Jahon mamlakatlari iqtisodiy


-MAVZU: SHIMOLIY AMERIKA MAMLAKATLARI


Download 1.43 Mb.
bet37/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

7-MAVZU: SHIMOLIY AMERIKA MAMLAKATLARI
Reja:
Shimoliy Amerika mamlakatlari. Shimoliy Amerika mamlakatlari iqtisodiy va siyosiy, geografik ta’rifi. AQSH iqtisodiy va siyosiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti, tabiiy resurslari, uning xilma-xilligi. Aholisi va mehnat resurslari. Davlat tuzumi, mamlakatning ma’muriy va hududiy bo’linishi. AQSH shtatlari. Iqtisodiyoti. Sanoat, qishloq xo’jaligi tarmoqlari, transport tizimining xususiyatlari, rekreatsion resurslar va turizm. Tashqi iqtisodiy aloqalari, turli guruhdagi mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari.
Kanada hududining kattaligi iqtisodiy va siyosiy geografik o’rni, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. Aholisi va mehnat resurslari. Davlat tuzumi, tarixiy rivojlanish xususiyatlari. Iqtisodiyotiga umumiy tavsif.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Shimoliy Amerika davlatlari, ko’chma kapitalizm.

Shimoliy Amerika mamlakatlari qatoriga Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada kiradi. Umumiy maydoni 19 344 ming km2, aholisining soni (2013-yil iyul oyiga nisbatan) 353,2 mln. kishiga to‘g‘ri keladi. Federativ respublika AQSH, Kanada-Hamdo‘stlik tarkibidagi mustaqil Federativ davlat. Mamlakatlarming geografik o‘mi juda qulay, ikki, hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo‘liga ega.


Tabiiy resurslarga juda boy. Aholi, asosan, tabiiy ko‘payish va qisman migratsiya hisobiga o‘smoqda. Aholi sonining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 0,6-0,7 % gacha yetadi. Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g‘arbiy va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan tekislik va tog‘oldi mintaqalarida istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning Buyuk ko‘llarga tutash hududlarida, Atlantika va Tinch okeani sohillarida aholi, ayniqsa, zich joylashgan. Aholi amerikalik inglizlar, kanadalik inglizlar, kanadalik fransuzlar va boshqa xalqlardan iborat. Shahar aholisining ulushi 80% dan oshadi.
Xo‘jalikning negizini sanoat tashkil etadi. Xalqaro iqtisodiy aloqalami amalga oshirishda, ya’ni eksport-import ope- ratsiyalarida dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo‘l va avtomobil transporti muhim rol o‘ynaydi. Quvur transporti yuqori darajada rivojlangan.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling