Jahon Iqtisodiyoti va Diplomayiya Universiteti Xalqaro huquq fakuleti, 4-bosqich Abduqodirov Abdurauf Baxodir o`g`li


Download 23.46 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi23.46 Kb.
#1793149
  1   2   3
Bog'liq
bola tushunchasi


Jahon Iqtisodiyoti va Diplomayiya Universiteti
Xalqaro huquq fakuleti, 4-bosqich
Abduqodirov Abdurauf Baxodir o`g`li
Ushbu maqolada “bola” tushunchasi va uning “o`smir”, “voyaga yetmagan” terminlari o`rtasidagi munosabat, bola tushunchasi qayd etilgan universal va mintqaviy xalqaro hujjatlar tahlili, tug`ilmagan bola atamasi masalalari yoritilgan.
Tayanch so`zlar: bola, o`smir, voyaga yetmagan, boshlang`ich yosh chegarasi, yuqori yosh chegarasi, tug`ilmagan bola.
Bola tushunchasi haqida
Bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda “bola” tushunchasi bilan birga “o`smir” va voyaga yetmagan tushunchalari ham qo`llaniladi. Avvalo ana shu tushunchalarni aniqlashtirsh, so`ng bola deb hisoblash uchun muayyan yosh chegarasi va ona qornidagi homilaning bola deb inobatga olish mumkinligini haqida so`z yuritish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Yuqorida ta`kidlanganidek, bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda bola tushunchasi bilan birga voyaga yetmagan va o`smir tushunchalari ham qo`llaniladi. Odatda, Voyaga yetmagan tushunchasi bola huquqlariga oid sud-huquq masalalari aks etgan xalqaro hujjatlarda qo`llaniladi. Bular qatorida BMTning Voyaga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (Pekin qoidalari), Voyaga yetmagan bolalar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan dasturiy prinsiplari (Ar-Riyod dasturiy prinsiplari), Amerika Davlatlari Tashkilotining Voyaga yetmaganlarni asrab olish bilan bog`liq qonunlar kolliziyasi to`g`risida Konvensiyasi kabi hujjatlarni sanab o`tish mumkin.
Umuman olganda, bola, o`smir, voyaga yetmagan tushunchalari o`rtasida faqlar bor yoki yo`qligi borasida fikr bildirish juda murakkab bo`lsada, bu borada ma`lum harakatlar ko`zga tashlanadi. Bunday harakatni Amerika Davlatlari Tashkiloti tomonidan qabul qilingan xalqaro hujjatlarda ko`rinadi.
O`smirlarning xalqaro traffigi bo`yicha Amerika Davlatlari Konvensiyasida o`smir sifatida 18 yoshga to`lmagan har bir shaxs tushunilsa, Bolalarning xalqaro qaytarish bo`yicha Amerika Davlatlari Konvensiyasida esa bola deb 16 yoshga to`lmagan har bir inson zoti tushuniladi. BMTning yuvenal yustitsiya haqida so`z ketgan xalqaro hujjatlarida esa voyaga yetmagan tushunchasiga umuman ta`rif berilmagan.

Download 23.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling