Amaliy mashg’ulotlari mavzulari.............................................................................................................93
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..........................................................................................................96
Talabalar mustaqish ish mavzulari..........................................................................................................97
Glossariy.....................................................................................................................................................98
KIRISh
Amaldagi 5110500-geografiya o’qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi davlat ta’lim standarti (2017) hamda «Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya» fanning o’quv dasturiga (2017) muvofiq talabalar Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning “Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursi bo’yicha dunyoning siyosiy kartasi, jahon tabiiy resurslari, dunyo aholisi, jahon iqtisodyoti, jahon sanoati, jahon qishloq xo’jaligi, jahon transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari, dunyoning global muammolari, yevropa ittifoqi davlatlari, evropa mamlakatlarining umumiy tavsifi, g’arbiy yevropa davlatlari, shimoliy yevropa davlatlari, janubiy yevropa davlatlari, sharqiy yevropa mamlakatlari, shimoliy amerika mamlakatlari, lotin amerikasi davlatlari, osiyo qit’asi subregionlari, sharqiy osiyo davlatlari, yaponiya, xitoy xalq respublikasi, koreya respublikalari, janubi-sharqiy osiyo mamlakatlari, janubiy osiyo mamlakatlari, janubi-g’arbiy osiyo davlatlari, avstraliya va okeaniya davlatlari va afrika davlatlari bilan tanishish, tegishli bilimga ega bo’lishlari talab qilinadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining (Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining)-maqsadi talabalarni keng doirada respublikamizga qo’shni va uzoq xorij davlatlarining o’ziga xos geografik o’rni, tabiiy boyliklari, aholisi va mehnat resurslari, ular xalq xo’jaligining asosiy xususiyatlari, ishlab chiqarish tarmoqlarining tarkibi va hududiy joylashuvi, tashqi iktisodiy aloqalari, iqtisodiy rayonlari va ular o’rtasidagi geografik va ekologik tafovutlar bilan tanishtirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |