Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar Jami 204 Ma’ruza 52


Download 42.74 Kb.
bet12/17
Sana22.02.2023
Hajmi42.74 Kb.
#1219936
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Jahon xo‘jaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bos-fayllar.org

An’anaviy jamiyatda (feodalizm davrigacha) aholining 75 %dan ortig‘i oziqovqat ishlab chiqarish bilan band bo‘ladi. Ikkinchi bosqich ko‘tarilish davriga o‘tish bosqichi hisoblanadi: qishloq xo‘jaligi, transport va tashqi savdo kabi sanoat tarm og‘i hisoblanmagan sohalarda sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.


  • An’anaviy jamiyatda (feodalizm davrigacha) aholining 75 %dan ortig‘i oziqovqat ishlab chiqarish bilan band bo‘ladi. Ikkinchi bosqich ko‘tarilish davriga o‘tish bosqichi hisoblanadi: qishloq xo‘jaligi, transport va tashqi savdo kabi sanoat tarm og‘i hisoblanmagan sohalarda sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.

  • Uchinchi bosqich — ko‘tarilish bosqichi hisoblanib, ikki yildan bir necha o‘n yilliklarni o‘z ichiga oladi (sanoat to‘ntarishi). Ushbu davrda investitsiyalar hajmi oshadi, mahsulot ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi miqdori ortadi va yangi texnika, texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezda joriy etish boshlanadi.

  • U. Rostou yetuklikka qarab harakatlanish davrini (industrial jamiyat) texnik taraqqiyotning uzoq davom etadigan bosqichi sifatida tavsiflaydi: urbanizatsiya jarayoni chuqurlashadi, malakali mehnat ulushi oshadi, sanoatdagi rahbarlik malakali boshqaruvchi menejerlar qo‘lida to‘planadi. Beshinchi bosqichda (yuqori ommaviy iste’mol) taklifdan talabga, ishlab chiqarishdan tovar va xizmatlarni ommaviy iste’mol etishga qarab siljish ro‘y beradi. U. Rostou «Siyosat va o‘sish bosqichlari» (1971) asarida iqtisodiy o‘sishning oltinchi bosqichini ham ko‘rsatadi. Unga muvofiq insonning ma’naviy rivojlanishi birinchi o‘ringa qo‘yiladi va ushbu bosqich hayot sifatiga erishish bosqichi, deb ataladi.

Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari. Yagona industrial jamiyat nazariyasi fransuz sotsiologi R. Aron nomi bilan bogiiq bo‘lib, turli mamlakatlarda industriallashish jarayoni ular uchun yagona industrial jamiyatning shakllanishiga olib keladi, degan fikrga asoslanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq texnik taraqqiyot nafaqat iqtisodiy qonunlarning amalda qoilanilishini, balki qonunlarning mohiyatini ham modifikatsiyalaydi: mulkchilikning yetakchilik roli bekor qilinadi, iqtisodiy hokimiyat yirik korporatsiyalar qo‘liga o‘tadi, davlatning yordami bilan boylik va kambag‘allik o‘rtasidagi farq yo‘qotiladi.


Download 42.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling