Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish xususiyatlari


Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiliklari


Download 447.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/28
Sana02.01.2022
Hajmi447.32 Kb.
#184485
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida jahon moliya bozorining rivojlanish xususiyatlari

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiliklari

· Jahon moiya bozorini uning  jami segmentlari (fond, kredit, sug’urta, valyuta va

oltin bozorlari) o’zaro bog’liqlikda  tushunish oydinlashdi. Uning bir segmaetida

yuz bergan salbiy tendensiya uning boshqa segmentlariga hamda iqtisodiy

rivojlanishdagi salbiy  ta’siri ko’rindi.



9

 ·  Jahon moliya bozorining funksional va institutsional xususiyatlari aniqlandi va

tahlil qilindi. Funksional jihatdan: jahon moliya bozori faoliyatini takror ishlab

chiqarish jarayonidan  uzoqlashishi; xalqaro moliyaviy operatsiyalarning

virtuallashuvi; ishtirokchilarning yuqori daromadli spekulyariv operatsiyalarga

burilishi. Institutsional jihatdan: jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirish vositasi

sifatida jahon moliya bozorida yetakchi TMK va TMB rolini o’sishi; jahon moliya

bozorida davlat va nodavlat institutlar faoliyatining kuchayishi.

·  Zamonaviy jahon moliya bozori moliyaviy riskni keng yoyilishiga imkoniyat

tug’diradigan (ayniqsa, inqiroz sharoitida) pul oqimlarini mamlakatlar o’rtasida

ulkan hajmda qayta taqsimlanishini ta’minlaydi.

 ·  Pul kapitalini jahon moliya bozori orqali qayta taqsimlashda va bozor

ishtirokchilarining likvidliligi va to’lovga qobillik holati o’rtasida qaramlik

mavjud. Ko’rindiki, ushbu ko’rsatkichlarning buzilishi oqibatida bozor faoliyati

indikatorlarida tushish yz berdi, moliyaviy aktivlar qadrsizlandi, pul-kredit va

valyuta sferasi budjetida muammolar kuchaydi, tezda pul oqimlari yo’nalishining

o’zgarishi kuzatildi, shuningdek, investorlar tomonidan moliyaviy institut va

instrumentlarga ishonch yo’qoldi.

·  Zamonaviy moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bilan aloqasi to’g’risidagi xuloas

isbotlandi: davlatlar o’rtasidagi tartibga solishni kuchaytrirish, birinchi navbatda,

derivativ moliyaviy instrumentlar bozorida; bank to’g’risidagi qonunlarga

kapitalning yetarliligi bo’yicha moliyaviy institutlar  jiddiy talablarini kiritishni

ta’minlash;  xalqaro dasturlarga muvofiqlik bo’yicha milliy mintaqaviy regulyator

siyosatini qayta ko’rib chiqish; reyting agentliklari faoliyati ustidan nazoratni

amalga oshirish.

 ·  “G 8” va “G 20” doirasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni (jumladan, pul-

kredit va moliya) tartibga solish tendensiyasi kuchaygani ko’rindi.

·  Jahon moliya bozori taraqqiyotini prognoz qilish maqsadida xalqaro moliyaviy

statistikalarni unifikatsiyalash va integratsiyalash,  makro va mikro darajada riskni

boshqaruvchi yangi standartlar ishlab chiqish, joriy bosqichda strukturani nazorat




10

qiluvchi yoki moliya bozorida potensial risklarni nazorat qilish imkonini beradigan

yangi xalqaro institut tuzish islohotlarini amalga oshirish zarurligi ko’rindi.

·  


G’arb  tajribasidan foydalangan  holda O’zbekiston  moliya  bozori

raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha taklif ishlab chiqildi.




Download 447.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling