Jahon dinlari: buddaviylik va xristianlik


Download 0.51 Mb.
bet4/11
Sana17.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1204753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jahon dinlari. shuhrat

Lamaizm Buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u tibet tilida «lama» – «eng ulug‘» degan ma’noni anglatadi. Mazkur diniy yo‘nalish rahbari Shu nom bilan – lama deb ataladi. Lamaizm Tibetda VII – XIV asrlarda tibetliklarning qadimiy dini Bon-Po (shamanizmning bir turi) unsurlarini qabul qilgan Maxayana va Tantrizm asosida vujudga kelgan bo‘lib, hozirda tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. U bir necha firqa va mazhablarga bo‘linadi. Lamaizm XVI asr oxiridan mo‘g‘ullar, XVI asr boshlaridan Rossiya hududida yashovchi buryatlar, tuvaliklar va qalmiqlar orasida ham tarqaldi. Buddaviylikning barcha aqidalarini qabul qilgan lamaizmda inson faqat lamalar yordamida najot topadi. Lamalarsiz nirvanaga etishish u yoqda tursin, kishi bu dunyoga qaytib kelishda ham hech narsaga erisha olmaydi, deb ta’kidlanadi. Lamaizm yo‘nalishining oliy diniy rahnamosi Dalay-Lama sanaladi. U tug‘ilgan mavjudotlarning eng ulug‘i, bodxisatva Avalakiteshvaraning yerdagi ko‘rinishi, tirik xudo hisoblanadi. Dalay – tibet tilida «dengiz» ma’nosini anglatadi. Dalay-Lama «dengizdek ulug‘ lama» deganidir. Bu unvon 1391 yilda joriy qilingan. Birinchi Dalay-Lama Binduidub (1391-1475) bo‘lgan. Hozirgi kunda Dalay-Lama XIV Lozondantzenjanso-Igvant hisoblanadi.

Buddaviylik manbalari. Buddaviylik ta`limotibir qator devon shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki Tipitaka) - uch savat ma`nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganligi uchun Shunday nom bilan atalgan. buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari (sutta-pitaka), rahboniylik axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari (vinaya-pitaka), buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga bag’ishlangan abxidxarma matnlari(abxidxarma-pitaka)dan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling