Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Glоbаllаshuv shаrоitidа g‘оyaviy-mаfkurаviy tаhdidlаrning sаlbiy оqibаtlаri.
3-bosqich
14 : Urushdan keyingi dastlabki o’n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab chiqarish kuchlari rivojida keskin o’zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik iqtisodiyotining ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko’lamini ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib uni modernizastiyalash kerak edi. Hatto dunyoning etakchi davlatlari kompaniyalar uchun ham bu yangi talablar og’irlik qilardi. O’z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko’pincha milliy chegaralar doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni xalqaro kooperastiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada dolzarb bo’lib qolgan edi. Predmetli “xalqaro” ixtisoslashtirishdan detalli (mayda) ixtisoslashtirishga “o’tish” mayda va kooperastiyali ixtisoslashtirish, kooperastiyalashtirish bilan bog’liq ichki, tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik majmualarining paydo bo’lishi, rivojlanishi aniq ko’zga tashlana boshladi. Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o’rtasida ixtisoslashuvining chuqurlashuvi tamoyillari yangi, yanada ko’lamli muhim jarayonning – ishlab chiqarishni xalqaro umumlashtirishning ifodasi bo’ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodislar doirasidan chiqib, jahon siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi. Shu bilan birga xalqaro savdo sohasida ham sezilarli qayta o’zgarishlar yuz berdi, ulardan eng yirigi va barqarori – bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi doirasida yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror 14 Исаджанов А.А. “Глобализatsiя мировой экономики” электрон дарсликдан, Тошкент-2020 18 texnologik aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi tovar ayriboshlashlarga nisbatan ancha pasayib ketishi bo’ldi. Bularning hammasi birga qo’shilib xo’jalik hayotining internastionallashuvini, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar jarayonini almashinuvini anglatadi. Xulosa shuki, xo’jalik hayotining internastinallashuvi–jahon iqtisodi rivojining muayyan bosqichi bo’lib, o’zaro bog’liq ikki jarayonni o’z ichiga oladi 15 : xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish; millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish. Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo’jalik hayoti internastionallashuvining yuksak darajasi xalqaro korparastiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy asosdir. Ular o’z shakllariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: - transmilliy korparastiyalar (TMK); - xalqaro (millatlararo) korparstiyalar (MK). Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining 20% idan ko’prog’i MNK ulushiga to’g’ri keladi va firmalar ichidagi savdo (asosiy kompaniyalar bilan uning chet eldagi shu’ba kompaniyalari o’rtasidagi) qayta ishlovchi sanoat mahsulotlarining dunyo bo’yicha savdosining 25% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Ayrim xalqaro kompaniyalar yiliga o’nlab milliard dollar miqdorida savdo qilishga erishmoqdaki bu ayrim davlatlar umumiy milliy daromadidan ko’pdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda dunyodagi to’g’ridan-to’g’ri investistiyalarning ko’pchilig (90%) ham anashu korparastiyalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham G’arbdagi u yoki bu mamalakatni boshqa davlatlarda joylashtirilgan “ikkinchi iqtisodi” ko’lamlarini hisobga olmasdan turib, ularning iqtisodiy salohiyatini baholab bo’lmaydi. Bu jarayonga rivojlanayotgan mamlakatlar, ayniqsa, “yangi industrial mamlakatlr” asta-sekin qo’shilmoqda. Ular 15 Исаджанов А.А “Глобализatsiя экономики: особенности и факторы развития”-Халqаро муносабатлар- 2021 й 3- сон, 37-бет, ЖИДУ - Т, 2021. 19 rivojlangan mamalakatlar sanoati uchun ixtisoslashtirilgan buyumlar, uzellar, tarkibiy qismlar etkazib beruvchi sifatida faol ish yuritmoqda. Masalan, 2022-yilning boshlarida Singapur elektron va elektro-texnika sanoati eksportining 86%, Tayvnning 78%, Janubiy Koreyaning 68%, Brazeliyaning mashinasozlik mahsuloti eksportining 65% idan ko’prog’i yirik G’arb korparastiyalarining chet el filiallari hissasiga to’g’ri keladi. BMT ma’lumotlariga ko’ra, jahonda 37 000 ko’p millatli korporastiyalar (MK) faoliyat olib bormoqda, ular 170 000 sho’’ba korxonalarini nazorat qilmoqda, jahon iqtisodiyotiga jami 5 trillion AQSh dollarini investistiyalashtirmoqda. Korporastiya ichki savdosi - ayni bir mahsulot tarkibiy qismlarini MK filiallari o’rtasida etkazib berish - jahon savdosining qariyb 80% ni tashkil etadi 16 . Shuni ham aytish kerakki dunyoning eng yirik TMK va MK larining shtab kvartiralari rivojlangan davlatlarda joylashgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling