Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONLARINI KENGAYTIRISH
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
SULTONOV.SH JAHON IQ
4.
DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONLARINI KENGAYTIRISH MASALALARI Hozirgi davr keng xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan bir qatorda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal qilishni ham taqozo etadi. Bular ishsizlikni, jahon mamlakatlarida tez-tez roʻy berib turadigan ocharchilikni, turlituman yuqumli kasalliklarni va shuningdek, iqtisodiy qoloqliknii yoʻq qilishdir. Butun dunyo jamoatchiligi diqqat markazida turgan bunday muammolar, dunyo mamlakatlarining oʻzaro hamkorlik qilishini talab etmoqda va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarining taraqqiy ettirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Globallashuv sharoitida milliy xoʻjaliklarning umumjahon mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi ularning muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishining muhim shartiga aylanib bormoqda. Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga kirib borishi, respublikamizning ham ichki, ham tashqi salohiyatni yanada yuksaltirmoqda. Oʻzbekistonning integratsiya tuzilmalaridagi ishtiroki tufayli uning ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro aloqalari kengayib borayotganligi, dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda. Shunday ekan, integratsiya – Oʻzbekistonning dunyo xoʻjaligi tizimiga kirib borishi uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda. Shu sababli Oʻzbekistonning jahon xoʻjaligiga qoʻshilishi masalasi hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Faqat shu yoʻl bilangina jahon fan-texnika va iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga erishish mumkindir. Eksport qiluvchi korxonalarning rag’batlantirilishini kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarning eksport qilinishini kengaytirish, toʻg’ridan-toʻg’ri chet el investitsiyalarini jalb qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar ushbu yoʻnalishda ish oʻrinlari yaratishning muhim omillari boʻlib xizmat qiladi. Diversifikatsiya – ilmiy-texnika revolyutsiyasi tomonidan hamda kapitalistik xoʻjalik ichki ziddiyatlarining kuchayishi orqali vujudga keltirilgan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotida sifat jihatidan yangi hodisa. Diversifikatsiya asosida, xususan, ba’zi tarmoqlarning jadal ravishda oʻsishi va ba’zilarining pasayib ketishi orqali namoyon boʻluvchi iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanmasligi sharoitida firmalarning yashab qolishga intilishi yotadi. Diversifikatsiya ham kapitalning kontsentratsiyalashuvi, ham kapitalning markazlashuvi asosida amalga oshiriladi. Birinchi holatda ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasining kengayishi, boshqa tarmoqlarga kirish oʻzining xususiy jamg’armalari hisobiga amalga oshiriladi. Ikkinchi holatda esa – mazkur jarayon boshqa tarmoq va ishlab chiqarish turlarida band boʻlgan kapitallarning birlashuvi, «yutib yuborilishi» natijasida amalga oshiriladi. Diversifikatsiyalashning asosan quyidagi jihatlarini Oʻzbekistonda amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: - xoʻjalik faoliyatining turli- tumanligini ta’minlash maqsadida eksport qilinayotgan mahsulot nomenklaturasini kengaytirish; - biznesning diversifikatsiyasini amalga oshirish – bu birinchi navbatda iqtisodiy xavfsizlik tomon tutish; - kompaniyalarning ichki xoʻjalik resurslarini kam daromad keltiruvchi sohalardan yuqori daromadli sohalarga oʻtkazish orqali engillik bilan oʻzgartira olishi imkoniyatini yaratish; - diversifikatsiyalash orqali biznesning ba’zi sohalarida olinmagan foyda boshqa sohalardagi yuqori daromad bilan qoplash yoʻllarini ishlab chiqish; - diversifikatsiyalashda ham me’yor chegaralariga amal qilish. Aks holda xoʻjalik resurslarining haddan tashqari «tarqatib yuborilishi», firmaning oʻz faoliyatini qandaydir bir yoki ikki magistral yoʻnalishlarda kuchli namoyish eta olmasligi vaqt oʻtishi bilan uning moliyaviy holatini izdan chiqarishi, hattoki bankrotlikka olib kelishi ham mumkin»; - jahon xoʻjaligining yangi sohalari va boshqa tarmoqlarga kirib borish orqali ishlab chiqarishning yangi turlarini tashkil etish; Diversifikatsiyalashni ushbu jihatlaridan foydalanish orqali tashqi iqtisodiy aloqalardan samarali ijobiyna tijalarga erishish mumkin deb oʻylaymiz. Globallashuv sharoitida milliy xoʻjaliklarning umumjahon mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi ularning muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishining muhim shartiga aylanib bormoqda. Oʻzbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga kirib borishi, respublikamizning ham ichki, ham tashqi salohiyatni yanada yuksaltirmoqda. Oʻzbekistonning integratsiya tuzilmalaridagi ishtiroki tufayli uning ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro aloqalari kengayib borayotganligi, dunyo jamoatchiligi tomonidan e’tirof etilmoqda. Shunday ekan, integratsiya – Oʻzbekistonning dunyo xoʻjaligi tizimiga kirib borishi uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda. Shu sababli Oʻzbekistonning jahon xoʻjaligiga qoʻshilishi masalasi hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri boʻlib hisoblanadi. Faqat shu yoʻl bilangina jahon fan-texnika va iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga erishish mumkindir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling