Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalarning tugan o’rni. Reja


Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi va ular faoliyatining asosiy xususyatlari


Download 35.8 Kb.
bet2/5
Sana11.03.2023
Hajmi35.8 Kb.
#1258832
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi

1.Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishi va ular faoliyatining asosiy xususyatlari.
Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining muhim elementlaridan hisoblanadi. Oxirgi yillarda ularning jadal ravishda rivojlanishi jahon xo’jaliklari aloqalarining globallashuvida, kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuv jarayonlarida namoyon bo’lmoqda. Xalqaro korporatsiyalar jahon xo’jaligi aloqalarining barcha sohalarida faol ishtirokchi bo’lib hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar bir tomondan jadal rivojlanib borayotgan xalqaro moliya munosabatlarining mahsuli, boshqa tomondan esa, mazkur munosabatlarga ta‘sir etuvchi qudratli mexanizm sifatida namoyon bo’ladi. Xalqaro korporatsiyalar xalqaro moliya munosabatlariga faol ta‘sir ko’rsatgan holda yangi munosabatlarni shakllanishida muhim o’rin tutadi. Xalqaro korporatsiyalarning asosiy qismi AQSh, Yevropa ittifoqi mamlakatlari va Yaponiyada joylashgan. YuNKTAD ma‘lumotlariga ko’ra 2011 yilda 86000 ta xalqaro korporatsiya qayd etilgan bo’lib, ular filiallarining soni 832000 tani tashkil etgan. Xalqaro korporatsiyalar jahon iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Xalqaro korporatsiyalar filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi jahon eksportining 1/3 qismini tashkil etadi va ularda 77 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko’rsatkich Germaniya iqtisodiyotida band bo’lganlar sonidan ikki baravar ko’pdir. Xalqaro korporatsiyalarning paydo bo’lishi va taraqqiy etishida jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga bo’lgan zaruratning kuchayishi hamda xo’jalik hayoti baynalmilallashuvining jadallashuvi muhim o’rin tutdi. Transmilliy korporatsiyalardan farqli ravishda xalqaro korporatsiyalar egalari yagona davlatning emas, balki ikki yoki undan ortiq davlatlar kapitallarining egalari hisoblanadi. Ular faoliyatining muhim xususiyati, aktsiyadorlik kapitalini xalqaro ko’lamda bo’lib-bo’lib joylashtirishdadir. Xalqaro korporatsiyalarning jahon iqtisodiyotiga ta‘siri eng avvalo ishlab chiqarishning nihoyatda keng tarqalishi orqali yuzaga keladigan afzalliklarda namoyon bo’ladi. Xalqaro korporatsiyalar faoliyatining xususiyatlariga ko’ra quyidagicha shakllarga ajratiladi:
1. Transmilliy korporatsiyalar – asosiy kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli bo’lib, filiallari esa dunyo bo’ylab tarqalgan kompaniyalardir.
2. Ko’p millatli kompaniyalar – asosiy kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo’lib, xorijiy bo’limlari turli mamlakatlarda joylashgan kompaniyalar. Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda xalqaro monopoliyalarning ko’pgina tasniflarini uchratish mumkin, ular jumlasiga, ko’p millatli korporatsiyalar, xalqaro korporatsiyalar, transmilliy va global korporatsiyalar kiradi. Taniqli amerikalik marketolog olim F.Kotler, xalqaro kompaniyalarni tashkil topishi jihatidan to’rt turga bo’lgan edi, ya‘ni, global kompaniya, transmilliy kompaniya, ko’p millatli kompaniya va baynalminal kompaniya. Rossiyalik iqtisodchilar xalqaro korporatsiyalarni quyidagicha tasnif etadilar. Xalqaro korporatsiyalar - bu xorijiy aktivlarga ega bo’lgan milliy monopoliyalar bo’lib, ularning mahsulot ishlab chiqarishi va savdo faoliyati bir mamlakatdan tashqarida amalga oshiriladi. Amerika qo’shma shtatlarida korporatsiyalar sifatida aktsiyadorlik jamiyatlari ta‘riflanadi. Jahon iqtisodiyotidagi etakchi transmilliy korporatsiyalarning aksariyati AQSh kompaniyalarining ekspansiyasi tufayli yuzaga kelganligi bois mazkur atama keng miqyosda tarqalgandir. Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy tuzilmasi sho’‘ba kompaniyalar va filiallarni tashkil etish orqali turli mamlakatlarda amalga oshiriladigan ish faolligini talab qiladi. Ushbu kompaniyalar nisbatan mustaqil ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot 385 ishlanmalari va boshqa xizmatlarga egadirlar. Umuman olganda, ular yagona yirik ishlab chiqarish majmuini tashkil etgan holda aktsionerlik kapitaliga faqat ta‘sischi davlat vakillari egalik qilishadi. Ayni vaqtda filial va sho‘ba kompaniyalar tashkil etilgan mamlakat kapitali ustunligida aralash korxonalar bo’lishi ham mumkin. Ko’p millatli korporatsiyalar – ishlab chiqarish va ilmiy-texnik asosda bir qator davlatlarning milliy kompaniyalari birlashishidan yuzaga kelgan xalqaro korporatsiyalardir. Mazkur korporatsiyaga misol sifatida 1907 yildan o’z faoliyatini boshlagan Angliya-Gollandiya kontserni hisoblangan ―Royal Datch Shell‖ni keltirish mumkin. Mazkur kompniyaning kapitali 60:40 nisbatda taqsimlangan. Ko’p millatli korporatsiyaga misol bo’lib, Yevropada birmuncha taniqli bo’lgan mashinasozlik, elektrotexnika injeneriyasi sohasiga ixtisoslashgan Shveytsariya-Shvetsiya kompaniyasi ABB (Asea Brown Bovery)ni keltirish mumkin. Xalqaro xuquqiy normalar nuqtai nazaridan ko’p millatli korporatsiyalarning o’ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
– ko’p millatli aktsiyadorlik kapitalining mavjudligi;
– ko’p millatli boshqaruv markazining mavjudligi;
– xorijiy filiallar ma‘muriyatini mahalliy sharoitlarni biladigan kadrlar bilan to’ldirish. Oxirgisi, ko’pgina transmilliy korporatsiyalarga xos bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Xalqaro korporatsiyalar yuzaga kelishidan buyon bir qancha bosqichlarni boshdan kechirishgan. Zamonaviy xalqaro korporatsiyalarning birinchi avlodi, umumiy tarzda xom-ashyo transmilliy korporatsiyalari sifatida namoyon bo’lishgan. Birinchi jahon urushi va urushdan keyingi davrda TMKlar qurol-yarog’ ishlab chiqarishga ixtisoslashgan holda o’z faoliyatlarini rivojlantirishdi. Ushbu bosqichda TMKlarning rivojlanishi jahon iqtisodiyotiga va jahon xo’jalik aloqalariga unchalik ahamiyatli ta‘sir ko’rsatmadi. XX asrning 40-yillari boshlarida xalqaro monopoliyalarning umumiy soni 300 tadan oshmasdi. Xalqaro korporatsiyalar yuzaga kelgan davrdan boshlab asta-sekinlik bilan o’z faoliyatlarining istiqboldagi strategiyasini ishlab chiqishdi. Ularning asosiy belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) o’zining ishlab chiqarishini xorijiy xom-ashyo bilan ta‘minlash;
2) filiallari tarmog’i orqali xorijiy bozorlardagi o’rnini mustahkamlash;
3) asosiy mamlakatdagiga qaraganda ishlab chiqarish xarajatlari past mamlakatlarda ishlab chiqarishni joylashtirish;
4) tabaqalashtirilgan ishlab chiqarish-savdo-moliya faoliyatiga yo’naltirilganlik.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyati orqali iqtisodiyotda quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
– ishlabchiqarishning yirik hajmi va ko’lami hisobiga mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni kamaytirish;
– ishlab chiqarishning samarali tashkil etilishi hisobiga mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvni yanada chuqurlashtirish;
– tashqi muhit o’zgarishlariga tezda moslashish;
– xorijiy bo’linmalar orqali ular joylashgan mamlakatlardagi bozorlar holatining va mahsulotlarga bo’lgan talab darajasining o’zgarishiga tegishli ma‘lumotlarni to’plash hamda tahlil etib borish;
– jahon bozoridagi talabning o’zgarishiga muvofiq strategik loyihalarni amalga oshirish.
Agar kompaniya jahon bozorlarida faoliyat yuritishning quyidagi talablarini kompleks tarzda hisobga olsa, xalqaro korporatsiyalarning strategiyasi global bo’lib hisoblanadi:
– raqobat va bozorlarning umumjahon holatini doimiy muhokama qilish;
– o’zining raqobatchilarini va global raqobat kurashida faoliyat yuritish usullarini yaxshi bilishi;
– o’z faoliyatini umumjahon yoki yirik mintaqaviy ko’lamda amalga oshirishi;
– o’z foydasining ma‘lum qismini ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirishi va yuqori texnologiyali tarmoqlarda faoliyat ko’rsatishi;
– tez moslashuvchan axborot, ishlab chiqarish, moliyaviy texnologiyalar yordamida o’z faoliyatini muvofiqlashtirishi;
– o’zining korxona va ishlab chiqarish filiallarini yagona xalqaro boshqaruv tarmog’iga birlashtirish va boshqa transmilliy korporatsiyalar bilan o’zaro yaqin aloqalar o’rnatishi. Hozirgi davrda xalqaro korporatsiyalar faoliyati rivojlanishiga xos bo’lgan asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:
– jahon bozoridagi talabning o’zgarishiga tezda moslashishi;
– umumjahon global strategiyasi doirasida faoliyat ko’rsatib jahon bozorining barcha tarkibiy qismlariga ta‘sir o’tkazish imkoniga egaligi;
– ishlab chiqarishning global omillaridan keng tarzda foydalanishi;
– xalqaro korporatsiyalar deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro ishlab chiqarishning global tizimini yarata olishganligi. Zamonaviy transmilliy korporatsiyalarning faoliyat yuritish mexanizmida bank va moliya institutlari juda muhim rol o;ynaydi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va baynalminallashuvi jarayonlari, moliya sohasidagi kuchli raqobatlashuv kurashi transmilliy banklarning shakllanishiga va faoliyatining kengayishiga imkon yaratdi. Transmilliy banklarning xususiyati, birinchidan, o’zlarining milliy bozorlarida etakchi rol o’ynovchi yirik banklarning faoliyati bilan belgilanadi. Ikkinchidan, ularning faoliyatida xalqaro operatsiyalarning ulushi yuqori bo’ladi. Shuningdek, ular tomonidan xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish xorijdagi bo’limlarining bir-biri bilan o’zaro aloqador tarmog’i orqali sodir bo’ladi. Uchinchidan, transmilliy banklar turli xildagi xizmatlarni ko’rsatish qobiliyatiga va yirik moliyaviy kapitalga ega bo’lgan moliyaviy institut hisoblandi.
Jahon xo’jaligida ro’y berayotgan iqtisodiy jarayonlarning obyektiv natijasiga ko’ra vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar o’ziga xos hususiyatga ega. Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar xalqaro mehnat taqsimotining faol ishtirokchisi bo’lib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar, transmilliy banklar, xalqaro moliyaviy markazlar faoliyati doirasining kengayib borishi davlatlar iqtisodiy rivojlanishida sezilarli rol o’ynamoqda. Transmilliy korporatsiya deganda xorijiy aktivlarga va xalqaro miqyosda iqtisodiyotning biror-bir sohasiga kuchli ta‘sir ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lgan yirik ishlab chiqarish birlashmalariTransmilliy korporatsiyalarning huquqiy tuzilmasi sho‘ba kompaniyalar va filiallarni tashkil etish orqali turli mamlakatlarda amalga oshiriladigan ish faolligini talab qiladi. Ushbu kompaniyalar nisbatan mustaqil ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari va boshqa xizmatlarga egadirlar.


Download 35.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling