Jahon geografiyasi fanidan


III.1 Geografik joylashuvi va tabiati


Download 1.26 Mb.
bet2/2
Sana19.05.2020
Hajmi1.26 Mb.
#107652
1   2
Bog'liq
10-amaliyot (1)


III.1

Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyoda, Koreya yarimorolining janubidagi davlat. Shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh (chegaraning uzunligi — 238 km). Janubiy Koreya g’arbda Sariq dengiz, Sharqda Yapon dengizi bilan tutashib ketgan. Janubi sharqda mamlakatni Yaponiyadan Koreys bo’g’ozi ajratib turadi. Sohilining uzunligi — 2413 km. Mamlakat relyefi asosan qir va tog’lardan iborat. Asosiy tog’ tizmasi sharqiy sohilga parallel joylashgan Sharqiy Koreya tog’laridir. Mamlakatning eng baland nuqtasi Chejuda orolida joylash­gan Xala-san tog’i hisoblanadi. Janubiy va g’arbiy sohillar tekisliklardan iborat. Asosiy daryolari — Nextongan va Xangan. Asosiy qazilma boyliklari: volfram, temir, marganes, mis, oltin, kumush. Haydaladigan yerlar hududning 21% ini egallaydi. Iqlimi — mo’tadil musson. Eman, bambuk, archa, qarag’ay, terak, qayrag’och, oqqarag’ay o’sadi. Hayvonot olamida yo’lbars, qoplon, silovsin, ayiqni uchratish mumkin.

Yarimorolda shunday koʻp daryo va tasvirlar chizilgan togʻlar borki, shunga koreyslar koʻpincha oʻz davlatini chiroyli tillarang parchalarga qiyoslashgan. Togʻning eng baland choʻqqisi Shimoliy Koreyada joylashgan Pektusan boʻlib, Xitoy chegarasi boʻlab dengiz sathidan 2744 m balandlikka koʻtarilgan. Pektusan togʻida oʻchgan vulqonlar boʻlib, uning ogʻzida "Chonji" deb nom olgan katta koʻl paydo boʻlgan. Bu togʻ Koreya ruhi hisoblanib, Koreya Respublikasining madhiyasi matnida bu haqda eslatilgan.

Nisbatan katta boʻlmagan Koreya yarimorolida yetarlicha koʻp katta va kichik daryolar oqadi. Ushbu suv arteriyalari koreyslar hayot tarzi va mamlakatini sanoatlashitirishda muhim rol egalladi. Koreyaning eng katta ikki daryosi — bu Naktongkang (525 km) va Koreya poytaxti Seuldan oʻqib oʻtadigan Hankang (494 km). Hankang daryosi uzoq tarixda uning qirgʻoqlarida rivojlangan aholiga muhim ahamiyatga ega boʻlganidek bugungi kunda ham zich aholining hayotida muhim ahamiyatga ega.

Koreyaning uch tomonini yuvib turuvchi dengizlar ham aholi hayotida uzoq davrlardan beri muhim rolga ega boʻldi. Shuning uchun ham dengizshunoslik va kemasozlik sanoati tez rivojlandi.



2. Mamlakat relyefi asosan qir va tog’lardan iborat. Asosiy tog’ tizmasi sharqiy sohilga parallel joylashgan Sharqiy Koreya tog’laridir. Mamlakatning eng baland nuqtasi Chejuda orolida joylash­gan Xala-san tog’i hisoblanadi. Janubiy va g’arbiy sohillar tekisliklardan iborat. Asosiy daryolari — Nextongan va Xangan. Asosiy qazilma boyliklari: volfram, temir, marganes, mis, oltin, kumush. Haydaladigan yerlar hududning 21% ini egallaydi.

Koreys yarimoroli Osiyoning sharqiy oxirida joylashib, uzunligi 1100 killometrni tashkil etadi. Gʻarbdan Tinch okeani bilan, shimoldan esa Xitoy va Rossiya bilan chegaradosh. Koreyaning sharqiy tomonida Sharqiy Dengiz boʻlib, uning ortida Yaponiya joylashgan. Yerining 70 foizini togʻlar egallab, qirgʻoq yoqalab 3000 minga yaqin orolchalar tarqalgan.

Koreyaning yer maydoni 222 ming 154 km2 boʻlib, kattaligi taxminan Buyuk Britaniya yoki Ruminiyaga teng. Ushbu maydonning 45.5 % yoki 100 ming km2idan qishloq xoʻjaligida foydalanish mumkin. Togʻli tumanlar butun maydonning taxminan uchdan ikki qismini tashkil etib, Portugaliya, Mojariston yoki Irlandiya maydonicha desa boʻladi.

Tebeksan togʻ zanjiri shaqiy qirgʻoq boʻylab choʻzilib, Sharqiy dengiz kuchli toʻlqinlari tomonidan yuvilib turadi. Ushbu zarba ostida katta qoya va qoya orolchalar paydo boʻlgan. Gʻarbiy va janubiy qirgʻoqlar esa qiya jarlik. Jarliklar boʻylab qirgʻoqlari moʻjizona kesilgan bogʻozli yaqin orollar joylashgan.



  1. Haydaladigan yerlar hududning 21% ini,o’rmonlar 29% ini yaylovlar esa yarmini egallaydi.


4. Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha boʻlgan ildam iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Moʻjizasi" deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagʻal agrar mamlakatni dunyodagi oʻn ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi. 1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdi, shuningdek milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda.

Lekin rivojlanishga boʻlgan yoʻl oson boʻlmadi. Bu yoʻlga erishish turli qiyinchiliklarni yengib oʻtishni talab etdi. 1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod boʻldanidan soʻng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega boʻlmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi.

1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning oʻzaro urushib ikki qismga boʻlinishi Koreya tuprogʻida buzgʻunchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi.

Janubiy Koreyaning urushdan koʻrgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Maxsulot (YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari boʻlishiga qaramay past boʻldi. Shunday boʻlsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha oʻrtacha Milliy Yalpi Maxsulot oʻsishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta oʻsganligidan dalolat berdi.

Bu vaqt davomida aholi yillik oʻsishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta oʻsishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga oʻsdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga oʻsganini koʻrsatadi.

1960-yillarda boshlangan iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish sohasida oʻz aksini topti, asosan avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, elektronika, kemasozlik, tekstil va poʻlatni qayta ishlash sohalari bunga misol boʻla oladi.

Koreyaning oʻsha davrdagi iqtisodiy ishlash tizimini quyidagicha izohlash mumkin. 1961-yildan boshlanib 1979-yilga qadar davom etgan qoʻmondon Pak Jong Hi davlat rahbarligi davrida dunyodagi mavjud siyosiy ziddiyat sababli Janubiy Koreyaga gʻarb davlatlari va Yaponiya sarmoya qila boshladi. Davlat koreys tilida "cheboʻl" deb ataluvchi katta korxonalarni rivojlantirish maqsadida chet eldan kelgan sarmoyani ular uchun quyi foizlarda foydalanishiga ruxsat berildi. Bunga asos katta korxonalarning rivojlanishi, keyinchalik kichik va oʻrta biznesning rivojlanishiga sabab boʻlishiga ishonch edi. Qoʻmondon Parkning eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosati 5 yillik rejalar asosida muvoffaqiyatli amalga oshirildi.

Iqtisodiyot asosiy qismini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan yillar ham boʻlgan. Endilikda esa Janubiy Koreya qayta ishlash sohasi bilan gʻururlansa boʻladi, chunki 1997-yilning oʻzida YMM ning 25,7%ini ishlab chiqarish tashkil etti. 1997-yilgi YMM 5%ga, 1996-yil 6,8%ga, 1995-yil esa 8,9%ga oʻsish kuzatilgan edi. 1998-yil YMM oʻsishi 6,7% manfiy koʻrsatkichni tashkil etti. Buning asosiy sababi 1997-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy boʻhron oqibatidadir. Xorijiy sarmoyadorlarning Xitoy kabi boshqa rivojlanayotgan davlatlarga sarmoyalarini koʻchirishi bilan iqtisodiy ahvol yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramay, 1999-yil YMM oʻsishi 10,9%, 2000-yil 9,3%, 2001-yil 3%, 2002-yil 6,3%ni, 2007-yil 4,8%ni va miqdori 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etti.



5. Sanoati elektrotexnika, to’qimachilik, oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika va elektronika mashinasozligi, og`ir mashinasozlik), kimyo va neft-kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya "Samsung-Elektroniks”, "Xunday”, "Posko” va boshqa shu kabi industrial gigantlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Ushbu korxonalar mahsulotlarining katta qismi eksport qilinadi.

Dehqonchilikda sholichilik, sabzavotchilik (tarvuz, qovoq, turli xil ko`katlar), mevachilik (nok, olma, shaftoli yetishtirish) va uzumchilik muhim o`rin egallaydi. Chorvachilikda sut-go`sht chorvachiligi, qoramolchilik va cho`chqachilik rivojlangan.

Bahor faslining boshlarida shamol Xitoyning shimoliy qismidagi choʻllaridan sariq qum va tuproqlarni uchurib keladi. Ammo aprel oyi oʻrtalarida haqiqiy bahor nafasini his qilish mumkin boʻladi, togʻlar va maysazorlar esa ajoyib gullarga boʻyalgan boʻladi. Shu vaqtda dehqonlar dalalarni guruch ekishga tayyorlaydi.

Asosiy qishloq xo’jaligi (YIMning 11% ini) mahsulotlari — sholi, arpa, batat, soya. O’rmon xo’jaligi va baliqchilik ham rivojlangan.



6. Iqtisodiyot eng muhim tarmog`i sanoatga (YIM ning 34,9% i), xizmat ko`rsatish sohasiga (60,1%), qishloq xo`jaligiga (3%i) to`g`ri keladi.
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling