xususida to’xtalsak. MDH davlatlaridan Rossiyada mamlakat YaIMning qariyb 60
foizini ta’minlovchi 100 ta yetakchi kompaniyalarning aksiyalari baholari keskin
60
tushib ketgan. Bu inqirozning ushbu kompaniyalarga salbiy ta’sirini 1 trln. AQSh
dollari miqdoridagi zarar bilan ifodalash mumkin. Rossiya byudjetini tuzishda
neftni 69-70% AQSh dollarida sotish ko’zda tutilgan edi. Vaholanki, inqiroz
sharoitida neft bahosining 35 dollargacha pasayishi kuzatildi. Bu holat, o’z
navbatida, Rossiyada byudjet xarajatlarining qisqarishiga olib keladi.
Xalqaro bozorlarda xom-ashyo tovarlari bahosining pasayishi O’zbekiston
eksportiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Qayd etish lozimki, O’zbekiston dunyo
avtosanoatiga mis yetkazib beruvchi asosiy davlatlardan hisoblanadi. Vaholanki,
inqiroz davrida misning bahosi 2 marta pasaydi.
O’zbekiston paxta tolasi eksportining qariyb 85 foizi Janubiy Sharqiy Osiyo
mamlakatlari yengil sanoatiga yetkazib beriladi. Moliyaviy inqirozning mazkur
mamlakatlarga salbiy ta’siri, o’z navbatida, respublikamiz paxta eksportining
pasayishiga olib kelishi mumkin. Vaholanki, paxta tolasi va metallar respublika
eksporti tarkibida sezilarli salmoqni tashkil etadi (2-rasmga qarang).
4-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: