Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari
Download 44.61 Kb.
|
Ilm-texnik taraqqiyoti 2021 KURS ISHI
Fundamental tadqiqotlar - bu olib boriladigan tadqiqotning mavjudligi tahlili, tabiiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat. Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va qonuniyatlar, yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish yo‘llari va tamoyillari ishlab chiqish imkoniyati paydo bo`ladi.8
Izlanuvchi mehnati mahsuli, jamoa faoliyati va fundamental izlanuvchilar ijrochilarining tadqiqot natijalari yangilik yaratganliklari haqidagi rasmiy hujjatlar, mualliflik huquqini tasdiqlovchi patentlar, monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, hisobotlar va ilovalarda o‘z aksini topadi. Bu ishlar ilm-fanni bevosita ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun ishlatiladi, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, amaliy ish sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu nazariyalarni kelajakda rivojlantirib, ularni amaliyotga qo‘llashga harakat qilinadi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun obyektni prognozlash uchun ekspert usullaridan keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda usul tanlash obyektning xususiyatidan kelib chiqadi. Amaliy tadqiqotlar mohiyatan ikki vazifasi mavjud: birinchidan, u fundamental tadqiqotlami tahlil qilish yangi ish qurollari (texnika, texnologiya, materiallar va boshqalar) yaratish maqsadida uni rivojlantirish; ikkinchidan ishlab chiqarish jarayoni holatini tahlil qilish hamda mavjud texnika asosida yangi texnika asosini yaratish va ularni amaliyotga keng joriy etishdan iborat. Amaliy tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma, normalar, uslubiyot, me’yorlar, me’yor aktlarning asosliligi bilan yaratilgan amaliy-ilmiy tadqiqot natijalari va ularni bevosita amaliyotga joriy qilishdan iborat bo‘lib obyekt sifatida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Amaliy tadqiqotlami prognozlashning asosiy belgilari quyidagilar: tadqiqotga ketgan xarajatlar hajmi, kerakli materiallar miqdori, moliyaviy resurslar miqdori, ilmiy xodimlaming malakasining oshishi, yangi mutaxassislarga bo‘lgan talab, tadqiqotning moddiy ta’minlanganligi, tadqiqotga bo‘lgan talab va ehtiyoj. Ilmiy ishlanmalar deganda konstruktorlik, texnologik, loyihalar asosida yangi texnikalar, texnologiyalar, mahsulotlar hamda ishlab chiqarilgan mehnat jihozlari va qurollarini modemizatsiyalash ularni tajribalardan o‘tkazish tushuniladi. Ishlanmalar amaliy tadqiqotlarga o‘xshab ketadi, lekin u davlat standartlariga javob berishi kerak. Ularni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud: konstruktorlik va texnologik ishlanmalar ustidan ishlash tartibi, tajriba namunalari, tajriba partiyasi, ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorligini tekshirish. Konstruktorlik - tajribaviy ishlanmalar tarmoq ilmiy tekshirish tashkilotlari konstruktorlik loyiha tashkilotlar hamda konstruktorlik va texnologik ishlab chiqarish byurolar birlashmalar tomonidan sanoat tashkilotlari tarkibida amalga oshiriladi. Asosiy tarmoqlarning ilmiy tekshirish institutlari tomonidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarga kerakli ishchi kuchi, ularning vazifalari belgilangan boshqaruv tashkilotlar tomonidan belgilanadi. Agar yangi texnologik jarayon seriyali ishlab chiqarishga to‘la tayyor bo‘lsa, tajribaviy konstruktorlik ishlanmalar yakuniga yetkazilgan bo‘lib hisoblanadi. Ishlanmalarning yakuniy mahsuli ixtiro uchun berilgan ariza, chizmalaming yangi texnika yaratishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni yangi boshqaruv sistemasi, yangi sexlarni barpo etish loyihalarida ifoda etiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlash yuqori darajada murakkab bo‘lganligi uchun jamoa ekspertlar usullaridan ko‘proq foydalaniladi.9 Ilm va texnika rivojlanishining bosh yo‘nalishlari deganda, ilmiy- texnologik rivojlanishga va mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli va joriy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga o‘z hissasini qo‘shuvchi izlanish va kashfiyotlarning sohasi tushuniladi. O‘zbekiston hukumati bilan ilm va texnika rivojlanishining quyidagi bosh yo‘nalishlari tasdiqlangan: Fundamental izlanishlar; Axborot texnologiyalar va elektronika; Ishlab chiqarish texnologiyalar; Yangi materiallar va kimyoviy mahsulotlar; Тirik tizim texnologiyalari; Тransport; Yoqilg`i va energetika; Ekologiya va tabiatdan foydalanish. Undan tashqari har bir yo‘nalish texnologiyalar darajasida konkretlashtirilgan. Natijada bir necha yuz texnologiyalardan 70 tasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim bo‘lgan texnologiyalar tanlab olingan. Aynan shu bosh yo‘nalishlar, jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ХХI asr boshida iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar asosi bo‘lgan yangi texnologik bazani shakllantirishda magistral hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 70 ta kritik texnologiyalardan 17 tasi O‘zbekiston ilmida jahondagi darajasidan ustun turadi:
aviatsion va kosmik texnika; atom energetikasi; oqsil preparat va komponentlari; biomoslashgan preparatlar; biomuhandislik asosidagi biotexnologiya; katalizatorlar; keramik materiallar va nokeramika; membranalar; rekombinant vaksinalar; eng qattiq materiallar; ekstremal sharoitlarda insonni himoyalash va hayotni ta‘minlash tizimlari; sun‘iy intelekt va virtual reallik tizimlari; nutq, tekst va ko‘rinishlarni aniqlash sistemalari; immunokorreksiya texnologiyalari; tabiiy-texnogen muhitning monitoring texnologiyasi; ekosistemalar iqlimining rivojlanishi va gidrogeologik hamda resurs o‘zgarishlarni rivojlanishni prognozlashtirishning texnologiyalari; Ilm rivojlanishining bu yo‘nalishlari O‘zbekiston hukumati qarorlariga binoan birinchi navbatda moliyalashtiriladi va rivojlantiriladi. Shunday qilib, quyidagi bosh yo‘nalishlarni amalga oshirishning muhim sharti bo‘lib, u ilmiy muhitni yetarli darajada moliyalashtirish shartidir. Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat‘iy iqtisodiy o‘sishni ta‘minotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Undan tashqari ilmiy-texnik potensialni oshirish va saqlashni, asbob-uskunalarning o‘z vaqtida yangilanishini, texnologik tizimlar va asbob-uskunalarning sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikning material-texnik bazasini rivojlantirishni ta‘minlash zarur. Faqatgina ko‘rsatilgan shartlarni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda ilmiy-texnika taraqqiyotni rivojlanishining prognoz baholari ijobiy bo‘lishi mumkin. Download 44.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling