Jahon dinlari: buddaviylik va xristianlik


Download 0.51 Mb.
bet9/11
Sana17.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1204753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Jahon dinlari. shuhrat

Katolik oqimi. Xristianlikning yirik yo’nalishlaridan biri katoliklardir. U Evropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo’lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi. Katolitsizm umumiy, dunyoviy degan ma`nolarni ifodalaydi. Uning manbai - uncha katta bo’lmagan Rim Xristian jamoasi bo’lib, rivoyatilarga ko’ra uning birinchi Episkopi apostol Petr bo’lgan. Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi, chunki ular uylanmaslik haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sohtalashtirilgan ko’rinishga ega, diniy o’qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. provslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig’inish odatlari mavjuddir. Katolitsizm xristianlikning yo’nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta`limot, sig’inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan ajralib turadi. Katolik diniy ta`limotning asosini Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq Pravoslav cherkovidan farqli o’laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi etti Butun Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bo’lib o’tgan barcha Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham hisoblaydi.

Protestantizm dini. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) boshlanadi. U birinchi bo’lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra, insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi. Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga cherkovning vositasisiz, bevosita in`om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy e`tiqodi va Isoning vositasi orqali roy beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi. Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. Birinchi to’rt tezisda, Lyuter ta`kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, birgina xatti-harakat bilan royobga chiqmaydi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling