Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar


Download 59.2 Kb.
bet14/16
Sana05.11.2023
Hajmi59.2 Kb.
#1749030
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
PROTEKSIONIZM SIYOSATI VA UNING IQTISODIYOTGA TAʼSIRI

Proteksionizm oʻzi nima?
Jamiyatda proteksionizm masalasi koʻtarilganda, doimo uning salbiy tomonlari koʻrsatilishi va muhokama qilinishi koʻzga tashlanadi. Bunday stereotipga xos, bir yoqlama koʻrinishi bizning yaqin oʻtmishimizdan kelib chiqadi: XX asrning 60-yillarigacha Sobiq Ittifoq yaxshi iqtisodiy koʻrsatkichlarni namoyon etgan, ammo oʻz vaqtida iqtisodiyotni bir holatdan boshqa holatga — “hajmidan sifatga” aylantira ololmagan. Sobiq Ittifoq tomonidan oʻtkazilayotgan izolyatsion, avtarkiya siyosati ham jahon yirik davlatlarining iqtisodiy daʼvolariga qarshi majburiy meʼyor boʻlgan edi.8
Bizga esa “erkin bozor” oʻzi nima berishi mumkin? Fritreyd tarafdorlarining (inglizcha “free trade” — “erkin bozor”) fikricha, bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy kompaniyalar orasida halol raqobat boʻlishiga poydevor yaratadi. Ularning aytishlaricha, aynan bozor sharoitida har bitta ishtirokchining haqiqiy iqtisodiy kuch-quvvati va mahsulotining afzalligi aniqlanadi. Ammo bunday yondashuv juda ham sodda desak boʻladi. Hammaga maʼlumki, sof bozorga teng iqtisodiy munosabatlar va hamma ishtirokchilar uchun teng sharoitlar mutlaqo mavjud boʻlmaydi. Bu faqatgina afsona, amalga oshmaydigan hayoliy orzu xolos. Bunday harakatlar iqtisodiy jihatdan eng salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Koʻpgina mahalliy ishlab chiqaruvchilar hali narx-navo va sifat jihatidan horijiy kompaniyalarga teng kelolmaydi. Natijada esa chet ellik biznesmenlar Oʻzbekiston ishlab chiqaruvchilarini bosib, surib chiqaradi va oʻz mahsuloti bilan bozorda ustunlik qiladi. Va bunday holatda isteʼmolchilar adolatli teng huquqlarga ham ega boʻlmaydi. Sifatli tovar doimo qimmat turadi va koʻp fuqarolar uchun uni sotib olishga imkoniyat boʻlmaydi. Asosan bozorni Xitoyda va boshqa qoʻshni davlatlarda ishlab chiqarilgan arzon va sifati past tovarlar egallaydi.
MDHga aʼzolik qilayotgan bir qator davlatlarda bunday salbiy holat yuzaga keldi. Ular uchun “erkin bozor” iqtisodiy moʻjizaga emas, inqirozga olib keldi. Masalan, Rossiyada Ye.Gaydar boshchiligida olib borilgan va yirik biznes vakillari tomonidan lobbi qilingan “iqtisodchi-islohotchilar” siyosati transmilliy kompaniyalar tomonidan keng ekspansiyaga yoʻl ochib berdi. Rossiyalik ishlab chiqaruvchilar chetda qolib, ularning oʻrnini xorijiy kompaniyalar egallab oldi. Natijasi hammaga maʼlum: xalqaro maydonda siyosiy munosabatlari bir qator davlatlar bilan yomonlashgani sababli Rossiyaga turli iqtisodiy va savdo sanksiyalari orqali tazyiq oʻtkazilishi boshlandi. Rossiya jahondagi tabiiy resurslari eng katta boyliklariga va ulkan ishlab chiqarish kuch-kuvvatiga egalik qilishidan qatʼiy nazar, sanksiyalarning salbiy oqibatlari haligacha kuchli taʼsir koʻrsatmoqda.
Bunga oʻxshash muammolar bilan ham MDHning boshqa davlatlar ham toʻqnashdi. Masalan, Jahon savdo tashkilotiga va Bojxona Ittifoqiga aʼzolik qilayotgan Qirgʻiziston xorijiy biznesga nisbatan mutlaqo ojiz va himoyasiz boʻlib qoldi. Bugun Qirgʻiziston bozorini batamom chet ellik, asosan qoʻshni Xitoydan tovarlar bosib, egallab qoʻydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar “Osmon osti mamlakati” biznesmenlariga qarshi raqobat koʻrsata ololmayapti va oʻz korxonlarini yopishga majbur boʻlyapti. Gruziya esa “oʻz eshiklarini dunyoga ochganidan keyin” koʻpgina ishlab chiqarish maydonlarini ham yoʻqotib qoʻydi. Oʻz imidjini turizm bilan bogʻlab, natijada Gruziya iqtisodiy oʻsishda yaxshi koʻrsatkichlarni koʻrsatdi. Ammo Rossiya bilan kundan-kunga yomonlashib ketayotgan siyosiy munosabatlari ushbu mamlakatga sayyohlar oqimi keskin pasayishiga olib keldi va Gruziyaning butun turistik infratuzilmasi inqirozga uchradi.
Ikkinchi “erkin bozor” tarafdorlari tomonidan tayanch qilinadigan dalil esa populizmga juda yaqin: bizning fuqarolarimizga sifatli mahsulotlarni xarid qilishga, xorijiy kompaniyalar uchun mahalliy bozorga kirishga imkon yaratib bering. Qanchalik koʻp tovar boʻlsa, narxi shunchalik pasayadi. Unda chet eldagi tovar defitsitga aylanmaydi va katta hajmi hisobidan ularning hammabopligi oshadi. Ammo bu tezis ham oʻzini oqlamaydi. Har bilarmon iqtisodchi eʼtiroz qilib boʻlmaydigan va oʻz davrida eng mashhur nazariyachi — zamonaviy iqtisod fanining asoschisi Adam Smit tomonidan eʼlon qilingan iqtisodiy shubhani keltirishi mumkin: har bir davlatning haqiqiy, real boyligi savdo-sotiq sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratiladi. Boshqacha qilib aytganda, siz qaysi mablagʻga tovar xarid qilasiz, agar ularning asosiy manbai boʻlmasa, yaʼni tadbirkorlar tomonidan davlat gʻaznasiga tushumlar kelmasa?
Bundan kelib chiqib, “iqtisodiy teng huquqlik” va “iqtisodiy serobgarchilik” uchun biz nafaqat strategik sanoatni, yetarli darajada himoyalanmagan kichik va oʻrta biznesni — asosan xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqaradigan va halqni ish bilan taʼminlab beradigan tadbirkorlar sinfini ham yoʻqotishimiz mumkin. Natijada biz noxush vaziyatga kelishimiz mumkin: oddiy banan respublikaga, yirik transmilliy ishtirokchilarni homashyo bilan taʼminlaydigan davlatga aylanib qolamiz.

Download 59.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling