Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
SULTONOV.SH JAHON IQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONLARINI KENGAYTIRISH MASALALARI 5. XULOSA 6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI PSIXOLOGIYA FAKULTETI SIRTQI BO’LIMI JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU : O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi yo‘nalishlari 921-guruh talabasi: Sultonov.Shohjahon Qabul qildi: Azimov.Y.X Jizzax-2023 REJA: 1. KIRISH 2. OʻZBEKISTONNING JAHON IQTISODIYOTIGA INTEGRATSIYALASHUVI 3. GLOBALLASHUV SHAROITIDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT 4. DIVERSIFIKATSIYALASH JARAYONLARINI KENGAYTIRISH MASALALARI 5. XULOSA 6. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda tashqi savdo munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Chunki, tashqi savdo munosabatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyotning barqarorligi oshishida muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, mamlakatda tashqi savdo operatsiyalarini rivojlantirish, eng avvalo eksport salohiyatini oshirish hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir. Shu bilan birga Oʻzbekiston ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotining ayni pallasida eksport hajmi va salohiyatini oshirish bir necha sababga koʻra muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan: – birinchidan, eksportni rivojlantirish ichki bozordagi chegaralangan imkoniyatlardan tashqari taklif bozori hajmini tashqi omillar evaziga kengaytirish imkonini beradi. Bu esa milliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim oʻrin tutadi. Mazkur omilning dolzarbligini shu bilan izohlash mumkinki, bir tarafdan, mustaqillikka erishgunga qadar mamlakatdagi deyarli barcha korxonalar nafaqat Oʻzbekiston, balki boshqa respublikalar ehtiyojini ham qondirishga qaratilgan holda tuzilgan boʻlsa, boshqa tarafdan, mustaqillik yillarida tashkil etilgan koʻpgina korxonalarning ishlab chiqarish salohiyati ham (asosan toʻqimachilik, avtomobil, kimyo sanoati va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida) ichki talabnigina emas, balki tashqi dunyo ehtiyojini ham qondirishga yoʻnaltirilgan. Biroq ayni paytda mazkur korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanilmayapti va ularning bir qator mahsulotlari ichki bozor hajmining chegaralanganligi va ushbu sohada mavjud muammolar tufayli eksportning ham chegaralanganligi uchun oʻz raqobatbardoshligini yoʻqotmoqda. Demak, mazkur korxonalarda mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish va shu asnoda raqobatbardoshlikka erishish koʻp jihatdan kelajaqda bu mahsulotlar eksporti koʻlamini oshirish bilan bog’likdir. Ayni paytda yana bir omilni hisobga olish kerakki, hozirgi davrda iqgisodiyotning deyarli koʻpgina tarmoklarida raqobatbardoshlikka erishish faqatgina ommaviy ishlab chiqarish (koʻlam ta’siri) evaziga boʻlishi mumkin. Bu esa nafaqat ichki, balki tashqi bozor talabi ham avvaldan hisobga olingan tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish kerakligini nazarda tutadi. – ikkinchidan, eksport faoliyati davrida milliy ishlab chiqaruvchilar tashqi bozorda chet ellik ishlab chiqaruvchilar tomonidan jiddiy raqobatga duch keladilar. Bu holat ularni doimo ishlab chiqarishni zamon talablarga mos tarzda joriy etish, yangi texnologiyadan foydalanish, mahsulot assortimentini yangilab turish va uning tannarxini pasaytirishga undaydi. Demak, uzoq muddatli davrda raqobatbardosh iqgisodiyotni shakllantirishning muhim sharti sifatida milliy ishlab chiqaruvchilarning eksport faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan siyosatni aytish mumkin. – uchinchidan, yildan yilga Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan chet el sarmoyalari koʻlami ortmoqda. Bu, oʻz navbatada, kelajakda sarmoya siyosati bilan bog’liq boʻlgan sarmoyaviy mahsulotlar importi (bunga ma’naviy va moddiy eskirish natijasida texnika va texnologiyani yangilash, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi amallarni misol qilish mumkin), chet el sarmoyasi kiritilgan korxonalar foydasini repatriatsiya qilish, foiz va dividendlarni toʻlash, tashqi qarzni uzish va hok. kabi xarajatlarning oshishiga sabab boʻladi. Mazkur chiqimlarni qoplashning asosiy manbai eksport tushumi boʻlganligi sababli toʻlov balansi va makroiqtisodiy barqarorlikning kelajakdagi holati koʻp jihatdan mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga bog’liq boʻladi. – toʻrtinchidan, iqtisodiyotda tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish hamda jami eksport va nshlab chiqarishda qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar salmog’ini oshirish iqtisodiyotni texnologik jihatdan modernizatsiya qilish masalasiga borib taqaladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun sarmoyaviy mahsulotlar importi hajmini sezilarli darajada oshirish kerak Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling