Jahon dinlari. Reja: Jahon dinlari tushunchasi va xususiyatlari. Buddizm ta’limotining vujudga kelishi, ta’limoti, tarqalishi va manbaalari. Xristianlik dinining vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari va manbaalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana09.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1178787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ЖАҲОН ДИНЛАРИ

5. Buddaviylik manbalari. Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga 
keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki 
Tipitaka) - uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo’lganligi uchun 
shunday nom bilan atalgan. buddaviylikning bu yozma manbasi hozirgi davrda Shri-
Lankada saqlanib qolgan. U eramizning boshlarida shakllangan. Ular - budda 
targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari (sutta-pitaka), rahboniylik 
axloqi va xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari (vinaya-pitaka), 
buddaviylikning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilib berishga 
bag’ishlangan abxidxarma matnlari(abxidxarma-pitaka)dan iborat. Keyinchalik 
shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddaviylikka oid 
adabiyotlar ancha keng tarqalgan, ammo ularning tarixiy qiymati kamroq. Budda 
hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada jamlangan. 
 
XRISTIANLIK 
Xristianlikning vujudga kelishi. Xristianlik dini buddaviylik va islom dinlari 
qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o’ziga e’tiqod qiluvchilarning soni jihatidan 
jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga e’tiqod qiluvchilarning soni 1 
mlrd. 800 mln. bo’lib, bu son dunyo aholisining deyarli uchdan biriga to’g’ri keladi. 
Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya 
qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining 
sharqiy qismida tarqalgan. 
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin 
yerlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko’ra, 
xristianlik ta’limotining asoschisi bo’lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747 
yili Falastinning Nazaret qishlog’ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan 
dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi bilan 
bog’liq. 



Eramizning boshlarida yahudiylar hokimiyatning uch tabaqasi bilan bog’liq 
og’ir tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning 
joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshohi Irod Antipa, uchinchi 
tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko’mib 
tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yahudiylar o’rtasida kutilayotgan xaloskorning 
kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo’ldi. Ular xalqni 
kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Xristianlik 
ta’limotiga aytilishicha Iso Masih yahudiylikni isloh qilish va uni turli xurofotlardan 
tozalash g’oyasi bilan chiqib, xristian diniga asos soldi. Yahudiylar uni va uning 
izdoshlarini Falastindan quvg’in qildilar. Xristianlik ta’limotiga aytilishicha Isoning 
33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga hukm qildilar. 
Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo’lmagan manbalar orasida ixtilof 
mavjud: xristianlik manbalari Isoning o’zi xudo bo’la turib, insoniyatning gunohlarini 
o’ziga olish uchun odam qiyofasida tug’ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini ta’kidlab, 
uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, 
diniy bo’lmagan manbalarda Isoning nomi uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy 
emas, balki afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor. 
Iso nomiga qo’shiluvchi Masih so’zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi «moshiax» 
so’zidan olingan bo’lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini beradi. Grekchada 
bu so’z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning «xristianlik» yoki 
«masihiylik» deb atalishi ham shu so’zlar bilan bog’liq. Bundan tashqari xristianlik 
Iso Masihning tug’ilgan qishlog’i - «Nazaret» bilan bog’lab, nazroniyya deb ham 
atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini olgan. 
Iso Masih o’z ta’limotini o’zining 12 o’quvisi Apostollar - Havoriylarga 
o’rgatdi. Ular esa Isoning vafotidan keyin ustozlarining talimotlarini har birlari 
alohida-alohida tarzda kitob shakliga keltirdilar. Bu kitoblar Bibliyaning «Yangi 
ahd» qismini tashkil etadi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling