Jahon dinlari: buddaviylik va xristianlik


Download 0.51 Mb.
bet1/11
Sana17.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1204753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jahon dinlari. shuhrat

Jahon dinlari: buddaviylik va xristianlik.

  • Buddizm dinining vujudga kelishi va bu din asoschisining shaxsi.
  • Buddizm dinining urf-odatlari va aqidalari, mazhablari. Muqaddas kitob “Tripitaka” haqida tushuncha.
  • Xristianlikning paydo bo’lishi. Uning yo’nalishlari. Provaslovchilik, katolikchilik, protestanchilik.
  • Xristianlikning ta‘limoti. Uning muqaddas kitobi “Bibliya” urf-odatlari hozirgi sharoitda dunyoda tutgan o’rni.

Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e`tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri- Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kombodje, Birma, Tayland, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit`alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya, Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e`tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga e`tiqod qiluvchilar soni qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo’lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir. Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta`limot sifatida vujudga kelib, unda ko’plab qonuniy manbalar va ko’p sonli diniy yo’nalishlar mavjuddir.

Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib ketishining sababi uning turli milliy va diniy an`analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, dniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi. Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to’plami yoki hayot tarzi deb baholash mumkin. Hozirgi buddaviylikka e`tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta`limotini o’rganish u erdagi siyosiy-iqtisodiy, ma`naviy madaniyatini tuShunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an`analari buddaviylikka e`tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko’ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddaviylikning potentsial kuchi yotadi. Buddaviylik asoschisining shaxsi. Buddaviylik asoschisi haqiqiy tarixiy shaxsdir. Bu ko’plab buddaviylik bilan Shug’ullangan tadqiqotchi olimlar bizgacha etib kelgan manbalar asosida isbot qilganlar. Buddaviylik asoschisi haqida xabar beruvchi folklor va badiiy adabiyotlar uni Siddxarta, Gautama, Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djipa, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etadilar.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling