Mavzu-1: Kosmonavtika fani va uning rivojlanish bosqichlari


Mavzu: Y.S.Y. harakatiga Oy, Quyoshning ta’siri


Download 1.9 Mb.
bet7/16
Sana14.12.2022
Hajmi1.9 Mb.
#1003960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Косманавтика асослари TAYYOR 35

Mavzu: Y.S.Y. harakatiga Oy, Quyoshning ta’siri.
Reja:
1.Oyning Y.S.Y. harakatiga ta’siri.
2.Quyoshning Y.S.Y. harakatiga ta’siri.
Muammoli vaziyat: Yerdan tashqaridagi jismlarning Y.S.Y. ga ta’siri.
Yo’ldoshlar harakatidagi Oy va Quyoshning gravatasion ta’sirini va g’alayonlanish kattaligini bilish kosmonavtikada alohida ahamiyatga ega. Y.S.Y. yer atrofida 100 000 km radiusli orbita bo’ylab harakatlansin. Asosiy ta’sir etuvchi Yerning gravatasion ta’siri bo’lib, Oyning gravatasion ta’siri g’alayonlantiruvchi bo’ladi. Yo’ldoshning g’alayonlangan tezlanishi A nuqtada ayer=aA-a3 (1)

aA-Oyning yo’ldoshga bergan tezlanishi
a3-Oyning Yerga bergan tezlanishi
a3A bo’lgani uchun a­yA Oyga tomon yo’nalgan bo’ladi. Ammo B nuqtada Oydan qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’ladi, chunki aB3. C va D nuqtalarda Yerga tomon yo’naladi. E nuqtada esa yerga urinmaga yaqin yo’nalishda bo’ladi. G’alayonlantiruvchi tezlanish 18*10-6m/s2 bo’lib, u Yerning yo’ldoshga bergan tezlanishning 0,052% ni tashkil etadi. Quyoshning gravatasion maydoni yo’ldoshning harakatiga ta’sir ko’rsatib g’alayonlantiruvchi tezlanish beradi. Bu tezlanish vektorlari orbitaning barcha nuqtalarida o’zaro doimo parallel bo’ladi, chunki quyosh Yerdan yetarlicha uzoqda joylashgan.
Ta’sir A nuqtada maksimal, B nuqtada minimal bo’ladi. Quyoshning bergan g’alayonlantiruvchi tezlanishi 8,3*10-6m/s2 bo’lib, yerning bergan tezlanishining 0,024% ni tashkil etadi. C va D nuqtalarda aec=aed=0 bo’ladi.
Agar yo’ldosh Yerga yaqin bo’lsa, g’alayonlanish miqdori kichik bo’ladi. 20000 km balandlikkacha Oy, Quyosh g’alayonlantiruvchi tezlanish og’irlik kuchining anamaligiga nisbatan kichik, 20000 km dan Yuqorida katta, ammo Yerning yassiligiga bog’liq bo’lib g’alayonlantiruvchi tezlanishdan kichik. Agar balandlik 50000 km teng bo’lganda esa Oy, Quyoshning ta’siri kuchliroqdir. Oy va Quyoshning g’alayonlantiruvchi tezlanishi Yo’ldoshning harakat orbitasining shakliga va harakat orbita tekisligining vaziyatiga, ya’ni og’ish burchagiga, Yer-Oy va Yer-Quyosh yo’nalishiga nisbatan katta o’qiga bog’liqdir. Agar yo’ldosh orbita tekislik yo’nalishiga Oy-Quyosh yo’nalishi bir xil bo’lsa, g’alayonlanish kuzatilmaydi. Agar yo’ldosh harakat orbita tekisligi Quyosh yo’nalishiga tik bo’lsa, g’alayonlanish kuzatilmasligi kerak. Oyning g’alayonlantiruvchi effekti balandlik 100000 km bo’lgan orbita bo’ylab bir marta aylanib chiqish davomida davr 220 s ga, oldinga ketish 570 km, yondan siljish 130 km, orbitaning og’ish burchagi 4o10 bo’ladi. Quyoshnikin esa 2,2 marta kichik. Agar harakat orbitasi turli radiusli aylanadan iborat bo’lib, uning harakat orbita tekisligi ekliptika tekisligi bilan kichik burchak tashkil etsa yoki Oy orbitasicha bo’lsa g’alayonlanish yetarlicha kichik bo’ladi. Harakat orbitasi uzunchoq ellips bo’lsa, g’alayonlanish orbitani butunlay o’zgartirib Yuborishi mumkin. Bu holda apogey nuqtasida g’alayonlanish kuchliroq bo’ladi, ya’ni g’alayonlantiruvchi tezlanish birinchidan peregeydagiga nisbatan katta, ikkinchidan Yerning tortishishning katta qismini tashkil etadi, uchinchidan kichik orbital tezlikka ega. Agar g’alayonlantiruvchi tezlanish apogey tezlik yo’nalishiga ko’ndalang bo’lmasdan uning yo’nalishida yoki qarama-qarshi bo’lsa, apogeydagi effect kuchliroq kuzatiladi. da bir xil ellips orbitasiga ega bo’lgan harakatda Oyning g’alayonlanlashtirishi ko’rsatilgan. 1 va 2 orbitada g’alayonlantiruvchi tezlanish tezlik yo’nalishiga qarama-qarshi bo’lgani uchun uning tezligi va peregey pasayadi, 3va 4 da esa aksincha tezlik va peregey kattalashadi. Apogey balandligi 50000 km dan 100000 km da bitta aylanishda peregey balandligi 65,5 km ga kamayadi. Peregeyning pasayishi apparatning Yer atmosferasiga tushib, uning faoliyatining tugallanishiga sababchi bo’ladi. Yetarlicha katta ellips orbitalarida Oy tomonidan g’alayonlantirish yanada murakablashadi, chunki Oy Yer atrofida harakatlanadi, shuningdek apogeydagi tezlik kichik bo’ladi. Apogeyi Oy orbitasidan tashqaridagi bo’lgan yo’ldoshning taqdiri turlicha bo’ladi. Oy-Quyoshning birgalikdagi ta’siri orbita peregeyning kamayishiga yoki ortishiga sabab bo’lib, uning Yer ta’sir sferasidan chiqib ketishiga va sun’iy planetaga aylantira oladi. Bu hodisalar “luna-3” va “luna-4” apparatlarida kuzatildi. SY ning harakatiga Quyosh nurlarining bosimi ham ta’sir qiladi. Bu ta’sir SY ning sirti va massalar orasidagi nisbatga bog’liqdir. Agar o’lcham kichik bo’lsa, ta’sir kuchli bo’ladi. SY ga Quyosh nurlaridan tashqari Yerning issiqlik nurlanishi ham ta’sir qiladi.
Nazorat savollari.
1. Qanday vaziyatlarda Oyning ta’siri kuchli bo’ladi?
2. Nima uchun harakat orbita tekisligi o’zgaradi?
3. Orbitaning qaysi nuqtasida balanlik va tezlik tezroq o’zgaradi?
4. Ta’sir turlarini ayting?

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling