Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet85/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Relyefi tog‘li. Iqlimi shimolda kontinental, janubda tropikdan subtropikgacha o‘zgarib boradi. Tabiiy boyliklari yetarli o‘rganilgan emas.
Aholi soni 32,7 mln. kishi, zichligi 1 km2 ga o‘rtacha 48 kishi. Har 1000 kishiga tug‘ilish 37 va o‘lim 19 kishidan to‘g‘ri keladi. Aholining 0-14 yosh- dagilari 43%, 65 va undan yuqori yoshdagilari 3% ni tashkil qiladi. 0‘rtacha umr erkaklarda 43, ayollarda 42 yoshga teng. Aholisining 22,9%i shaharlarda yashaydi.
Aholisi ko‘p millatli. Asosiy millat vakillari bo‘lgan pushtunlar bilan bir qatorda tojiklar, o‘zbeklar, turkmanlar, xazorliklar va boshqalar istiqo- mat qiladilar. 0‘zbeklar shimoliy va shimoli-g‘arbiy provinsiyalarda, tojiklar shimoliy va shimoli-sharqiy provinsiyalarda keng tarqalgan. Turkmanlar Badxiz provinsiyasida, xazorliklar Bomiyon va Hirot provinsiyalarida istiqomat qiladilar.
Xo‘jaligi 1979-yildan boshlab deyarli 10 yil davom etgan fuqarolar urushi tufayli achinarli ahvolga tushib qolgan. YIM ning 36% i qishloq xo‘jaligida, 24% i sanoatda, 39% i xizmat ko‘rsatish sohasida ishlab chiqariladi. YIM 2012- yilda 40,7 mlrd. AQSH doll.ni tashkil etdi (sotib olish paritetini hisobga olganda).
Sanoat tarmoqlaridan neft qazib olish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va oziq-ovqat tarmoqlariga tegishli korxonalar Kobul, Mozori-Sharif, Maymana, Qunduz va boshqa shaharlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hozirgi vaqtda xalqaro hamjamiyat ajratgan moliyaviy yordamlar asosida zamonaviy sanoat korxonalari qurilmoqda.
Qishloq xo‘jaligining asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etadi. Keyingi yillarda yuz bergan siyosiy beqarorlik ekinlar tarkibiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Sug‘orma yerlaming katta maydonlarida norasmiy guruhlar tomonidan ko‘knori o‘stirilib, qoradori va geroin ishlab chiqarish uchun asos tayyorlanmoqda. Afg‘onistonning keyingi yillarda qoradori va geroin yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotganligi qo‘shni davlatlar, shu jumladan 0‘zbekistonda ham notinchlik keltirib chiqarmoqda. Umuman olganda, dehqonchilikda boshoqli ekinlar va paxta ekish, meva va uzum yetishtirish muhim rol o‘ynaydi. Chorvachilik ekstensiv xususiyatga ega. Qo‘ychilik va echkichilik birmuncha yaxshi rivojlangan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling