Jahon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi


Download 3.59 Kb.
Sana28.07.2023
Hajmi3.59 Kb.
#1663332
Bog'liq
Jahon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi-azkurs.org


Jahon dinlari ibodatxonalari arxitekturasi

JAHON DINLARI IBODATXONALARI ARXITEKTURASI

Xasan II ning masjidi, Kasablanka, Marokash


  • Masjidning qurilish ishlari 1993-yilda yakunlangan bo‘lib, uni qurish uchun 800 million dollar mablag‘ sarflangan. Barcha pullar ehsonlar hisobiga yig‘ilgan. Masjidning balandligi 210 metr. Inshoot “Mavritaniya” me’moriy uslubi an’analariga rioya qilingan holda qurilgan. Bir vaqtning o’zida 25000 kishini o’z bag’riga sig’dira oladigan masjidni, Fransuz arxitektori Mishel Pinso loyihalashtirgan.

ZUMRAD IBODATXONASI. TAILAND, BANGKOK


  • Buddizm markazlaridan biri bo’lmish Tailand, o’zining ko’p asrlik tarixi bilan birga, diniy arxitekturaviy an’analariga ega. Chiang May provinsiyasidan 15 km g’arbda joylashgan. Uning Taicha nomi “Vat Pratxat Doi Sutxep”. Inshoot markazida 20 metrli ulkan oltin tusli minora joylashgan

PYOTR SOBORI. VATIKAN.


  • Sobor 1506-1626 yillarda qurilgan. Inshoot kafedral sobor hisoblanadi. “BAROKKO” arxitekturaviy usulda bunyod etilgan. Balandligi 136,6 metrni tashkil etadi. Yevropaning mashxur arxitektorlari : Mikelanjelo, Bernardo, Rafael Santi, Jakomo, Rosselino, Sangallo, Perutsiy va boshqalar.

Shayx Zayd masjidi, Abu-Dabi, BAA


  • Shayx Zayd masjidi ulkan tort misoli bo‘lib, nozik va nafis minora bilan bezatilgan. Masjidga o‘rnatilgan eng katta qandil, eng katta gilam va marmar mozaikasi o‘ziga xos rekordni qayd etgan. Gumbazlari soni 82 ta bo’lgan masjid, 40000 odamni o’z bag’riga sig’diradi. Inshoot 4 ta minoraga ega, har birining balandligi 107 metr.

ICHKI KO’RINISHI

Meskita, Kordova, Ispaniya


  • G‘arbiy Yevropadagi islom o‘tmishining yorqin namunasi Kordova shahrida joylashgan. O‘rta asrlarda ushbu masjid kattaligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turgan. Uni qurish ishlari VIII asrda boshlangan bo‘lib, XIII asrga qadar davom etgan. Hozirda ushbu masjud xristian dinining cherkoviga aylantirilgan.

ICHKI KO’RINISHI

SAMYE. XITOY, SHANYAN


  • Tibet muxtor hududidagi 1-monastiir “Samye-gompa” dir. Uning qurilishi 799- yilida tugallangan. Monastir Tibet buddizmining markazi hisoblanadi. VII asrda qirol Songtzen Gampo tomonidan bunyod etilgan. Inshoot Bihardagi (Hindiston) ibodatxonadan andoza olib barpo qilingan.

Jome masjid, Dehli, Hindiston


  • XVII asrda Eski Dehli ko‘chalarining markaziga qurilgan ajoyib yodgorlik. Jome masjid Shohjahon buyrug‘iga asosan qurilgan. Bino hind-islom ramzlarini o‘zida mujassam etadi. Dehli me’morchiligining ajralmas qismi bo’lgan masjid O’rta Osiyo me’morchiligining belgilarini o’zida mujassam etgan. Inshoot an’anaviy qizil rangda barpo qilingan.

Bibixonim masjidi, Samarqand, O‘zbekiston


  • Uzoq vaqtga qadar XV asrda (1399-1404 yillar) qurilgan Bibixonim masjidi islom olamida eng ulkan masjid deya hisoblangan. Masjid Amir Temur buyrug‘iga asosan qurilgan. Inshoot O‘rta Osiyo arxitektura me’morchiligini klassik na’munasi. Masjid to’rt tomondan ravoq va peshtoqlar bilan o’ralgan. Poydevori xarsangtoshdan, devorlari pishiq g’ishtdan qurilgan.


E’tiboringiz uchun

raxmat
http://azkurs.org
Download 3.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling