Mavzu-1: Kosmonavtika fani va uning rivojlanish bosqichlari


Download 1.9 Mb.
bet1/16
Sana14.12.2022
Hajmi1.9 Mb.
#1003960
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Косманавтика асослари TAYYOR 35




O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI




OLIY VA O’RTA MAXSUS VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNVERSITETI




FIZIKА KАFЕDRАSI




« KOSMONAVTIKA ASOSLARI»

FАNIDАN




MА’RUZА MАTNLАRI




tUZUVCHILAR: Z. XUSANOV


TAQRIZCHI: M. SOBIROV


FARG’ONA - 2017




Mavzu: Kosmonavtika fani va uning rivojlanish bosqichlari.
Reja:
1.Kosmonavtika fani va uning maqsadi.
2.Kosmonavtika fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
3.Kosmonavtikaning shakllanishi.
Muammoli vaziyat:Kosmonavtikaning mohiyatini ochish.
“Kosmonavtika” so’zining ma’nosi grekcha ikki so’zidan olingan bo’lib, “kosmos” va “nautika” – “kema boshqarish san’ati”, ya’ni “koinot bo’ylab suzish” degan ma’noni beradi. U raketa va kosmik apparat (KA) lardan foydalanib, insoniyat ehtiyoji uchun kosmik fazo va Yerdan tashqi samo ob’ektlarini o’zlashtirishni ta’minlaydigan fan va texnika bo’limlarini uYushmasidir. Nazariy kosmonavtikaning asosi quyidagi 3 ta yo’nalish ustiga qurilgan:
1.Kosmik apparatlarning uchish nazariyasi
2.Raketa texnikasi
3.Koinot haqidagi astronomik bilimlar to’plami
Kosmonavtika bag’rida yangi ilmiy-texnik yo’nalishlar, ya’ni kosmik ob’ektlarni boshqarish tizimlar nazariyasi, kosmik biologiya va medisina va xakozolar. Kosmonavtika yordamida Yer va Yerning biologik holati, uning tabiiy resurslari, o’rmon va qishloq xo’jaligi Yer maydonlari o’rganilmoqda. Hozirgi kunda kosmonavtika insoniyat hayotida alohida o’rinni egallamoqda.
Kosmonavtika barcha tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Kosmik raketa texnikasi mavjud texnika fanlarining Yutug’iga tayanadi. Kosmik apparat kosmosda maqsadga muvofiq harakatlanishi va mo’ljallangan fazoning nuqtasiga yoki kosmik ob’ektga aniq vaqtda yetib borishi uchun hisob-kitobni olimlar, texnik xodimlar astronomik jismlar harakatiga tayangan holda amalgam oshiradilar. Osmon jismlarigacha bo’lgan masofalar, ularning o’lchamlari, massalari va boshqa fizik parametrlari haqida astronomlar allaqachon etarlicha ma’lumot to’plaganlar bilimlar to’plaganlar. Bu ma’lumotlar kosmosga uchishda juda qo’l keladi.
Yer atmosferasining zichligi, temperaturasi, magnitosferasi radiasion poyaslari haqida ma’lumotga ega bo’lmay turib, birorta kosmonavt Yer atrofida bevosita uchirilmagan, shuningdek, Oy tabiatini bilmay turib, unga yo’llanmagam bo’lur edi. Mexanika qonunlarisiz KA lar, sun’iy yo’ldoshlar, orbital stanaiyalarni Yer atrofi zonasiga, planetalarga uchirishning iloji yo’q. Kosmik apparatlarni Quyosh sistemasi jismlariga muofaqiyatli uchiriahlar, planeytalar va ularning yo’ldoshlariga tegishli ma’lumotlarni ( o’lchamlari, masofalari, massalari va boshqalarni ) aniqligini tasdiqlashdan tashqari astronomiya qo’llayotgan metodlarning naqadar to’g’riligiga ham ishonch hosil qildirdi.
Kosmonavtika, Astronomiya faning rivojlantirishga katta hissa qo’shib kelmoqda. Kosmik apparatlar, stasiyalar bortidan samoviy ob’ektlarni optic va ko’zga ko’rinmas nurlarda (ultrabinafsha, infraqizil, roentgen va radionurlarda ) o’rganish imkonini berib, ohirgi 10 yilliklaeda bizning Koinot ob’ektlari va ularning sistemalari haqidagi bilimlarimizning misli ko’rilmagan holda boyitdi
Kosmosga uchiriluvchi apparatlarni konstruksiyalarini ishlab chiqish va ularning harakatlarini boshqarish, ulardan informasiya olishda olimlar, injener texnik xodimlar fizik qonunlarga tayanadilar. Quvvatli raketa dvigatellarini qurishda, raketa texnikasi ehtiyojlarini qondirish uchun yonish va yonish mahsulotlarining oqimi fizikasiga tegishli talay fundamental tadqiqot ishlarini bajarishga to’g’ri keldi.Kosmonavtika ximik bilimlarga ham keng tayanadi. Kosmik texnika moddalarning turli ximik xossalariga Yuqori talab qo’yadi. Xususan, issiqqa chidamli, yemirilmaydigan va boshqa xossalari bo’yicha Yuqori ko’rsatkichlarga ega materiallar, yoqilg’I mahsulotlari ximiyasiga kosmonavtikaning ehtiyoji juda katta. Yoqilg’I mahsulotlarini keng sanoat masshtabida olishning effektiv texnologiyasini ishlab chiqishda ximiklarning roli beqiyos.
Kosmonavtika sohasida izlanishlarni matematikasiz tasavvur etib bo’lmaydi. Murakkab matematik izlanishlar, kosmosga uchiriladigan apparatlarni konstruksiyalash, tayyorlash va uchirishni amalga oshirish jarayonlarida qo’llaniladi. Umuman aytganga, kosmonavtikaga oid birorta tadqiqotni hisob -kitobsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Oxirgi yillarda kosmonavtika o’nlab biologic eksperimentlarni rejalashtirdi va amalga oshirdi. Turli kosmik sharoitlarda (vacuum, vaznsizlik, radiasiya va boshqalar) inson organizmidagi o’zgarishlar bo’yicha Yuzlab medico – biologic eksperimentlar, ularning salbiy ta’sirlaridan insoniyatni ogoh qildi. Ko’plab texnika fanlarining tajribasi kosmonavtikada keng qo’llaniladi. Ayniqsa, kosmonavtikaning rivojida aviasion texnika Yutuqlari keng qo’llaniladi.
Zamonaviy kosmik texnikani ishga tushirish, turli sohalarda ishlaydigan Yuzlab olimlar, injener-texnik xodimlarning ijodiy ishlarini uyg’unlashtirish asosida amalgam oshirildi.
Kosmonavtika va raketa texnikasining rivojlanish tarixi shuni ko’rsatadiki, bu yo’nalishda juda ko’p olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Raketaning birinchi yaratuvchisi noma’lum, ammo u haqida dastlabki fundamental asarni K.I. Konstantinov 1864 yilda tutunsiz porox yordamida harakatlanuvchi raketa dvigatelini yaratdi. Bug’simon kosmik muhit yordamida uchirish imkoniyati yaratildi. Kosmonavtika asoachisi Konstantin Eduardovich Sialkoviskiydir. U 1883 yildayoq kosmik fazoga uchish apparatlarda reaktiv harakatning imkoniyatini mavjudligini ifodalab berdi. “Bo’sh (erkin) fazo” asarida uchishda kuzatiladigan vaznsizlikda kosmonavtning og’irlik kuchi, havoning qarshiligi va ishqalanish kuchisiz harakatni qanday his qilishi shuningdek raketa divigatelining prinsipial sxemasini ko’rsatib berdi. (bochka va gaz sxemasi) 1893 yilda “Oyda” 1903 yilda “Reaktiv asboblarda Dunyo fazosini o’rganish” asarida kosmik uchishlarda reaktiv dvigatelardan foydalanish ideyasini to’la asoslab berdi. 1929 yilda esa raketa dvigatellarida suYuq yoqilg’idan foydalanishi va raketa nazariyasini to’liq yoritib beruvchi maqolasi chop etildi .Kosmik uchishlar yaqin kelajakda albatta amalgam oshirishni oldindan bashorat qildi. Sialkovskiyning ishini Sander dabom ettirdi. 1924 yilda Uning “Boshqa sayyoramizga uchish” maqolasida samolyot bilan raketaning birlashtirish nazariyasiga asos soldi. 1931 yilda havo reaktiv dvigateli OR-1 va suYuqlik asosida harakatlanuvchi OP-2 ni qurilishida ishitirok ettdi. OP-1ni tortuvchi kuchi 1,5H .Benzin siqilgan havo OP-2 ni tortuvchi kuchi 500H. Benzin suYuq O2 10B. Kondratyuk uchish davomida raketaning qizishini o’rganib, uning qanoti haqida fikir berdi. U raketaning harakaini ifodalovchi asosiy tenglamani o’ziga xos ko’rinishini taklif etdi va 4ta bosqichli raketani taklif etib, u kislarod –vadorodni yoqilg’I sifatida olishni taklif qildi. Tixomirov tomonidan 1921 yilda raketa dvigatelini yaratish labaratoriyasi ochildi. 1929 yilda suYuqlik asosida harakatlanuvchi raketa dvigateliga Glushko tomonidan yaratildi. GIRDga (Gruppа izuchеniya rеаktivnаya dvijеniе) va F.A.Sander, V.P.Betchinov, S,P.Korolev, M.K.Tixonrovov, Yu.A. Pobedonossev va boshqalar a’zo bo’ganlar. Korolyov tomonidan 1933 yilda l=2,4m, m=19 kg, myoq=5kg, Ftor=500N bo’lgan raketa yasaldi va unda spirt ishlatildi. U150m gacha ucha oldi. 1949 yil 9 avgustda S. P. Korolev bosh konstruktor qilib tayinlandi va uning boshchiligida ballastik raketa yasaldi. Uning massasi 14t. 1957 yil 16 mayda B-2A raketa 200km balandlikka ko’tarilib va erga qaytdi. 1958 yilda kosmik raketa B-5A, h=500km balandlikka ko’tarildi. Ko’mik raketa B-5B 1957 yil 4oktyabrda 1-suniy yo’ldoshini Yer atrofida aylanishini ta’minladi. Bu raketaning massasi m=264t, yo’ldosh m=83,6kg. d=58sm, 1961 yil 12 aprelda Gagarin uchirildi.
Nazorat savollari:

  1. Kosmanaftika fanining asosiy yo’nalishlari nechta.

  2. Kasmonaftika qanday fanlar bilan uzviy bog’liq.

  3. Kasmonaftikada astronomiya fanining o’rni qanday.

  4. Kasmonaftika va raketa texnikasining asoschilarini ayting.

  5. Birinchi suniy yo’dosh va inson qachon uchirilgan.


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling