Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning tugan o’rni. Reja
Korporatsiyalar rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
Download 35.8 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi
3.Korporatsiyalar rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari
Zamonaviy milliy iqtisodiy tizimning va jahon iqtisodiyotining muhim xususiyati bolib, xo’jalik faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarish va kapital to’planishining jadallashgan o’sishi hisoblanadi. Zamonaviy korporatsiyalar shubhasiz, mamlakatda va jahonda yirik iqtisodiy va moliyaviy markazga aylanishi mumkin. Ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga qo’shadigan hissasi yangi iqtisodiy hududni tashkil topishida, milliy va jahon moliya bozorlarini rivojlanishda muhim ahamiyatga ega. Yirik korporatsiyalarning sotish hajmi dunyoning ko’plab mamlakatlari YaIM hajmidan oshib ketadi. Dunyodagi ikki yuzta yirik transmilliy kompaniyalarning umumiy sotish hajmi AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, XRR, Braziliya, Kanada, Ispaniyadan tashqari barcha mamlakatlarning YaIM hajmidan ortiqdir. Oxirgi 25 yilda ushbu ko’rsatkich mazkur tuzilmalar uchun ishchilar soni 14,4 foizga oshgani holda deyarli 4 marta ko’paygan. Ma‘lumki, TMKlar zamonaviy jahon xo’jaligining muhim ishtirokchilariga aylanib bormoqda. Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashqi iqtisodiy aloqalarining harakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning o’zlarini xorijdagi filiallariga tovar etkazib berishlari va xizmat ko’rsatishlarining ulushi kattadir. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning sohaviy strukturasi ham turli tumandir. Hozirgi kunda 500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi xorijiy mamlakatlardagi investitsiyalarning 70%i ustidan o’z nazoratini o’rnatgandir. Ushbu 500 ta gigant korporatsiyalar hissasiga jahon bozoriga chiqarilayotgan elektronika va kimyo sanoatining 80 foiz, farmatsevtikaning 95 foiz, mashinasozlikning 76 foiz mahsulotlari to’g’ri keladi. TMK jahon iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. TMK filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi dunyo eksportining 1/3 qismini tashkil etadi va ularda 77 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko’rsatkich Germaniya iqtisodiyotida band bo’lganlar sonidan ikki baravar ko’pdir. Jahon mamlakatlarida TMKlarning xorijiy bo’linmalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga hamda ular faoliyat yuritayotgan mamlakatlardagi mahsulotlarga bo’lgan ichki talab darajasini doimiy o’rganib borishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. TMKlar o’z faoliyatlarini milliy iqtisodiyotlardagi ichki talab darajasiga mos holda muvofiqlashtirib bormoqdalar. Bu holat, ularning eksport va sotish hajmining oshishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi. Hozirgi davrda korporatsiyalarning transmilliylashuv jarayoni kuchayib bormoqda. Mohiyatiga ko’ra, korporatsiyalarning xorijdagi mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki transmilliylashish darajasini ifodalaydi. Korporatsiyalarining transmilliylashuvini aniqlash uchun maxsus transmilliylashuv indeksidan foydalaniladi. Transmilliylashuv indeksi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi: I T = 1/3 (A I /A + R I /R + S I /S) x 100 % , Bunda, I T — transmilliylashuv indeksi, %; A I — xorijiy aktivlar; A — umumiy aktivlar; R I — xorijiy filiallarda mahsulot va xizmatlar sotish hajmi; R — mahsulot va xizmatlar sotishning umumiy hajmi; S I — xorijdagi shtatlar (ish o’rinlari); S — kompaniya ishchilarining umumiy shtati. Zamonaviy TMKlar faoliyatida quyidagi asosiy tendentsiyalar kuzatilmoqda: – aktivlarning umumiy hajmida xorijiy aktivlar ulushiga ko’ra tasniflashda AQShning TMKlari etakchilik qilishmoqda; – Yaponiya TMKlarining faoliyati 1970-1980 yillarda boshqa TMKlarga nisbatan birmuncha barqaror bo’lgan, lekin umumiy holda hozirgi vaqtdaham ular TMKlar raqobatlashuvida o’zining mustahkam o’rnini egallab kelishmoqda; – hozirgi davrda Xitoy TMKlari jadal sur‘atlarda o’z faoliyatlarini kengaytirmoqda, shuningdek, TMKlar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan faol tadbirlarni amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga Braziliya, Janubiy Koreya, Hindiston va Malayziyani kiritish mumkin; – Yevropa TMKlari mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, farmatsevtika sanoati kabi yirik xarajatlar talab etuvchi sohalardagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirishga alohida e‘tibor berishmoqda; – Tarmoq tarkibi nuqtai nazaridan eng yuqori transmilliylashuv indeksini kimyo va farmatsevtika sanoatidagi TMKlar, undan keyingi o’rinlarni oziq-ovqat va elektronika sanoati egallashgan, eng past indeks esa savdo kompaniyalariga tegishlidir. Globallashuv sharoitida TMKlar o’rtasidagi birlashish va qo„shib olish (M&A) jarayonlari Birlashish va qo’shib olishlar (ingl. Mergers and Acquisitions, M&A) – kapital va biznesni mustahkamlashda makro va mikroiqtisodiy darajalarda bozordagi bir nechta kichik kompaniyalar o’rnida yiriklarining yuzaga kelishi natijasida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi. Birlashish – bu ikki va undan ortiq xo’jalik yurituvchi subyektlarning birlashishi bo’lib, natijada yangi, birlashgan iqtisodiy birlik shakllanadi. Birlashishlarda kompaniya yuridik shaxs va soliq to’lovchi sifatidagi o’zining mustaqilligini tugatgan holda boshqa kompaniya bilan birlashadi. Yangi kompaniya o’zining tarkibiy qismidagi kompaniyaning mijozlari oldidagi barcha majburiyatlarini va aktivlarini bevosita boshqarishni hamda nazorat qilishni o’z zimmasiga oladi. Qo’shib olish – qo’shib olinadigan kompaniya ustav kapitalining 30 foizdan ortig’ini egallash yo’li bilan amalga oshiriladigan va xojalik jamiyati ustidan nazorat o’rnatish maqsadida tuziladigan bitimdir, bunda jamiyatning yuridik mustaqilligi saqlab qolinadi. Kompaniyalar birlashishi va qo’shib olinishining asosiy turlari tasnifi. Xususiyatiga bog’liq holda kompaniyalar integratsiyasi quyidagi turlarga ajratiladi: Kompaniyalarning gorizontal birlashish. Bu aynan bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi ikki kompaniyaning qo’shilishi emas, buning natijasida faoliyatni rivojlantirish va raqobatlashuv bo’yicha ustunlikka erishiladi. Kompaniyalarning vertikal birlashish – bu bir qator kompaniyalarning birlashishi bo’lib, bunda ulardan biri boshqalari uchun xom ashe etkazib beradi. Natijada mahsulot tannarxi pasayishi va foydaning oshishiga erishiladi. Kompaniyalarning parallel birlashish – o’zaro aloqador bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning birlashishi. Konglomerat birlashishi – ishlab chiqarish yoki ta‘minot munosabatlari bo’yicha o’zaro aloqador bo’lmagan kompaniyalarning birlashish bo’lib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo’shilishi sodir bo’ladi. Tahliliy ma‘lumotlarga ko’ra duneda M&A bo’yicha har yili o’n besh mingga yaqin bitim tuziladi. Bitimlar xajmi va qiymati bo’yicha etakchilikni AQSh egallagan. Geografik ko’lami bo’yicha bitimlar quyidagilarga bo’linadi: – mahalliy; – mintaqaviy; – milliy; – xalqaro; – transmilliy (transmilliy korporatsiyalar ishtirokidagi bitilar). Milliy aloqadorligi bo’yicha quyidagicha tasniflash mumkin: – ichki bitimlar (bitta mamlakat doirasida sodir bo’ladigan); – eksportga oid (bozorning xorijiy ishtirokchilariga nazorat xuquqini berish); – importga oid (xorijdagi kompaniyalar ustidan nazorat qilish xuquqiga ega bo’lish); – aralash (transmilliy korporatsiyalarning bitimlarida yoki bir nechta turli davlatlar aktivlari bilan kompaniyalarda ishtirok etish). Kompaniyalarning birlashish va qo’shib olishlar jarayonining (M&A) faollashuvi zamonaviy iqtisodiyotning muhim jihatlaridan biri hisoblandi. Korporatsiyalar birlashishi tufayli yuzaga keladigan salohiyatli imkoniyatlar integratsion jarayonlarning yanada jadallashuviga ta‘sir ko’rsatdi. Birlashish va qo’shib olishlar ko’pgina korporatsiyalar tomonidan o’zgaruvchan bozor sharoilariga muvofiq holda ishlab chiqarish aktivlarini optimallashtirish hamda raqobatlashuv afzalliklariga erishish yo’li sifatida qaraladi. Shuning uchun mazkur soha tadqiqotlari bo’yicha ko’pgina ekspertlar shug’ullanishadi hamda ular korporatsiyalar birlashish va qo’shib olishlarining unversal loyihalarini tuzishga harakat qilishadi. Misol uchun, Watson Wyatt kompaniyasi korporatsiyalar birlashishining beshta bosqichini aniqlagan: vazifalarni tashkil etish, holatni baholash, tadqiq etish, muzokaralar o’tkazish, haqiqiy birlashish. Shuningdek, ushbu sohadagi boshqa mutaxassislar birlashishning turli bosqichlarini taklif etishgan. Transmilliy korporatsiyalar raqobatbardoshligini oshirishning maxsus instrumentlariga quyidagilarni kiritish mumkin: birlashish va qo’shib olishlar, strategik alyanslar va autsorsing. TMKlar xalqaro birlashish va qo’shib olishlar hamda global bozorlardagi raqobatlashuv holatini o’zgartirish bo’yicha transchegaraviy bitimlarni keng qo’llaydilar. TMKlar faoliyati tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, iqtisodiy globallashuv sharoitlarida birlashish va qo’shib olishlar turli mamlakatlarning mahalliy aktivlardan investitsion portfelni tezlikda shakllantirish, yangi bozorlarni o’zlashtirish, ishlab chiqarish jarayonining yangi bosqichini hamda xom ashyoning yangi manbalarini egallash imkoniyati hisobiga korporatsiya raqobatlashuvi oshishining muhim manbasi hisoblanadi. Dunyodagi yirik korporatsiyalar o’rtasida birlashish va qo’shib olishlar, shuningdek, ―yomon‖ aktivlarni sotish va natijada raqobatchilar bilan solishtirganda birmuncha afzallikka erishgan korporatsiyalar guruhini ajratib ko’rsatish mumkin. Bunday korporatsiyalarga, BP (Buyuk Britaniya, neft sohasi), ExxonMobil, ChevronTexaco, ConocoPhilips (AQSh, neft sohasi), General Electric (AQSh, konglomerat), Gla Kline (Buyuk Britaniya, farmatsevtika sanoati), Cisco Systems, IBM, Apple (AQSh, elektronika sanoati), Nestle (Shveytsariya)larni kiritish mumkin. Innovatsion ishlanmalar yoki texnologiyalarga ega bo’lgan boshqa kompaniyalar qo’shilishining muhim jihati farmatsevtika TMKlarining raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu holatni Amerika TMK faoliyatini tahlil etish isbotlab beradi, Pfizer, Johnson & Johnson, Abbot Laboratories, Bristol-Myers-Squibb, Shveytsariya TMKlari Hoffman-La Roche va Novartis, Angliya TMKlari GlaxoSmithKline va AstraZeneca, Frantsiyaning Sanofi-Aventis. TMKlarning qo’shilishi orqali yangi bozorlarni o’zlashtirish hamda ularda samarali faoliyat yuritish, moliyaviy resurslarni jalb etgan holda oz faoliyatlarini kengaytirish imkoniyati yuzaga keladi. Jahon iqtisodiyotida korporatsiyaning raqobatbardoshligini oshirish uchun muvaffaqiyatli amalga oshirilgan qo’shib olishlarga misol sifatida General Electric korporatsiyasi tomonidan birlashish va qoshib olishlar va raqobatbardosh bolmagan aktivlarni sotish boyicha 25,4 mlrd. doll. qiymatdagi 228 ta bitimning amalga oshirilishi korporatsiya faoliyatining rivojlanishiga va kapitallashuv darajasining oshishiga ijobiy ta‘sir korsatdi. Transchegaraviy birlashish va qoshib olishlar ishtirokchi kompaniyalarning mehnat, ilmiy-texnik va moliyaviy resurslarini birlashtirish hisobiga raqobat afzalliklariga erishishga yonaltirilgan. Shuningdek, ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga iqtisodiy samaraga erishish, yangi bozorlarga kirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, yangi aktivlardan foydalanish, asosan nommodiy (nou-xau, savdo belgilari, tashkiliy bilimlar) va boshqalarga ega bolish imkoniyati yuzaga keladi. Xulosa ornida ta‘kidlash lozimki, transmilliy korporatsiyalar ortasidagi birlashish va qoshib olishlar jarayoni jahon iqtisodiyoti hamda milliy iqtisodiyotlar rivojlanishiga ta‘sir etuvchi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Bu holat o’z navbatida transmilliy korporatsiyalarning barqaror faoliyat ko’rsatishiga ham ta‘sir ko’rsatadi Xulosa Korporatsiyalar uchun faoliyatning transmilliylashuvi iqtisodiy risklarni pasaytiradi, lekin qabul qiluvchi mamlakatlar uchun bu holat aksincha bo’ladi. Chunki, transmilliy korporatsiyalar iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan mamlakatlarni tark etgan holda o’z kapitalini mamlakat o’rtasida ko’chirishi mumkin. Tabiiy ravishda, bunday sharoitlarda transmilliy korporatsiya kapitali chiqib ketgan mamlakatdagi holat yanada yomonlashishi, ishsizlik darajasining oshishi va iqtisodiyot uchun boshqa salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Shuningdek, qabul qiluvchi, kapitalni xorijga chiqaruvchi mamlakatlar hamda butun jahon iqtisodiyoti uchun TMKlar faoliyatining ayrim oqibatlarini ko’rishimiz mumkin. Raqobat kurashida o’z o’rnini saqlashi uchun har bir TMK doimiy ravishda nazoratidagi kapital hajmini va faoliyat ko’lamini oshirgan holda rivojlanib boradi hamda muayyan bosqichda uning faoliyati mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta‘sir ko’rsata boshlaydi, chunki, davlat manfaatlari bilan alohida tuzilmalarning manfaatlari doimo bir-biriga mos kelavermaydi. Korporatsiyalarning milliy va jahon iqtisodiyoti uchun muhimligi ular shakllanishi va faoliyat yuritishi jarayonlarining tegishli ilmiy tahlilini talab etadi. Kapital va ishlab chiqarishning keng ko’lamda bir joyga to’planishi asosida yuzaga keluvchi birlashgan korporativ tuzilmalar bugungi kunda milliy va jahon iqtisodiyotining muhim sub’ektlari bo’lib hisoblanadi. Biroq ularning milliy va jahon iqtisodiyotiga ko’rsatadigan ta’siri ijobiy hamda salbiy bo’lishi mumkin.Yuzaga keluvchi muammolarni oldini olish uchun qanday sharoitlarda TMKlarning mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta‘sir ko’rsatishi mumkinligini aniqlash hamda ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Download 35.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling