlari. shuhrat

Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so’ng uch kun o’tib qayta tirilganligi haqidagi aqida keladi. Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so’z yuritiladi. Ettinchi qismda Isoning nuzuli (ikkinchi marotaba erga qaytishi) haqida so’z yuritiladi. Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir. To’qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida. O’n birinchi qism o’lganlarning ommaviy tirilishi haqida. O’n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so’z yuritiladi. Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo Avgustinning ta`limoti katta rol oynadi. Beshinchi asr bo’sag’asida u dinning bilimdan afzal ekanligini targ’ib qila boshladi. Uning ta`limotiga ko’ra, borliq inson aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug’ va qudratli Yaratuvchining irodasi yashiringan. Avgustinning taqdir haqidagi ta`limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan har bir kishi najot topganlar safidan o’rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir taqozosidir.

Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida etakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi Fetiy orasida uzil-kesil ajralish roy berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida royobga chiqdi va shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviening kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u erdagi hukmron din edi. Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi etti butxona Soborlarining qarorlari, Shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov xodimlarining asarlari ushbu oqim ta`limotining asosi deb tan olingan.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling