Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


MDH davlatlarida un va qolipli non narxlarining solishtirma jadvali


Download 123.08 Kb.
bet10/11
Sana07.05.2023
Hajmi123.08 Kb.
#1437988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyot

MDH davlatlarida un va qolipli non narxlarining solishtirma jadvali
(2018-yil 1-yun holatiga ko`ra)
(2-jadval)

Bundan tashqari, narxlarni tartibga solish sharoitida aholining barcha qatlamlari: ta'minlanganlar ham, kam ta'minlanganlar ham past narxlarning benifitsiarlari bo`lishadi va aholining ijtimoiy himoya qilishning yo`nalganligi yo`qoladi, davlat mablag`laridan samarasiz foydalanish yuzaga chiqadi. Mana shular inobatga olgan holda davlat mablag`laridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish va ularning o`g`irlanishining oldini olish maqsadida un va non narxining davlat tomonidan tartibga solinishini bekor qilish taklif qilinmoqda. Bu holatda aholining kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga un va non xarid qilishlaridagi qo`shimcha xarajatlarni qoplash uchun manzilli subsidiyalar ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Qayd etmoq joizki, un va nonga davlat tomonidan belgilangan narxlarning bekor qilinishi oqibatida ularning bozor narxlari oshishi kutilmayapti, chunki ular talab va taklif asosida allaqachon shakllanib bo`lgan.

Xulosa


Argentinada tajribasidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, davlatning ma`muriy siyosati orqali iqtisodiyotga aralashuvi har doim ham kutilgandek natija bermaydi. Buni Argentinadagi narxlar qat`iy qilib o`rnatilishida ko`rishimiz mumkin. Buning natijasida ishsizlik kelib chiqdi, investitsiyalar kamaydi va eksport hajmi ham qisqardi.
Argentina iqtisodiyotni tartibga solishda bevosita usuldan foydalangan. Barcha bevosita usullar iqtisodiyotga salbiy ta’siri kuchli bo`lishi mumkin. Shundan kelib chiqib O`zbekistonda davlatning iqtisodiyotga ta`sir etishining bilvosita usulidan foydalanish kerak.
O`zbekistonda ham Yangi yil bayrami arafasida go`sht narxlari davlat tomonidan o`rnatiladi. Bundan aholining va tadbirkorlarning huquqlari buziladi hamda davlat va xususiy sektor o`rtasidagi aloqa yomonlashadi, negaki sotuvchilar davlat belgilagan narxda sotmaydi. Shu bilan birga bu iqtisodiyotda samaradorlik darajasi pasayishiga olib keladi. Shunga ko`ra bizning taklifimiz davlat iqtisodiyotga ma`muriy aralashishiga barham berishi lozim.
Davlat xususiylashtirish jarayonini tezlashtirishi kerak. Bunda jamiyatning yutug`i shuki xususiy sektordagi sog`lom raqobat tufayli mahsulotlarning sifati oshadi va ularning narxlari tushadi. Shu bilan birga aholining iqtisodiy erkinligi, mulk daxlsizligi kafolatlanadi. Barcha o`z foydasiga ega bo`ladi va bundan ruhlangan holda iqtisodiy faolligi oshadi.
Adam Smitning fikrlari asosida xulosa qilishimiz mumkinki davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal bo`lishi kerak, Keynsning g`oyalaridan kelib chiqadiki davlat iqtisodiyotga talab omillari asosida faol aralashishi lozim. Fridmen nazariyasi bo`yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal bo`lishi va davlat monetar siyosat orqali ta`sir ko`rsatishi kerak.


Download 123.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling