Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o'rtasidagi aloqalarning kuchayishi va global moliya bozorining shakllanishi reja


Foizli stavkalarni tenglashtirish


Download 437.5 Kb.
bet10/12
Sana22.06.2023
Hajmi437.5 Kb.
#1648795
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o\'rtasidagi aloqalarn

Foizli stavkalarni tenglashtirish.
Moliyaviy bozordagi raqobat ekvivalent aktivlarga kiritilgan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalari bir xil bo‘lishiga olib keladi. Faraz qilaylik, misol uchun bir yillik AQSH G‘aznachilik veksellari bo‘yicha bugungi kunda 4% to‘lamoqdalar. Boshqa ilg‘or moliya tashkilotlarining, misol uchun Jahon banki (World bank)ning dollarli qarz majburiyatlari bo‘yicha yillik foiz stavkalari (ushbu holatda ham to‘lolmaslik riski mutlaqo yo‘qligini hisobga olgan holda) qanaqa bo‘lishi mumkin?
Buning javobi quyidagicha bo‘lishi kerak: taxminan yillik 4%.
Endi bunday javob qanday olinganini ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, Jahon banki jalb qilinayotgan mablag‘lar bo‘yicha 4%dan pastroq stavkani taklif qilmoqda. Ma’lumotlardan boxabar investorlar bunday stavka evaziga uning qimmatli qog‘ozlarini olmaydi, balki AQSH G‘aznachiligining bir yillik veksellarini sotib oladi. Agar Jahon banki o‘z obliga-siyalarini astoydil sotish niyatida bo‘lsa, kamida AQSH G‘aznachiligining stavkasini taklif qilishi kerak bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy quyidagi to‘rtta omil mavjud:

  • ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi - shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashinalar va tovar-moddiy zahiralarga qo‘yilgan mablag‘-lardan kutilayotgan daromadlilik stavkasi;

  • ishlab chiqarish vositalarini ishlatish samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;

  • odamlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishi – odamlar qanchalik darajada tovar va xizmatlarni iste’mol qilishni ertaga emas bugun xohlaydilar;

riskni yoqtirmaslik investitsiya bo‘yicha riskni qisqartirish maqsa-dida yuqori daramadlilikdan voz kechishga rozi odamlar soni.
Ishlab chiqarish vositalaridan kutilayotgan samaradorlik.
Investor tomonidan kutilayotgan daromadlilik stavkasi miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi omil ishlab chiqarish vositalari samaradorligi hisoblanadi. Ma’lumki, boshqa narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan narsalar ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. SHaxtalar, yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, elektrostansiyalar, zavodlar, mashinalar va tovar-moddiy zaxi-ralarni ishlab chiqarish vositalariga misol sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning ushbu fizik (moddiy) aspekti (jihati)dan tashqari, “kapital” tushunchasiga unumdorlikni oshirishga yordam beruvchi patentlar, shartnomalar, formulalar, firma nomlari, shuningdek ishlab chiqarish va ta’minot strukturasi kiradi. Bunday ushlab bo‘lmas narsalar (nomoddiy kapitallar) ko‘pincha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlanmalari va reklamaga ketgan xarajatlar natijasi hisoblanadi.

Download 437.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling