Jahon iqtisodiyotini globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakillari. Reja; Kirish


O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi mlrddan oshdi


Download 124.96 Kb.
bet5/6
Sana17.02.2023
Hajmi124.96 Kb.
#1205707
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ik 419. Aminjonov Og\'abek tayyor

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $40 mlrddan oshdi


Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilish mumkinki, yagona bozorning amalga oshirilishi bu asosan iqtisodiy maqsad, yani aholi va firmalarga sotib olish yoki sotish, qarz berish yoki qarz olish, ishlab chiqarish yoki istemol qilishni hozirgi vaqtgacha ular o’z mamlakatlari ichida qilgani kabi Hamjamiyat o’zra amalga oshirish imkonini berish hisoblanadi.
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Jumladan, eksport hajmi qariyb $15,5 mlrdga (+23,8%), import esa $24,6 mlrdga (+21,2% ga) yetdi. Hisobot davrida — $9,1 mlrd qiymatida passiv saldo qayd etildi.
2022 yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 7,3 mlrd dollarga yoki 22,2% ga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan sharhda ma’lum bo‘ldi.
TSAda eksport hajmi qariyb 15,5 mlrd AQSh dollariga (23,8% ga ko‘paydi) va import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollariga (21,2% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida — 9,1 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
1-jadval

Chet el davlatlarining Tashqi savdo aylanmasi bo'yicha statistikasi
(mln dollar)

T/r

Davlatlar nomi

Eksport

Import

O'sish surati

1

Rossiya

2478.3

4960.6

18.60%

2

Qozoqiston

1140.1

2581.1

9.30%

3

Turkiya

1287.8

1403.8

6.70%

4

Janubiy Koreya Res

41.6

1935.1

5.10%

5

Qirg'iziston

772.8

217.1

2.50%

6

Germaniya

81

789.4

2.20%

7

Turkmaniston

170.6

443.5

1.50%

8

Afg'oniston

579.2

7.3

1.50%

9

Hindiston

29.3

530

1.40%

10

Xitoy Xalq Res

2240.1

5260.9

18.70%

Eksport hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Xitoy ($2,2 mlrd), Rossiya ($2,5 mlrd), Qozog‘iston ($1,1 mlrd), Turkiya ($1,3 mlrd) davlatlarida qayd etildi.
Eng kam eksport hajmi esa Janubiy Koreya Respublikasi ($41,6 mln) va Hindiston ($29,3 mln) bilan amalga oshirilgan.
Mahsulot ham xizmatlarning eng ko‘pi Xitoy Xalq Respublikasi ($5,2 mlrd), Rossiya Federatsiyasi ($4,9 mlrd), Qozog‘iston ($2,6 mlrd)dan olib kelingan. Eng kam import Afg‘oniston ($7,3 mln) bilan amalga oshirildi.
Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021 yil fevral oyida qayd etilib, 5,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 2,8 mln AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 4,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga kamaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda, deyiladi qo‘mita sharhida.
Yanvar- oktabr oylarida ijobiy saldo Afg‘oniston (572 mln dollar), Qirg‘iziston (555,7 mln dollar) va Tojikiston (271,4 mln dollar) davlatlari bilan kuzatildi.
195 ta mamlakat orasida tashqi savdo ayoanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,7%), Rossiya Federatsiyasida (18,6%), Qozog‘istonda (9,3%), Turkiyada (6,7%), Koreya Respublikasida (4,9%), Qirg‘iz Respublikasi (2,5%) va Germaniyada (2,2%) qayd etilgan.
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 39,6 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021 yilning mos davriga nisbatan ulushi 1,5% ga ko‘paygan.
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 39,1% ulush bilan 15,7 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,8% ulush bilan 319,7 mln dollarni tashkil etdi.
Eksport
Yanvar-oktabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6 586 tani tashkil etib, ular tomonidan 12,5 mlrd AQSh dollari (oltindan tashqari) qiymatidagi (2021 yilning mos davriga nisbatan 123,3% ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,8% ни tashkil etib, ular sanoat tovarlari (23,9%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,2%) va kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (7,1%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘tgan 10 oy davomida xizmatlar sohasi, sanoat tovarlari va oltin eng ko‘p eksport qilingan.
Eksportning eng katta hajmi 2022 yil fevral oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 1,9 mlrd AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida eksport hajmi 1,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 33,4 foizga kamaydi.

Re1spublika eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 24,5% ulush bilan 3,8 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Jizzax viloyati 1% ulush bilan 161,1 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Import


O‘tgan 10 oy davomida import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollarini va 2021 yilning mos davriga nisbatan 121,2% ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, машиналар va transport asbob-uskunalari (31,6%), sanoat tovarlari (19,3%) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (13,9%) hisobiga to‘g‘ri keldi.
Importning eng katta hajmi 2022 yilning mart oyida qayd etilib, 2,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 8,6 mlrd AQSh dollariga kamaydi. 2022 yil oktabr oyida import hajmi 2,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 12,6 foizga ko‘paydi.
Respublika importi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 48,4% ulush bilan 11,9 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,5% ulush bilan 130 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Xulosa
Globallashuv, global iqtisodiyotning mohiyati, mazmuni va ahamiyati, uning rivojlanishi, samaradorligi va samaradorligini baholash usullari, yо‘nalishlari, tarkibiy qismlari, ta’sir etuvchi omillari, muammolari, yangiliklari, fanning predmetini tashkil etadi.
Globallashtirishning yana bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyot – texnologik innovatsiyalar bо‘lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bо‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g‘oya va axborot mahsulotlarini chegaraviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi.
Hech bir, hatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanmagan, mutloq yetarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi. Kо‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bо‘ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, о‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va о‘qitilgan mutaxassislarning yо‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin.
Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqtisodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi. Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya” bilan izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz.
Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda.
Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir
Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda.
Bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar.
Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining paydo bо‘lishiga olib keldi.
Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar о‘rtasida ziddiyat unchalik qat’iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bо‘yicha).



Download 124.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling