- Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi - Ta’lim to’g’risida g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti F.Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni “Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan.
- Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni ikki mingdan ortiq. Frantsiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug’ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro ta’lim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga qaratilgan.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari - XX asrning 80-yillaridan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi singari o’rganilishi majburiy bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o’quv jadvalining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan o’quv fanlarini tanlab olish o’quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
- «Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |